Agronomiya va biotexnologiya fakulteti


Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanishi



Download 4,47 Mb.
bet207/208
Sana14.01.2022
Hajmi4,47 Mb.
#359907
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   208
Bog'liq
tuproqshunoslik va agrokimyoga kirish -converted

Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanishi.


Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanish manbalarini asosan, metall ishlab chiqarish sanoati chiqindilari, turli yoqilg’ilarning yonish maxsulotlari, avtomobil dudlari va chiqindi gazlar, qishloq xo’jaligida ishlatiladigan ximikatlar va boshqalar tashkil etadi. Og’ir metallarga qo’rg’oshin, vanadiy, xrom, marganes, kobalt, nikel, mis, rux, vismut, molibden, surma, kadmiy, temir va boshqalar kiradi.

Atrof-muhit uchun xavflilariga simob, qo’rg’oshin, kadmiy, mishyaq selen, ftor kirsa, ular ichida o’ta xavflilari simob, qo’rg’oshin va kadmiy hisoblanadi.

Ko’mir, neft, gaz va boshqa bir qator yoqilg’ilardan foydalanish shu darajada oshib ketganki, atrof-muhitni metall ishlab chiqarish sanoatiga nisbatan bir necha bor ortiq ifloslantirmoqda. Avtomobil dudlari va tashlandiq gazlari orqali tuproqqa xar yili 200-250 ming t. qo’rg’oshin tushadi. Shuningdek, og’ir metallar biosidlar va mineral o’g’itlar bilan ham tuproqqa tushadi.

Og’ir metallar tuproqdan o’simlikka, o’simlikdan esa hayvon organizmiga o’tadi va tirik organizmga zararli ta’sir ko’rsatadi.

Simob – eng xavfli kimyoviy element bo’lib, uning metil simob birikmasi tabiatdagi anorganik birikmalarning anaerob sharoitda, organik moddalar bilan ta’sirlashishi natijasida hosil bo’ladi.

Metilsimob o’ta xavfli zaxarli modda bo’lib, suv, tuproq, o’simlik va boshqa oziqlanish zanjirlari orqali inson organizmiga tushishi mumkin. Odam organizmiga o’tgan simob buyraq jigar, hatto miyaga juda katta ta’sir etib, asab kasalligini keltirib chiqarishi yoki o’limga olib kelishi mumkin.

Qo’rg’oshin – yem-xashak tarkibidagi 100 mg/kg qo’rg’oshin xayvonlarni o’limga olib kelishi mumkin. Tuproq tarkibidagi qo’rg’oshin birikmalarining organizmda saqlanish davomiyligi, metilsimob birikmasiga qaraganda uzoq bo’lib, u o’z ta’sir kuchini bir necha yillargacha saqlab tura olishi mumkin.

Avtomashinalarning detonasiyasini kamaytirish uchun benzinga qo’shiladigan tetraetil qo’rg’oshin o’ta zaxarli qo’rg’oshin birikmasi bo’lib, bu kabi benzinning 1 l yonganda, havoga 200-400 mg gacha qo’rg’oshin ajralib chiqadi.

Tuproqda qo’rg’oshinning ko’payishi mikroorga-nizmlarning kamayishiga olib keladi. Masalan, tuproqqa 0,1-0,5% qo’rg’oshin qo’shilganda bakteriyalar koloniyasining rivojlanishi 50-75% gacha kamayadi.

Katta yo’l yoqalarida yetishtiriladigan sabzavot ekinlari tarkibida qo’rg’oshin miqdori normal sharoitda yetishtirilgan sabzavotnikiga qaraganda 5-10 marta ko’p bo’ladi. Har soatda, o’rta hisobda 2000 dan ko’p avtomashina o’tadigan magistral yo’l yoqasidagi tuproq tarkibida qo’rg’oshin 7000 mg/kg gacha yetgan. Shu sababli ham ekin maydoni avtomashinalar serqatnov yo’llardan 300 metr uzoqlikda bo’lib, oraliq masofaning ixotalashtirilishi maqsadga muvofiqdir.

Mishyak – tuproqqa, ko’mir kuli, metallurgiya va mineral o’g’itlar sanoati chiqindilari orqali tushadi. Juda zaxarli, ayni element bilan zaxarlangan tuproqlarda yomg’ir chuvalchangi butunlay yo’qolib ketadi.

Tuproqda mishyakning miqdori 165 mg/kg ga yetganda ekilgan makkajo’xori hosil bermaydi. 1 kg tuproqdagi mishyak miqdori 100 mg dan 1 g ga yetganda tuproq o’ta zaxarli hisoblanadi.

Ftor – asosan tuproqqa alyuminiy zavodlaridan chiqqan chiqindilar va shuningdek, turli pestisid va mineral o’g’itlar bilan tushadi.

Ftor elementlar ichida eng aktiv va eng oson reaksiyaga kirishuvchi element bo’lib, mikro miqdori hayot uchun zarur bo’lsa, makro miqdori hayot uchun xavfli.

FtopHing yuqori konsentrasiyasi suyak va tiproqlarni mo’rt qilib, tishni bo’zadi, qon tomirlar faoliyatini keskin yomonlashtiradi. Ftorning normadan yuqori bo’lishi o’simliklarga salbiy ta’sir ko’rsatibgina qolmay, oziq moddalar muvozanatini bo’zilishiga olib keladi.

Ftor bilan ifloslangan tuproqlarning donadorligi bo’zilib, suv o’tkazuvchanligi yomonlashadi.

Rux – boshqa og’ir metallarga nisbatan kam zaxarli bo’lsada, lekin uning tuproqda ko’plab to’planib qolishi atrof-muhitning bo’zilishiga olib keladi. Ruxning tuproqdagi milliondan 200-300 qismi beda va qand lavlagini, mln.dan 400 qismi esa sulini zaxarlab hosilni umuman nobud qiladi.

Shuningdek, tuproqning nafas olishi, uning biologik va fermentativ aktivligi, simbiotik bo’lmagan azot to’plashi va shunga o’xshash ko’rsatkichlari ham tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanish darajasidan darak beradi. Zaharli metallarning atrof-muhitga tarqalish darajasini aniqlash uchun tuproqshunos va agrokimyogarlar tuproq va tabiiy biosenoz komponentlari holatini aks ettiruvchi yirik masshtabli xaritalar tuzishi kerak Bu xaritalar yordamida tuproq va biosenoz komponentlarining og’ir metallar bilan ifloslanish darajasini nazorat qilib turishlari lozim. Bu xaritalarni tuzish uchun zahar tarqatuvchi manbadan shamol yo’nalishini hisobga olib, 25-30 km o’rta hisobda har gektaridan 20 tagacha tuproq namunalari olinadi. Zahar tarqatuvchi manba bilan ifloslangan zona orasidagi masofa zahar tarqatish intensivligiga qarab har xil bo’ladi. Shunga qarab, namuna olish uchun kovlanadigan rumbalar va namunalar soni ham ko’paytirilishi yoki qisqartirilishi mumkin.

Atrof-muhitni og’ir metallar bilan ifloslanishdan muxofaza qilish uchun avvalo, ayni metallarni ishlab chiqaradigan sanoatning puxta takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Masalan, 1 t. xlor ishlab chiqarish uchun 45 kg simob ishlatiladigan texnologiyani, simob miqdorini 14-18 kg gacha kamaytirib ham shuncha xlor olishga imkon beruvchi texnologiya bilan almashtirish mumkin. Xatto, 1t. xlor olish uchun ishlatiladigan simobni 1,0 kg gacha kamaytirish imkoni ham mavjud.

Quyidagi jadvalda ifloslanish darajasiga qarab o’rtacha tuproq namunalari va chuqurlar soni keltirilgan.



Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish