O’g’it me’yorlarini pomidor hosildorligiga ta’siri ,s
Ko’rsatkichlar
|
O’g’itsiz
|
N60P100K100
|
N90P100K100
|
N120P100K100
|
Hosil, s/ga
|
306,0
|
362,0
|
392,0
|
438,0
|
Quruq modda, %
|
5,4
|
5,8
|
5,7
|
5,6
|
Nordonlik, %
|
0,37
|
0,32
|
0,32
|
0,39
|
Vitamin s miqdori, mg-%
|
27,0
|
29,1
|
29,0
|
29,3
|
Karam. Go’ng gektariga 20 t hisobida beriladi. U ko’p yillik o’tlar o’rniga birinchi marta eqiladigan bo’lsa, u vaqtda n o’g’ityillik normasi 20-25% ga kamaytiriladi.
100 s karam hosili bilan tuproqdan o’rtacha 31 kg azot, 12 kg fosfor va 40 kg kaliyni olib chiqib ketadi. Eng ko’p oziq moddalari karambosh shakllanayotgan davrda o’zlashtiriladi.
Karam sepma usulda va ko’chat qilingan holda yetishtirilishi mumkin. Ko’chatlar muhit (pH) – 6-7 bo’lgan qo’yidagi tarkibli maxsus aralashmada (75 foiz torf, 22 foiz chirindi, 2-3 foiz qoramol go’ngi) yaxshi rivojlanadi. Bir kvadrat metr maydon uchun mahalliy o’g’itlarga 1,5 kg ammiakli selitra, 1,7 kg oddiy super-fosfat, 0,6 kg kaliy xloridi, 0,5-1,0 bura va 0,4 g ammoniy molibdat qo’shiladi.
Karam uchun beriladigan o’g’itlarning normalari va muddatlari qo’yidagicha bo’ladi: yerlarni asosiy ishlashdan oldan organik o’g’itning hammasi, fosforni 70-75%, kaliyni 50% beriladi fosforni qolgan 25-30% kuchatni o’tkazishdan oldin, kaliyni 50% azotli o’g’itlarga aralashtirib karam bosh o’ray boshlaganda beriladi. Azotni 10-15% kuchat o’tkazishdan oldin qolgan qismi 2 muddatda kuchat tutib ketishi va karam boshlay boshlaganda beradi.
Piyoz. Bu ekini oziq moddalarga bo’lgan talabini bir tekisda ta’minlash uchun o’g’itlar 2 muddatda: fosforli o’g’itlarni 75% va kaliyni hammasi yerlarni asosiy ishlashdan oldin, fosforni qolgan qismi yerlarni ekishga tayorlash vaqtida beriladi. N o’g’itlar 2 muddatda: o’simlik 1-2 ta barg chiqarganda va piyoz boshlari shakllana boshlaganda solinadi.
Sabzi. Fosforni 70-75% kaliyni hammasi asosiy ishlashdan oldin, fosforni qolgan qismi ekishdan oldin solinadi. N li o’g’itlarni hammasi vegetasiya davrida birinchi oziqlantirish 2-3 ta borg yozganda va ildizmeva shaklana boshlaganda solinadi.
Bodring. Bodring tuproqning oziqa rejimiga juda ham talabchan sabzavot ekini bo’lib, buni qo’yidagicha izohlash mumkin:
Birinchidan, vegetasiya davri ancha qisqa, turli navlarda 40-75 kunni tashkil
etadi;
Ikkinchidan, boshqa sabzavot ekinlaridan farqli ravishda o’g’itlar tarkibidagi
oziq elementlarini juda kam o’zlashtiradi;
Uchinchidan, ildiz tizimi ancha kuchsiz shakllangan.
Bodring 100 s hosili bilan tuproqdan 28 kg azot, 19 kg fosfor va 44 kg kaliyni o’zlashtirib ketadi. Rivojlanishning dastlabki 10-15 kunlarida azot va fosfor, 30 kun mobaynida kaliyni sekin o’zlashtiradi. Oziq moddalarni eng ko’p o’zlashtirilishi hosilning shakllanish davriga to’g’ri keladi. Bodring tuproq eritmasining konsentrasiyasiga juda sezgir bo’lganligi sababli, mineral o’g’itlarning yillik me’yorini bo’lib-bo’lib berish kerak.
Organik o’g’itlarni yillik normasini hammasi, P ni 70-75%, k ni hammasi yerlarni asosiy ishlash paytida, P ni qolgan qismi va n o’g’itlarni 10-15% ekish bilan birga beriladi. N o’g’itni qolgan qismi uchga bo’linib: 1 chisi 2-3 ta barg paydo qilganda, 2- chisi naychalay boshlaganda, 3-chisi 2-3 marta terim o’tkazilganda beriladi.
Mikroo’g’itlardan foydalanilganda sabzavot va poliz ekinlarning urug’larini ekishdan oldin mikroelementlar bilan ishlash va ularni bu xildagi mikroo’g’itlar bilan ildizi orqali va ildizdan tashqari oziqlantirish muhim ahamiyatga ega. Tuproqni mikroo’g’itlar bilan ishlashda ularni qo’yidagi normada qo’llash tavsiya etiladi:
Sabzavot almashlab ekishda eng yuqori unumdorlik mineral va organik o’g’itlarni birgalikda qo’llash natijasida hosil bo’ladi. Birinchi navbatda go’nga nisbatan qo’shimcha azotli o’g’itlarni qo’llash kerak bo’ladi.
Sabzavotchilikda tuproqni haddan tashqari qayta-qayta ishlash tuproqdagi gumus- chirindi zahirasini parchalanishini kuchaytiradi, bu esa o’z navbatida yerdan foydalanishning dastlabki yilida tuproqunumdorligini keskin oshishiga va keyingi yillarda esa aksincha pasayib ketishiga olib keladi.
Mahalliy va mineral o’g’itlarni birgalikda qo’llash natijasida hosildorlikni oshirish bilan birga tuproqda ko’p miqdorda organik qoldiqlar to’plash imkonini berib, bu tuproqunumdorligini bir me’yorda saqlashdan tashqari, unumdorlikni yanada oshiradi.
Almashlab ekishda qo’llaniladigan o’g’itlar hissasiga bunyod etiladigan hosil har qaysi ekin bo’yicha 50-55 % ni tashkil etadi. Bundan tashqari, ekinlarga beriladigan o’g’itlar mahsulot sifatiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi: ta’mini yaxshilaydi, vitaminlar, uglevodlar, quruq modda va h.k miqdorini oshiradi.
O’zbekistonning tuproq sharoiti nihoyatda xilma-xilligi bilan ajralib turadi va o’g’itlardan tabaqalashtirilgan tartibda foydalanishni taqoza qiladi.
O’g’itlash tizimi faqat yerga solinadigan mineral va mahalliy o’g’itlar me’yorlari, muddatlari va usullari, ularning o’simlikning biologik xususiyatlari, rejalashtirilgan hosil, tuproq-iqlim sharoitlari, oldingi yili o’stirilgan ekinlarning turi, ularga berilgan o’g’itlar miqdoriga bog’liq holda o’g’itlardan foydalanish rejasinigina emas, balki ishlab chiqilgan tizimini samarali joriy etish imkonini beradigan tashkiliy choralar (o’g’itlarni saqlash, ularni qo’llashni mexanizasiyalashni) ham qamrab olishi kerak.
O’g’itlardan foydalanish rejalari odatda agronomlar tomonidan brigada boshliqlari ishtirokida oldindan dalalarni kuzdan kechirib, tuproqsharoiti to’g’risidagi ma’lumotlar to’plangandan keyin tuziladi. Yerga solinadigan mahalliy va mineral o’g’itlar me’yorlarini belgilashda har qaysi uchastkaning xususiyati, xo’jalikda mavjud bo’lgan mahalliy o’g’itlar miqdori va keltiriladigan mineral o’g’itlar hisobga olinishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |