O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
“O‘zbekiston Milliy universitetining talabalari va ilmiy-tadqiqotchilari ilmiy konferensiyasi”
AXBOROT XATI
Hurmatli yosh olim va tadqiqotchilar!
(Toshkent, 28-aprel, 2022-yil)
O‘zbekiston Milliy universitetida “O‘zbekiston Milliy universitetining talabalari va ilmiy-tadqiqotchilari ilmiy konferensiyasi” mavzusidagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi miqyosida ilmiy-amaliy anjuman 2022-yil 28-aprel kuni universitetning axborot-resurs markazida o‘tkaziladi.
Anjuman quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yuritadi:
Fizika-matematika (aniq) fanlarning dolzarb muammolari;
Tabiiy fanlar sohasidagi innovasiyalar, ta’lim va fan integrasiyasi;
Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida ilmiy-tadqiqotlar samaradorligini oshirish.
Ilmiy maqolalar tashkiliy qo‘mitaga quyidagi talablar asosida rasmiylashtirilib topshiriladi:
– maqolalar o‘zbek va rus tillarida qabul qilinadi;
– maqolalar mamlakat taraqqiyotining manfaatlariga mos keladigan, dolzarb mavzularga qaratilgan, yosh olim-tadqiqotchining ilmiy izlanishlari doirasidagi yangi natijalari aks ettirilgan, taklif va mulohazalari keltirilgan bo‘lishi;
– maqolaning umumiy hajmi (tezisning) 2-3 betni tashkil qilishi;
– matn formati A4-format qog‘ozda, MS Word dasturida (97-2003), Times New Roman shriftida, 14 kegel kattalikda, 1,5 intervalda, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 cm, yuqoridan va pastdan 2 sm joy qoldiriladi;
– maqolaning yuqori qismi o‘rtasida maqolaning nomi bosh harflar bilan beriladi. Keyingi qatorda o‘ng tomonida muallif haqida ma’lumotlar beriladi -ismi, otasining ismi, familiyasi to‘liq, tug‘ilgan yili, ilmiy daraja va unvoni (agar bo‘lsa), Oliy o’quv yurtining nomi va shaxsiy telefon raqami;
–foydalanilgan manba (snoska-ixtibos)lar maqolaning oxirida keltiriladi;
Maqola tarkibi: o‘ng yuqori qismda muallifning to‘liq familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi, tashkilot nomi, maqola nomi esa o‘rtada (qalin harflar bilan) yoziladi.
Maqolalarni umumlashtirish va ilmiy bo‘limga topshirilishining nazorati barcha fakultet dekanlari tomonidan amalga oshiriladi.
Har bir muallif bir ma’ruza yoki hammualliflikda maqola, tezis bilan qatnashishi mumkin.
Maqolalar fakultet dekanlari tomonidan 2022-yil 30-aprelgacha yozma va elektron variantda universitetning Ilmiy-tadqiqot bo‘limiga topshiriladi.
Eslatma: Tahririyat kelib tushgan maqolalarni tanlab olish huquqiga ega. Matnda keltirilgan faktlarning to‘g‘riligi va aniqligiga, orfografik va stilistik xatolarga shaxsan mualliflar javobgardir. Anjuman talablariga javob bermaydigan maqolalar to‘plamga qabul qilinmaydi.
Anjuman materiallarini to‘plam shaklida nashr etish universitet hisobidan qoplanadi.
Manzil: Toshkent shahar, universitet ko‘chasi 4-uy, asosiy bino O‘zbekiston Milliy universiteti ilmiy-tadqiqot bo‘limi 114-xona.
Anjumanning ochilish marosimi universitet axborot-resurs markazida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun:
1. Biologiya fakulteti dekani T.Abduraxmonov - 90-920-09-58
2. Ekologiya fakulteti dekani R.Allaberdiyev - 33-876-69-62
3. Geologiya va geinformatsion texnologiyalar fakulteti dekani A.Umarov -90-799-30-10
4. Geografiya tabiy resurslar fakulteti dekani Sh.Sharipov - 90-359-14-59
5. Gidrometeorologiya fakulteti dekani K.Raxmonov - 90-952-24-83
6. Kimyo fakulteti dekani Sh.Qodirova - 97-422-72-98
7. Matematika fakulteti O.Zikirov - 97-746-03-28
8. Amaily matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti dekani Z.Raxmonov –99-848-33-27
9. Fizika fakulteti dekani G‘.Eshonqulov - 90-324 -26-04
10. Jurnalistika fakulteti dekani M.Mirsoatova - 94-658-10-42
11. Iqtisodiyot fakulteti dekani A.Umarov - 99-818-65-47
12. Ijtimoiy fanlar fakulteti K.Inakov - 90-805-61-85
13. Tarix fakulteti dekani A.Mo‘minov - 99-793-19-85
14. Xorijiy filologiya fakulteti dekani X.Bakiyev - 97-440-05-06
15.Taekvando sport faoliyati V.Raximov - 99-435-49-59
16. O‘zbek-Isroil qo‘shma fakulteti dekani N.Narziyev - 90-996-06-03
17.O‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo ilmiy-tadqiqot instituti N.Samarxodjayeva - 90-315-39-49
Do'stlaringiz bilan baham: |