Agrokonsalting


–savol Boshqaruvda intellektual tadbirkorlik tushunchasi



Download 2,27 Mb.
bet25/214
Sana07.04.2022
Hajmi2,27 Mb.
#534407
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   214
Bog'liq
Агроконсалтинг МАЖУМА

4–savol


Boshqaruvda intellektual tadbirkorlik tushunchasi

Mamlakatimizda bozor munosabatlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va globallashuv yo‘lidan borayotgan jarayonda yangicha faoliyat olib borish va yangicha fikrlash uslublarini talab etmoqda. Bozor iqtisodiyoti hayotimizda tobora kengroq ko‘lam olayotgan sharoitda xususiy tadbirkorlik sohasida ta’lim olayotgan mutaxassislar ko‘p qirrali bilimga ega, chuqur mulohaza va mushohada asosida faoliyat olib borishga qodir, o‘z ishini puxta egallagan mutaxassis bo‘lishi shart. Ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik kabi o‘ta murakkab va nozik sohada band bo‘lgan amaliyotchilarga juda yuqori talablar qo‘yiladi. Negaki mavjud holatlardan maqbul darajada foydalanish, hamda mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning moliyaviy mablag‘larini maksimallashtirishda hamda ularni mablag‘lar bilan ta’minlashda o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilishi, iqtisodiy jihatdan turli xulosalar chiqarish hamda ularning to‘g‘ri va asosli ekanligini isbotlab bera olishi kerak.


Tadbirkorlikning mohiyati kuyidagilar orkali yanada oydinlashadi:
Birinchidan, tadbirkorlikning sub’yekti kim bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va “Tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq balog‘at yoshiga yetgan har bir fuqaro o‘z mulki asosida yoki mulk egasining vakolati asosida o‘zi ixtiyor etgan Qonunga zid bo‘lmagan faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin.
Ikkinchidan, yukoridagi ta’rifda tadbirkorlikning yana bir tomoni mazmuni ifoda etilgan bo‘lib, u mazmunan boy, xilma xil ko‘rinishiga ega. Tadbirkorlik faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish mohiyat jihatidan davlat, jamiyat ahamiyatiga molik ish bo‘lmasdan, balki erkin tanlanadiganfaoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyatining uch turi va unga mos ravishda tadbirkorlarning 3 guruhini alohida ko‘rsatish mumkin:

  1. yangi tovar yoki xizmat loyihasini tashkil etish. Tadbirkorlikning bu turi bilan intellektual mulk egalari innovatsiya tadbirkorlari shug‘ullanadi.

  2. tovar ishlab chikarishni tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar.

  3. tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar.

Uchinchidan, maqsad jihatidan tadbirkorlikning ikki turini:
a) foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad kilgan;
b) ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muhofazasi, yosh avlod tarbiyasi, sohlikni saqlash) erishishni maqsad kilgan turlarini ajratish mumkin.
Tadbirkorlarga xos xususiyatlar kuyidagilardan iborat:

  1. Shug‘ullanayotgan soha buyicha ilm, bilimga egaligi.

  2. Tavakkalchilikka asoslangan qarorlar qabul kilish buyicha tashabbuskorlik kobiliyati.

  3. Iqtisodiy jarayonlarni chuqur fikrlay olish.

  4. Qonunlarga itoatkorligi.

  5. Innovatsion faolligi.

  6. Maqsad sari intiluvchanlik.

  7. Tashkilotchilik.

  8. Tejamkor bo‘lishi.

  9. O‘z so‘zining ustidan chiqish.

  10. Ruhiy poklik va halolligi.

  11. O‘z jamoasi uchun kurashuvchanlik.

Tadbirkorlik faoliyatining birinchi turi avval aytilganidek, yangi tovar yoki xizmat loyihasini tashkil etishdan iborat. Tadbirkorlikning bu turi intellektual mulk egalari, innovatsiya tadbirkorlari bo‘lib, axborot maslahat xizmat ko‘rsatuvchilar ana shular jumlasidandir. Axborot maslahat xizmati - o‘z intelektual mulki va tadbirkorlik faoliyati evaziga foyda olish maqsadida mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi sub’yektdir. O‘zbekiston Respublikasi agrar industrial mamlakatlar qatorida ekanligi, aholining ko‘proq qismi qishloq joylarda iste’qomat qilishi va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari ko‘pligi sababli, har qaysi hududda axborot maslahat xizmatiga bo‘lgan talab mavjud. Fermer va dehqon xo‘jalik rahbarlarining hammasining ham tajribasi, salohiyati va har tomonlama mukammal darajada bilimga ega bo‘lmaganligi, innovatsion texnika-texnologiyalar joriy qilish davrida turli muammolarga duch kelishi axborot maslahat xizmatidan foydalanishga extiyoj paydo bo‘lishiga olib keladi. Axborot maslahat xizmatining rivojlanishi ham mijoz uchun, ham maslahatchi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Mijozlar uchun:

  • tajriba imkoniyatini beradi, ya’ni o‘z xo‘jaligida malakali mutaxassis yo‘qligi sababli, axborot maslahat xizmati maslahatchisidan o‘z muammolariga yechim topishida yordam olishi mumkin;

  • vaqtni tejashga erishish imkoniyati, ya’ni muayyan vaqt oralig‘ida xo‘jalik rahbari o‘z muammolari yechimini topishga ulgurmasligi va vaqtni zoya ketgazishi mumkin. Shu sababli axborot maslahat xizmatiga murojat qilib, o‘zining qimmatli vaqtini tejashi mumkin;

  • mablag‘ini tejash imkoniyati, ya’ni xo‘jaligiga mutaxassis kadrni olib, unga doimiy ravishda oylik maoshi to‘lab yurmasdan, axborot maslahat xizmatiga faqat kerakli paytdagina murojat qilib, pulni tejashi mumkin;

  • yangicha yondashuv va g‘oyalar olish imkoniyati, ya’ni axborot maslahat xizmati maslahatchisi turli sohalardan ham xabardor va yangi ma’lumot va yangiliklarni bilishi, mijozga yangi g‘oyalar berishi mumkin;

  • tezlik va samaradorlik imkoniyati, ya’ni axborot maslaxat xizmati maslahatchisi tajribali va tezkor qaror qabul qilishga yordam berishi, muammoning yechimini samaralihal etishga yordam berishi mumkin;

  • vaziyatga ob’yektiv baho berish imkoniyati va hokozo.

Dastlabki maslahatchilar yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek asosan moliya, texnika, marketing sohalarida paydo bo‘lishgan. Bir narsa aniqki boshqaruv masalalari bilan shug‘ullanuvchi maslahatchilar keyinroq paydo bo‘lib, ularga ehtiyoj sezila boshlangan.
Shu narsani ta’kidlab o‘tish kerakki boshqaruv bo‘yicha to‘ng‘ich maslahatchilar sobiq tadbirkorlar, rahbarlar, boshqaruvchilar bo‘lganlar. Ular odatda katta mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, yetarli darajada faollik qobiliyatiga ega bo‘lgan, nafaqador va umuman asosiy lavozim va ishdan ozod shaxslar bo‘lganlar. Bunday maslahatchilar o‘z faolliklari, ish, hayot tajribalarini, boshqaruvni tashkil etish va tashkiliy muammolarni hal etishdagi yo‘l-yo‘riqlarni yosh rahbarlarga taklif etganlar. Tajribali sobiq rahbar xodimlarda o‘ziga xos biznes paydo bo‘la boshlagan. Bu biznes ham faxrli, ham foydali edi. Ayrimlar o‘z fikr-mulohazalarini maslahatlarini yozma tarzda (risola, kitob) ko‘rinishida ham aks ettirishga kirishdilar.
Biroq jamiyatning juda katta tezlik bilan o‘sib, rivojlanib borishi mijozlarni masalaga ochiq ko‘z bilan qarashga olib keldi. Ya’ni, sobiq rahbar-maslahatchilar bugingi kunda kechagi tajriba natijalarini taklif qilayotganlarini mijozlar anglay boshladilar. Eng qimmatbaho maslahatlar ham qandaydir tarzda o‘z kuchini yo‘qota boshlagan edi.
Ta’bir joyiz bo‘lsa vaqt taqozosi bilan boshqaruv maslahatchilarining ikkinchi avlodiga ehtiyoj tug‘ila boshladi. Ya’ni, konkret boshqaruv loyihalari bo‘yicha ixtisoslashtirish boshlandi: kimdir hujjat aylanishining, majlislar o‘tkazilishining, qarorlar bajarilishi nazoratining, tashkiliy strukturalarning yangilangan tizimlarini ishlab chiqa boshladi. Loyihalar bo‘yicha maslahatlar berishning mazmuni bor tizimni yangi mijoz talabiga, yani xodimlar belgilari, ko‘rsatkichlari, tashkilot hajmi, ishlab chiqarish ko‘rinishi va shu kabilarga qarab moslashishdan iborat edi.
Ushbu bosqichda universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, boshqaruv devonidagilar va iqtidorli mutaxassislarning quvonchi ichiga sig‘maganligini tasavvur etish mumkin albatta.
Uchinchi avlod maslahatchilariga bo‘lgan talabni ham hayotning, jamiyat rivojlanishining o‘zi taqozo qildi. Biror bir narsani o‘zgartirish, o‘z navbatida boshqa narsalarning o‘zgarishiga olib keladi. Ya’ni kibernetika tili bilan aytganda sistemali munosabat kerak bo‘lib qoldi. Buning mazmuni shundan iborat ediki, biror bir masalani hal etishda beriladigan maslahat atroflicha shu qo‘yilgan muammoni hal etishga ta’sir etuvchi hamma omillarni hisobga olgan holda amalga oshirishi kerak edi. Bunday ishni amalga oshirishda tajribali sotsiologlar, psixologlar, iqtisodchi va shu kabilar taklif etila boshlangandi. Bunday maslahatchi mutaxassislar faqat maslahat va loyihalarni taklif etibgina qolmay, tashkilot, korxona oldida turgan muammoni hal etishda uslubiy ta’minot vazifasini ado eta boshladilar. Ularning asosiy vazifalari quyidagicha belgilanadigan bo‘ldi:

  • Ayrim-ayrim samaradorlik bilan emas, doimiy taraqqiyot samaradorligi bilan shug‘ulllanish;

  • Tashkilot o‘sishini uning xodimlarini o‘sishi bilan bevosita birga olib borish;

  • Tashkilot xodimlarining o‘sishini ularning o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot aniq muammolarini yoritish va hal qilish bilan qo‘shib olib borish;

  • Ushbu masalalarni hal qilishning asosiy vositasi maslahatchi malakasini belgilab beruvchi maxsus usullar bo‘lib hisoblanadi.

Shu tarzda «tashkiliy o‘sish» degan yangi atama ham paydo bo‘ldi. Xalqaro mutaxassislar hamjamiyatida ushbu atamaning inglizcha nomi «Organization Development» yoki “Rivojlanishni tashkil etish” deb tan olingan. Shunday qilib maslahatchi mutaxassislarning rivojlanishi ham umumiylikdan aniq sohaga va aniq sohadan yana umumiylikka intilib bordi. Ilgari ketma ketlik tarzida olib borilgan maslahatlar endi parallel tarzda olib borila boshlandi. Endi maslahatchilar o‘zaro munosabati kuchayib borib, u yoki bu muammoni hal etilishida ular mujmuaviy guruxda ishlay boshladilar. Bunday sharoitda ishlayotgan guruhlar ko‘p. Masalan, faraz qilaylik maslahatchi korxona istiqbolini belgilab beruvchi ma’lum modelni ishlab chiqdi deylik. Ushbu modelda korxona xususiyatini aks ettirib beruvchi ma’lumotlarni topib joy-joyiga qo‘yish kerak, xolos. Buning uchun rahbar yigirmataga yaqin mutaxassislarni yig‘ib ish boshlaydi. Mutaxassislar esa o‘zaro tortishadilar, munozaralar, qizishishlar paydo bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda asosiy masala chetda qolib ketib munozara bozorga aylanib ketadi. Shu vaqtda maslahatchi uch kishini olib qoladi. Ular bilan ishlash oson, qulay, lekin ularning umumiy nuktai nazarlari, iqtidori yetishmaydi. Ana shu yerda jarayonni to‘liq tushunadigan maslahatchi, ya’ni yigirma kishi o‘zaro munosabatini umumiy masalada tashkil etadigan emas, balki ishni mazmunan, sistemali tarzda to‘liq va real ta’min etib beradigan shaxs namoyon bo‘ladi.
Buning aksi bo‘lishi ham mumkin, ya’ni jarayon bo‘yicha ishlovchi maslahatchi ma’lum bir mijoz uchun xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha yaxshi tizim ishlab chiqib uni joriy qildi, deylik. Keyinchalik shu ishlab chikilgan tizimni boshqa korxona sharoitiga moslab, maslahatchini taklif etish mumkin.




Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish