Maqsad
|
Usul va uslub
|
Manzil va maqsadli guruhlar
|
Vujudga kelgan muammoning kelib chiqish sababini aniqlash va uni hal etishga ko‘maklashish
|
Xo‘jalikka –fermer va duhqon xo‘jaligi, qishloq tadbirkori huzuriga tashrif buyurish, muammoni joyida, ishlab chiqarish(xizmat ko‘rsatish, ish bajarish) jarayonida o‘rganish
|
Alohida olingan bitta mutaxassislar guruhi, maxsus guruh
|
Xo‘jalik holatini tahlil eitsh, mavjud muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlash
|
- rasmiy bo‘lim va narasmiy shaklda guruhlarga bo‘lingan holda muloqot qilish, fikr almashinish;
- maslahat guruhi tashkil etish, maslahat xizmati ko‘rsatuvchi doimiy yoki mavsumiy guruhlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
- muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlash maqsadida ko‘riklar tashkil etish;
- namunaviy dala maydonlariga yoki fermer(dehqon) qishloq tadbirkori xo‘jaligiga tashrif buyurish, zamonaviy va innovatsion g‘oya joriy etilgan ishlab chiqarish/xizmat ko‘rsatish/ ish bajarilayotganob’yektlarni borib ko‘rish va faoliyatini o‘rganish;
- mavjud holatni foto va vidio tasvirga tushurish, anketa so‘rovnomalari o‘tkazish, maxsus ekspert baholash varaqalariga qayd qilib borish.
|
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus kichik guruhlar/ bo‘limlar:
- dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik;
-mahsulotni qayta ishlash, saralash, qadoqlash;
-qishloq xo‘jaligi mahsulotlari marketingi;
-sug‘orishning suv tejamkor, innovatsion usullarini joriy etish;
- yer resurslaridan samarali foydalanish;
- o‘simliklar zararkunanda va kasalliklariga qarshi kurash;
- yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish;
- urug‘chilik va naslchilik;
- xizmat ko‘rsatish va mahsulot topshirish shartnomalari bo‘yicha to‘lovlar va tushumlarni undirishga amaliy yordam va boshqalar.
|
Ma’lumotni yetkazish, uzatish, targ‘ibot va tashviqot qilish
|
- axborot yetkazish va maslahat berish kunlari – ertalab har haftaning belgilab olingan ma’lum kuniga, masalan, dushanba kuni yoki ikkihaftada bir marta erta tongda, tanlangan fermer/dehqon xo‘jaligi yoki qishloq tadbirkori xo‘jaligi hududida;
- tanlovlar va xizmatlar taqdimotlari tashkil etish;
- ma’lumot va xizatlardan foydalanish, innovatsion g‘oya va ilg‘or tajribani joriy etishni aks ettiruvchi ko‘rgazma va seminar-treninglar, onlayn-internet anjumanlari tashkil etish;
- radio va televediniye orqali eshittirishlar tashkil etish, gazeta, jurnal, axborotnoma va byulletenlarda maxsus va ommabop maqolalar chop etish;
- internet-veb saytlarida xabarlar joylashtirish, elektron pochtalarga ma’lumotlar yuborish;
- xo‘jalik faoliyatini tashkil etish, boshqarish, hisob-kitobni yuritish, ta’minot, resurs va kredit olish muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha davra suhbatlari, “onlayn-internet” muloqotlari tashkil eitsh;
- xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq dolzarb masalalar va ular yechimi bo‘yicha o‘quv-uslubiy va amaliy qo‘llanmalar tayyorlash, ularni tarqatish.
|
Xizmat turi va yo‘nalishiga bo‘lgan talablar bo‘yicha guruh va vaqtinchalik mutaxassislar jamoasi, kichik guruhlar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |