Agrokonsalting



Download 2,27 Mb.
bet2/214
Sana07.04.2022
Hajmi2,27 Mb.
#534407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214
Bog'liq
Агроконсалтинг МАЖУМА

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI

IQTISODIYOT FAKULTETI
OZIQ-OVQAT VA QISHLOQ XOʻJALIGI IQTISODIYOTI KAFEDRASI
AGROKONSALTING
fanidan
MA’RUZA MATNLARI



Bilim sohasi:

200000

-

Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq

Ta’lim sohasi:

230000

-

Iqtisod

Ta’lim yoʻnalishi:

5233300

-

Agrobiznes va investision faoliyat


Samarqand – 2021
1 -: “Agrokonsalting” fanining predmeti, maqsadi, vazifasi va o‘rganish usullari



REJA
1. Agrokonsalting fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
2. Agrokonsalting tushunchasi, konsultatsiyadan maqsad va konsultant xizmatidan foydalanish.
3. Agrokonsaltingni asosiy yo‘nalishlari, agrokonsalting xizmatini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati




Tayanch iboralar: konsalting, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik,industrial, predmet, omil, fan-texnika.

1–Savol


Agrokonsalting fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.

Agrar iqtisodiyot sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jadal rivojlanib borar ekan, ichki va tashqi agrar bozorda xo‘jalik yuritish sub’yektlarining – fermer va dehqon xo‘jaliklarining ko‘proq, arzon va sifatli tovar ishlab chiqarish va iste’molchilarga taklif qilishga yoki iste’mol bozoridagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan intilishlari ko‘chayib boradi. Bu jarayonda ularning moliyaviy holati, moddiy-texnika bazasining qanchalik mustahkamligi kabi omillardan tashqari, xizmat ko‘rsatish tizimining mavjudligi hamda zarur axborotlar bilan ta’minlanganlik darajasi ham eng yuqori bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bu hol bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday xo‘jalik yuritish sub’yekti kabi, fermer va dehqon xo‘jaliklari ham o‘z faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishi uchun ma’lum bir axborot va ma’lumotlarga, xizmat ko‘rsatish tizimiga ehtiyoj sezishini ko‘rsatadi. Eng kerakli axborotlarga o‘z vaqtida va muntazam ega bo‘lgan fermer va dehqon xo‘jaligi esa kuchli raqobat sharoitida yashovchanlik va moslashuvchanlik xususiyatlarini saqlab qolgan holda barqaror faoliyat ko‘rsata olishi mumkin.


Bugungi kunda agrar sohada tadbirkorlik sub’yektlarini axborot bilan ta’minlash va ularga turli maslahat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Maxsus qonunlar, hukumatimizning farmon va qarorlari asosida fermer xo‘jaliklari faoliyatini takomillashtirishda ularga zarur infratuzilmalar, jumladan, AKXlari ko‘rsatish markazlari tashkil etildi. Ularning barqaror faoliyat ko‘rsatishlari uchun yengillik va imtiyozlar joriy etilmoqda, moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash, kadrlar bilan ta’minlash mutaxassislar malakasini oshirish, xizmat ko‘lami va turlarini kengaytirish borasida majmuali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Agrokonsalting” fanining predmeti bo‘lib, agrar tarmoqda bozor sub’yektlarining mustaqil faoliyat ko‘rsatishi sharoitida AKXni tashkil etish va joriy etishda qatnashuvchi tomonlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. Agrar sektorni isloh qilish sharoitida bozor sub’yektlarining mustaqil faoliyat ko‘rsatishlari uchun mustahkam huquqiy, iqtisodiy sharoit yaratish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, davlat mulki monopoliyasiga barham berish, haqiqiy yer egalarining, ya’ni mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini barqaror rivojlantirish va ularni iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan agrokonsalting xizmatlarini tashkil etish va bozor qonunlari asosida o‘zaro munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan. Chunki xizmat ko‘rsatuvchi sohalar faoliyatini, shu jumladan, agrokonsalting xizmatini to‘g‘ri va samarali tashkil etmasdan turib, turli mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllarida faoliyat yurituvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini bozor talablariga moslab bo‘lmaydi.
“Agrokonsalting” fani umumkasbiy fanlardan bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqaruv fanlari turkumiga kiradi. Mazkur fan boshqa ijtimoiy-iqtisodiy va boshqaruv fanlarning qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘yicha aniqechimlar topishda xizmat qiladi.
Agrokonsalting” fanining maqsadi –qishloq ho‘jaligi korxonalariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohalarini tashkil qilish va yuritish bo‘yicha, jumladan, qishloq xo‘jaligi korxonalarining samarali faoliyat yuritishi, moliyaviy barqarorlikka erishish yo‘llari, maqbul soliqqa tortish tizimini tanlash kabi masalalar yuzasidan maslahatlar berishning nazariy va amaliy bilim hamda ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
Agrokonsalting” fanining vazifasi - qishloq xo‘jaligi korxonalari shartnomalar asosida fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish jarayonidagi moddiy-texnik resurslar sarfi, mehnat resurslaridan foydalanish holatini tahlil qilish, ishlab chiqarishni rejalashtirish (tarmoq korxonalari uchun biznes-rejalar, qisqa va uzoq muddatli rejalar ishlab chiqish), qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan debitor va kreditor qarzdorliklarni tahlil qilish, ularni kamaytirish bo‘yicha xo‘jalik yuritish sub’yektlariga huquqiy va iqtisodiy maslahatlar berish bo‘yicha malaka ko‘nikmalarini oshirishdan iboratdir.
“Agrokonsalting” fani o‘z oldiga quygan maqsad va vazifalarni hal etishda bir qator fanlar bilan uzviy bog‘langan. Bular tabiiy fanlar, ijtimoiy-iqtisodiy fanlar va texnikaviy texnologik fanlarga bo‘linadi.

1-chizma. “Agrokonsalting” fanining boshqa fanlar bilan bilan bog‘liqligi




Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish