Rivojlangan davlatlarda o’g’it ishlab chiqarish va sotish
|
Davlatlar
|
O’git ishlab chiqarish, mln. tonna
|
Import
|
Eksport
|
|
Xitoy
|
30
|
7
|
|
|
AQSh
|
17
|
14
|
8
|
|
Hindiston
|
15
|
2
|
|
|
Kanada
|
13
|
|
11
|
|
Rossiya
|
12
|
|
10
|
|
Germaniya
|
4
|
|
|
|
Braziliya
|
3
|
|
|
Dunyo bo’yicha
|
142
|
|
|
jadval
Dunyoda mineral o’g’itlarni qo’llanilishi
O’g’itlar
|
Yillar
|
1965
|
1970
|
1975
|
1980
|
1985
|
1990
|
1995
|
2000
|
Azotli
|
19,1
14,9
|
31,8
24,4
|
44,4
33,8
|
60,8
45,6
|
70,4
51,3
|
77,2
55,8
|
78,4
57,0
|
81,6
59,8
|
Fosforli
|
15,8
12,3
|
21,1
16,2
|
25,6
19,5
|
31,7
23,8
|
33,5
24,4
|
36,1
26,1
|
30,7
22,3
|
32,6
23,9
|
Kaliyli
|
12,1
9,4
|
16,4
12,6
|
21,4
16,3
|
24,2
18,2
|
25,7
18,7
|
24,7
17,9
|
20,7
15,1
|
22,2
16,3
|
Jami
|
47,0
36,6
|
69,3
53,2
|
91,4
69,6
|
116,7
87,6
|
129,6
94,4
|
137,8
99,8
|
129,7
94,4
|
136,4
100,0
|
Eslatma: birinchi raqam – mln. tonna; ikkinchi raqam kg/ga
Hozirgi vaqtda Respublikamizda o’g’itlarning asosiy qismi (70 foizga yaqin) paxtachilik xo’jaliklarida g’o’zani oziqlantirish uchun yetkazib berilmoqda. Ko’pchilik paxtakor xo’jaliklar g’o’zaga o’g’itlarni katta miqdorda, har bir gektar hisobiga azotni (250-350 kg), fosforni (180-200 kg) va kaliyni (100-120 kg) ishlatmoqdalar. Biroq g’o’zaga beriladigan o’g’itlar harajati hamma vaqt ham hosildorlikni ortishi hisobiga qoplanib ketmaydi. Shuningdek, tuproqlarni, yer osti suvlarini va atrof-muhitni turli kimyoviy vositalar bilan ifloslanishi va ekologik muhitni bo’zilishi kuzatiladi. Bu esa, qishloq xo’jaligi xodimlari oldida turgan eng muxim ekologik muammolardan biri hisoblanadi.
O’g’itlar ishlab chiqarish va ularni qo’llashning hajmini hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida kamayib borayotganligi munosabati bilan ularni samaradorligini oshirishda ayrim o’g’itlarni qo’llashning to’g’ri nisbatini tanlash muhim ahamiyatga ega.
jadval
Qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligi (s/ga) va qo’llaniladigan azotli o’g’it miqdori (kg/ga) (2000 yil)
Davlatlar
|
Azotli o’g’it miqdori, kg/ga
|
Ekin turi
|
Hosildorlik, s/ga
|
AQSh
|
57,9
|
Boshoqli don ekin
|
58,4
|
Kartoshka
|
427
|
Qand lavlagi
|
531
|
Kanada
|
34,1
|
Boshoqli don ekin
|
28,1
|
Kartoshka
|
287
|
Qand lavlagi
|
495
|
Germaniya
|
156
|
Boshoqli don ekin
|
64,5
|
Kartoshka
|
450
|
Qand lavlagi
|
617
|
Fransiya
|
126
|
Boshoqli don ekin
|
72,4
|
Kartoshka
|
396
|
Qand lavlagi
|
759
|
Xitoy
|
183
|
Boshoqli don ekin
|
47,9
|
Kartoshka
|
140
|
Qand lavlagi
|
245
|
Hindiston
|
67,4
|
Boshoqli don ekin
|
23,3
|
Kartoshka
|
184
|
Argentina
|
19,2
|
Boshoqli don ekin
|
34,5
|
Kartoshka
|
256
|
Rossiya
|
12,5
|
Boshoqli don ekin
|
15,9
|
Kartoshka
|
114
|
Qand lavlagi
|
187
|
O’rta Osiyo sharoitida g’o’zaga beriladigan mineral o’g’itlarning miqdorlari va ularning o’zaro nisbatlarini o’rganish masalalari Ya.I.Chumakov, QM.Semergey, I.I.Madraimov, G.I.Yarovenko, P.V.Protasov, B.P.Machigin, M.A.Belousov,
I.I.Niyezaliyev, J.Sattarov, Ye.I.Stolipin, T.S.Zokirov va F.Q.Kodirxo’jayev ishlarida bayon etilgan. Ular tomonidan aniqlanishicha, bo’z tuproqlarda g’o’zaga beriladigan mineral o’g’itlarning optimal miqdorlari, eskidan paxta yetishtirilib kelingan yerlarda azot bo’yicha gektariga 120-180 kg, fosfor 60-90 kg bo’lib, azotning fosforga bo’lgan nisbati 1:0,5 o’tloq tuproqlarda 1:0,7-1:0,8 hisoblanadi.
30- jadval
Bedapoyadan keyin o’stiriladigan g’o’zaga azotli va fosforli o’g’itlarni berishning eng samarali nisbatlari.
Bedadan so’ngi
yillar
|
Tipik bo’z tuproq
|
Och tusli tuproq
|
O’tloq tuproq
|
Uchinchi
|
1:0,9
|
1:1-0,9
|
1:1,25
|
To’rtinchi
|
1:0,9-0,8
|
1:0,9-0,8
|
1:1-1,0
|
Beshinchi
|
1:0,8-0,7
|
1:0,9-0,8
|
1:1-0,9
|
Oltinchi
|
1:0,7
|
1:0,8-0,7
|
1:0,9-0,8
|
A.V.Peterburgskiy ko’rsatishicha, o’g’itlar samaradorligini oshirishda qora tuproqli zonalarda donli ekinlar uchun ularni 1:0,9:0,7 nisbatda qo’llash kerak Ushbu nisbat tuproq – iqlim sharoitiga va ekinlarning biologik xususiyatlariga qarab turlicha bo’lishi mumkin.
Hozirgi vaqtda o’g’it ishlab chiqarishning o’sishi, asosan, yuqori konsentrasiyalangan va murakkab o’g’itlar hisobiga amalga oshirilmoqda. Ularning o’g’it ishlab chiqarishning umumiy hajmidagi hissasi 74 foizdan 88 foizga yetdi, o’g’itlar tarkibidagi oziq moddalarning o’rtacha miqdori 35 foizdan 40 foizga ortdi. Bu esa, o’g’itlarning fizik massasini kamaytirishga va ularni tashish, saqlash hamda yerga solishga sarflanadigan mehnat hajmini va ishlatiladigan vositalarini ancha tejashga imkon berdi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan ximizasiya vositalaridan ilmiy asoslangan holda foydalanish mutaxasislardan yuksak saviyali va bilimli bo’lishni takozo etadi. Faqat o’g’itlardan to’g’ri foydalangandagina tuproqning unumdorligini doimiy oshirishga, ekinlardan yuqori va sifatli toza mahsulot yetishtirishga hamda o’g’itlash uchun sarflangan har bir so’m hisobiga qo’shimcha uch-to’rt so’m olishga erishish mumkin. Qishloq xo’jaligida paxta, don, poliz-sabzavot va boshqa turdagi mahsulotlar yetishtirish ilmiy asoslangan dehqonchilik sistemasi asosida bo’lib, jadallangan texnologiya, o’g’itlardan foydalanishni ekologik xavfsizligi taminlangan hamda har
bir tabiiy-iqtisodiy viloyat, tuman, alohida xo’jalik va dala uchun bo’lishi kerak.
O’rta Osiyo Respublikalari sharoitida o’g’itlardan samarali foydalanish chora tadbirlarini ishlab chiqish juda muhim ahamiyatga ega. Chunki bu sharoitda ishlatilayotgan o’g’itlar ancha yuqori, dehqonchilik qilinadigan yerlarning ko’p qismi turli darajada sho’rlangan va eroziyaga uchragan, yer osti suvlari asosiy ekinlar eqiladigan dalalarda juda yuza joylashgan.Shuning uchun ham bunday yerlarda dehqonchilik qilganda har bir dalaning tuproq xususiyatlarini va eqiladigan o’simlikning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ilmiy asoslangan o’g’itlash tizimini tuzish kerak.
O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov o’zining "O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida" nomli asarida o’g’itlarni ishlab chiqaruvchi kombinatlari qurilishini tahlil qilib, "qurilgan kombinatlar O’zbekistonda mavjud bo’lgan fosforit konlaridan to’liq foydalanilmayapti" - deb ko’rsatib o’tdi.
Haqiqatdan ham bu juda muhim masala, chunki qishloq xo’jaligimizni fosforli va kaliyli o’g’itlarga bo’lgan extiyojini to’liq qondirish uchun Respublika xom- ashyoni va ayrim o’g’itlarni Qozoqiston va Rossiyadan valyutaga keltirishga majbur, bu esa o’z o’rnida o’g’itlar narxining oshishiga va bu orqali qishloq xo’jaligi mahsulotlari taNHarxini oshirilishiga olib keladi.
Malumki, fosforitlar konidagi Maroqani turiga mansub donador fosforitlarning aniqlangan zahirasi taxminan 100 mln. tonnani tashkil etadi. Umuman Respublikada aniqlangan zahiralar 300 mln. tonnaga yaqin. Ammo Respublikada ammofos kabi o’g’itlar ishlab chiqarilishi talab darajasida emas.
Respublikada Qashqadaryo viloyatidagi Tubakat, Surxondaryo viloyatidagi Xo’jayikon va boshqa konlardagi zahiralari juda ko’p yillarga yetishi mumkin. Bulardan tezkorlik bilan foydalanilsa kaliyli o’g’itlarni narxi qishloq xo’jaligi xarid qilish qobiliyatiga to’g’ri kelishi mumkin.
Hozirgi kunda O’zbekistonda 7 ta o’g’it ishlab chiqarish kimyo zavodi (Chirchiq, Samarqand, Qo’qon, Navoiy) ishlab turibdi va ularda ammiakli selitra, mochevina, ammoniy sulfat, ammofos, ammoniylashtirilgan superfosfat, superfosfat kabi mineral o’g’itlar ishlab chiqarilmoqda.
Olingan ma’lumotlarga ko’ra, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xo’jaliklari bilan “O’zkimyosanoat” kompaniyasi tizimidagi korxonalar o’rtasida jami 524 ming 910 tonna shu jumladan, 371 ming 730 tonna azotli, 100 ming 800 tonna fosforli va 52 ming 380 tonna kaliyli mineral o’g’itlar yetkazib berish bo’yicha shartnoma tuzilib, 2015 yilning 1 yanvar holatiga olingan tezkor ma’lumotlarga ko’ra, jami 496 ming 471 tonna mineral o’g’itlar (shartnomalarga nisbatan 94,6 %), shu jumladan 379 ming 740 tonna azotli, 88 ming 260 tonna fosforli va 28 ming 471 tonna kaliyli o’g’itlar yetkazib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |