Hosilga kirgan mevali daraxtlar tomonidan yil davomida oziq moddalarni o’zlashtirish miqdori, kg/ga
Mevali daraxt turi
|
Hosil, t/ga
|
Azot
|
Fosfor
|
Kaliy
|
Olma
|
61,5
|
67
|
18
|
72
|
Nok
|
22,0
|
34
|
8
|
38
|
Olxo’ri
|
9,9
|
34
|
10
|
44
|
Shaftoli
|
23,4
|
85
|
20
|
82
|
Behi
|
21,0
|
52
|
17
|
65
|
Qizil smorodina
|
20,1
|
133
|
51
|
82
|
Qora smorodina
|
7,3
|
63
|
25
|
34
|
Qulupnay
|
10,8
|
156
|
35
|
18
|
Bog’ yaratish daraxt ko’chatlarini yetishtirishdan boshlanadi. Ko’chat yetishtirish esa bir necha (2-3) yil davom etadi. Bu davrdagi tadbirlar tizimida tuproqlarni madaniylashtirishiga alohida e’tibor beriladi. Tuproq kuzda 30-45 sm chuqurlikda haydaladi. Shudgor oldidan tuproqunumdorligini hisobga olgan holda gektariga 30-80 tonna chirigan go’ng, 60-100 kg fosfor, 70-80 kg kaliy beriladi, so’ngra siderat sifatida biron-bir dukkakli-don ekini yetishtiriladi.
Mevali daraxt urug’i ekiladigan maydonga kuzda 20-50 tonna miqdorda chirigan go’ng, 100-150 kg fosfor va 60-90 kg kaliy solinadi. Ekish bilan bir vaqtda gektariga 20 kg fosfor berilsa, urug’lar tez va qiyg’os unib chiqadi. Bu davrda azotli o’g’itlarni qo’llash salbiy natija beradi.
Nihollar o’zini tutib olgandan keyin gektariga 40-50 kg azot bilan birinchi oziqlantirish, oradan 20-25 kun o’tgach shu miqdordagi azot bilan ikkinchi qo’shimcha
oziqlantirish o’tkaziladi. O’zini tutib olgan nihollar ikkinchi yilning bahorida 100-150 kg, iyun oyida 75-100 kg me’yoridagi azot bilan oziqlantiriladi. Danakli mevalilarning nihollari uchun bu me’yor 1/3-1/4 marta kamaytiriladi.
Oziqlantirish uchun go’ng shaltog’i va parranda axlatidan ham foydalanish mumkin. Bunda go’ng shaltog’i 5-10 marta suyultiriladi va gektariga 10-15 t hisobida 4- 5 sm chuqurlikka solinadi. Parranda axlati suv bilan 1:2 nisbatdan aralashtiriladi va bir necha kun qoldiriladi. Keyin 8-10 marta suyultirilib, gektariga 0,8-1,0 t hisobida qo’llaniladi.
Mevali daraxt ko’chatlarini oziqlantirish. Ekishga tayyor bo’lgan nihollarni ko’chat qilib o’tkazishda ko’proq xandak (eni 40-50 sm, chuqurligi 50-60 sm) usulidan foydalaniladi. Mahalliy o’g’ityillik me’yorining yarmi xandak kovlash uchun rejalashtirilgan chiziq bo’ylab va qolgan yarmi xandak ostiga tashlanadi. Bu vaqtda azotli o’g’itlar berilmaydi. Fosfor va kaliy ham xandak ostiga solingach, mexanizmlar yordamida ko’miladi. Har bir nihol o’rasiga 20-30 l suv qo’yiladi va kuchat tanasining atrofi go’ng bilan yopiladi.
Ko’chat uchun kovlanadigan o’raning kattaligi qo’yidagicha bo’ladi: olma va nok uchun 100-60-0,5; olcha, gilos va olxuri uchun 80-40-0,3; smorodina, malina va boshqa butasimonlar uchun 50-30-0,15. Bunda, birinchi raqam xandakning enini (sm), ikkinchi raqam chuqurligini (sm) va uchunchi raqam hajmini (kv.m.) Ifodalaydi.
Qo’yidagi jadvalda bitta ko’chat o’rasi uchun belgilangan o’g’itme’yorlari ko’rsatilgan. Mabodo, ko’chat o’rasining hajmi oshirilsa, shunga mos ravishda o’g’itme’yori ham o’zgartiriladi.
- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |