Agrokonsalting



Download 2,27 Mb.
bet6/214
Sana07.04.2022
Hajmi2,27 Mb.
#534407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214
Bog'liq
Агроконсалтинг МАЖУМА

Nazorat uchun savollar?

1. Agrokonsalting fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.


2. Agrokonsalting tushunchasi, konsultatsiyadan maqsad va konsultant xizmatidan foydalanish?
3. Agrokonsaltingni asosiy yo‘nalishlari. Agrokonsalting xizmatini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati qanday?


2-M A V Z U: Axborot-maslahat xizmati va uning qishloq xo‘jaligi rivojidagi tutgan o‘rni

REJA
1. Qishloq xo‘jaligida axborot-maslahat xizmatining o‘rni, uning asosiy tamoyillari va vazifalari.
2. Qishloq xo‘jaligida axborot maslahat xizmatini ishlash usullari va axborot maslahat xizmatini boshqarish.
3. Qishloq xo‘jaligida axborot texnologiyalari konsaltingini qo‘llash ko‘lami va o‘ziga xos xususiyatlari



Tayanch iboralar: ishlab chiqarish, axborot, maslahat, firma, fermer xo‘jaligi, infratuzilma, tamoyil, agroxizmat

1–savol


Qishloq xo‘jaligida axborot-maslahat xizmatining o‘rni, uning
asosiy tamoyillari va vazifalari.

Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, qishloq joylarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishda axborot-maslahat xizmati tizimi yuqori ahamiyat kasb etadi. Axborot- maslahat xizmati tizimini qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishga jalb etish borasida uning faoliyat yo‘nalishlarini o‘rganishni taqozo etadi.


Fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi zarur infra­tuzilmalar, xususan, axborot-konsalting markazlari tashkil etish asosida ularga xizmatlar ko‘rsatishning yo‘lga qo‘yilishi shunday tadbirlar jumlasiga kiradi.
Bugungi kun amaliyotida axborot-maslahat va axborot-konsalting xizmatlari xo‘jalik yuritishning turli shakllarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Jumladan, "axborot-konsalting markazi", "axborot-maslahat xizmati markazi", "hisob-kitob markazi”, "axborot-resurs markazi", "agroxizmat", "konsalting-servis, ser­vis xizmat", "fermerlar dala maktabi", "ilmiy-amaliy markaz”, "biznes inkubator" va "biznes maktab" va boshqa shu kabi turli mulk shaklidagi tashkilot, korxona, muassasa, uyushma, markaz va guruhlar tashkil etilib, faoliyat olib bormoqda. Ushbu tuzilmalarning maqsad va vazifalari turlicha bo‘lib, vazifalari doirasi ularning yuridik maqomi, qaysi soha yoki tarmoq yo‘nalishida xizmat ko‘rsatishi, joylashgan joyi, iqtisodiy-moliyaviy imkoniyatlari, mutaxassislari salohiyati kabi omillar bilan belgilanadi.5
Qishloq xo‘jaligida axborot-maslaxat xizmati (AMX) ko‘rsatish tizimining asosiy maqsadifermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari va agrar sohadagi boshaqa barcha tadbirkorlik sub’yektlariga xo‘jalik faoliyatini tashkil etish, yuritish va zamonaviy menejment tamoyillari asosida boshqarish hamda istiqbolini belgilashga oid tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy, agrotexnologik va boshqa yo‘nalishlarda qarorlar qabul qilishda nisbatan ob’yektiv fikr, tasavvur, qarash va g‘oyalarni shakllantirish va oqilona hamda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishlariga ko‘maklashish maqsadida axborotlar majmuini ma’lum tartib, qoida, tizim va tasnif hamda tamoyillar asosida yetkazishdan iborat.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun halqaro amaliyotdan kelib chiqib, AMX ko‘rsatuvchi markazlar kuyidagi vazifalarni amalga oshirishlari talab qilinadi:

  • xo‘jalikni samarali boshqarish, marketing, moliyaviy va investitsion taxlilni amalga oshirish, ekologik va tibbiy me’yorlarni inobatga olgan holda mavjud barcha turdagi resurslardan foydalanishni optimallashtirish borasida konsultatsiyalar tashkil etish, uyushtirish va olib borish;

  • fermer va dehqon xo‘jaliklariga hamda boshqa agrar tadbirkorlik sub’yektariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish jarayonlarining turli jihatlarini qamrab oluvchi, ayniqsa, yangi va innovatsion texnologiya hamda zamonaviy xo‘jalik yuritish usullariga doir ob’yektiv va doimo yangilanib turiladigan ma’lumotlarni yetkazish;

  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi (xizmat/ish bajaruvchi)larga innovatsion faoliyatni amalga oshirishga ko‘maklashish, amaldagi ishlab chiqarish ob’yektlarini rekonstruksiya qilish, rivojlantirish va yangisini barpo etish uchun sarmoyadorlar va hamkorlarni izlab topishga ko‘maklashish;

  • mahsulot va resurslar bozorlarini izlab topish, bunday bozorlarga kirish tartib-qoidalariga rioya etgan holda ularga kirib borish va bozor kon’yunkturasiga muvofiq mahsulot sotishni yo‘lga qo‘ygan holda ularda munosib o‘rin egallashga ko‘maklashish;

  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni qator yillar davomidagi xo‘jalik faoliyati va istiqbolda rivojlanish holatlarini tahlil qilishni rag‘batlantirish;

  • tovar qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida xo‘jalik yuritish va tashkiliy qarorlar qabul qilish borasidagi ilg‘or tajribalarni qidirib topish, aniqlash, umumlashtirish, ommalashtirish va tarqatish, ilmiy-texnikaviy axborot xizmatlari ko‘rsatish va boshqalar.

Bunday xizmatlar ko‘lamining oshishi, hajmining ortib borishi, qamrab olish diorasining kengayishi agrar sohada, shu jumladan, qishloq xo‘jaligida xizmat ko‘rsatish tizimi shakllanganligidan, ular zamon talablari asosida rivojlanib borayotganligidan dalolat bermokda.
Bu yo‘nalishdagi xizmatlar mamlakatimizning turli mintaqa va hududlarida davlat unitar korxonasi, xususiy korxona, mas’uliyati cheklangan jamiyat, qo‘shma korxonalar shaklida vazirliklar, so‘mita, xolding, korporatsiya, aksionerlik jamiyatlari, kengash, uyuisha hamda turli nufuzli xalsaro tashkilotlar va muassasalar qoshida tashkil etilmoqda.
Axborot-konsalting markazlari o‘z ustavi va belgilab olgan vakolati bo‘yicha turli yo‘nalishdagi xizmatlarni amalga oshirishi mumkin:

  • agrar tadbirkorlik sub’yektlariga turli yo‘nalishlarda maslahatlar berish;

  • agrar tadbirkorlik sub’yektlari so‘rov vatalabnomalari bo‘yicha axborotlarniuzatish(yetkazish), analitik hisobot, buxgal­teriya hisob-hisobotlarini tayyorlash, turli yo‘nalishlarda tadqiqotlar o‘tkazish, ular asosida xulosa vatakliflar tayyorlash;

  • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasida erishilgan yuqori natijalarni, shuningdek, innovatsion loyiha va ilg‘or ishlanmalarni OAVlarida targ‘ib etish va ommalashtirish;

  • davriy, mavsumiy vamuntazam ravishda turli yo‘nalishlarda ko‘rik, ko‘rgazma, tanlov, yarmarkalarni tashkiletish, ilmiy- texnikaviy axborotxizmatlariko‘rsatish;

  • qishloq xo‘jaligi mutaxassislari, fermer vadexqonxo‘jaliklari rahbar, xodim vamutaxassislarini tayyorlash, o‘qitish, qayta o‘qitish va malakasini oshirishga yo‘naltirilgan qisqa, uzoq va o‘rta muddatli o‘quv-seminar-treninglarini tashkiletish, respublika va xalqaro miqyosdaanjumanlaruyushtirish;

  • markazdashakllantirilganma’lumotlarbankini (belgilangantartib-qoidagarioya qilganholda) byulleten, axborotnoma, uslubiyvaamaliy qo‘llanmalarda chopetish, ilg‘ortajribavainnovatsionagrotexnologiyalarasosidamahsulot yetishtirishvaxizmatko‘rsatishga bag‘ishlanganamaliy, o‘quv-uslubiy filmlarnitayyorlashvaboshqalar.

Qishloq xo‘jaligida axborot-konsalting xizmati (AKX) ko‘rsatish tiziminingasosiy maqsadi - fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari vaagrar sohadagi boshqabarchatadbirkorliksub’yektlariga xo‘jalik faoliyatinitashkiletish, yuritishvaboshqarish hamda istiqbolinibelgilashgaoidtashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy, agrotexnologikva boshqa yo‘nalishlarda qarorlarqabulqilishdanisbatan ob’yektiv fikr, tasavvur, qarashva g‘oyalarnishakllantirishva oqilona hamda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishlariga ko‘maklashish maqsadidaaxborotlarmajmuinima’lumtartib, qoida, tizimvatasnif hamda tamoyillarasosidayetkazishdaniborat.6
Bugungikundaushbumaqsadlargaerishishuchun AKX ko‘rsatuvchimarkazlar quyidagivazifalarniamalgaoshirishi talab qilinadi:

  • xo‘jalikni samarali boshqarish, marketing, moliyaviyvainvestitsion tahlilniamalgaoshirish, ekologikvatibbiyme’yorlarniinobatgaolgan holda mavjudbarchaturdagiiqtisodiy resurslardanfoydalanishnioptimallashtirishborasidakonsultatsiyalartashkiletish, uyushtirishvaolibborish;

  • fermer va dehqon xo‘jaliklariga hamda boshqa agrartadbirkorliksub’yektariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish jarayonlarining turli jihatlarini qamrab oluvchi, ayniqsa, yangi va innovatsion texnologiya hamda zamonaviy xo‘jalik yuritish usullariga doir ob’yektiv va doimo yangilanib turiladigan ma’lumotlarni yetkazish;

  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi (xizmat, ish bajaruvchi)larga innovatsion faoliyatni amalga oshirishga ko‘maklashish, amaldagi ishlab chiqarish ob’yektlarini rekonstruksiya qilish, rivojlantirish va yangisini barpo etish uchun sarmoyadorlar va hamkorlarni izlab topishga ko‘maklashish;

  • mahsulot va resurslar bozorlarini izlab topish, bunday bozorlarga kirish tartib-qoidalariga rioya etgan holda ularga kirib borishva bozor kon’yunkturasiga muvofiq mahsulot sotishni yo‘lga qo‘ygan holda ularda munosib o‘rin egallashga ko‘maklashish;

  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni qator yillar davomidagi xo‘jalik faoliyativa istiqbolda rivojlanish holatlarini taxlil qilishni rag‘batlantirish;

  • tovar qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida xo‘jalik yuritishva tashkiliy qarorlar qabul qilish borasidagi ilg‘or tajribani aniqlash, umumlashtirish, ommalashtirish va tarqatish, ilmiy-texnikaviy axborotxizmatlari ko‘rsatish va boshqalar.

Bundayxizmatlar ko‘lamining oshishi, hajmining ortib borishi, qamrab olish diorasining kengayishi agrar sohada, shu jumladan, qishloq xo‘jaligida xizmat ko‘rsatish tizimi shakllanganligidan, ular zamon talablari asosida rivojlanib borayotganligidan dalolat bermokda.
Bu yo‘nalishdagi xizmatlar mamlakatimizning turli mintaqa va hududlarida davlat unitar korxonasi, xususiykorxona, mas’uliyati cheklangan jamiyat, qo‘shma korxonalar shaklida vazirliklar, qo‘mita, xolding, korporatsiya, aksionerlik jamiyatlari, kengash, uyushma hamda turli nufuzli xalqaro tashkilotlar va muassasalar qoshida tashkil etilmoqda.
Turli shakl va ko‘rinishdagi axborot-konsalting xizmati ko‘rsatuvchi sub’yektlar faoliyatining maqsadi - ilmiy-texnika yangiliklariga oid ma’lumotlarni yig‘ish va uni iste’molchilarga yetkazib berish, shuningdek, innovatsion va ilmiy-texnikaviy loyihalarni iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida qo‘llashga ko‘maklashishdan iborat.
Ularningbu yo‘nalishdagi bosh maqsadlaridan biri axborot- konsalting markazlarida maxsus ilmiy-texnik axborotni shakllan­tirish asosida innovatsion faoliyat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish hisoblanadi. Chunki, tadbirkorlik faoliyatining rivojlanib borishi qonuniy ravishda ularning axborot, maslahat va konsalting xizmatlariga bo‘lgan talabining ortishiga olib keladi. Bu esa, axborot-konsalting xiz­mati ko‘rsatuvchi sub’yektlar xizmatidan foydalanishning oshib borishini ta’minlaydi.
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalashning muhim yo‘nalishlaridan biri qishliq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchi sub’yektlarga: fermer va dehqon xo‘jaliklari, qishloq tadbirkorlari, shuningdek, oilaviy tadbirkorlarga ilmiy-texnik axboroti xizmati ko‘rsatish tizimini yaxshilash, rivojlantirish, zamonaviylashtirish va yanada takomillashtrish hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, hukumatimiz tomonidan qishloq xo‘jaligida axborot-konsalting xizmati ko‘rsatuvchi ko‘nikmalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash borasida dasturiy tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning amalga oshirilishi natijasida qishloq tadbirkorlari hamda fermer va dehqon xo‘jaliklariga turli yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish ko‘lami va miqyosi yil sayin ortib, shakllari ko‘payib bormoqda. Bu toifadagi korxonalarning samarali faoliyat ko‘rsatayotganligi esa, nafaqat qishloq xo‘jaligida, balki agrar sohada ham xizmat ko‘rsatish tizimi zamon talablari asosida shakllanib, ilm-fan taraqqiyoti bilan hamnafas rivojlanib borayotganligidan dalolat bermoqda.




Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish