Agrokonsalting


Axborot-maslahat markazlari ta’sischilari



Download 2,27 Mb.
bet13/214
Sana07.04.2022
Hajmi2,27 Mb.
#534407
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   214
Bog'liq
Агроконсалтинг МАЖУМА

Axborot-maslahat markazlari ta’sischilari. Axborot-maslahat xizmatlari ko‘lamining oshishi, hajmining ortib borishi, qamrab olish diorasining kengayishi agrar sohada, shu jumladan, qishloq xo‘jaligida xizmat ko‘rsatish tizimi shakllanganligidan, ular zamon tapablari asosida rivojlanib borayotganligidan dalolat bermoqda.
Bu yo‘nalishdagi xizmatlar mamlakatimizning turli mintaqa va hududlarida davlat unitar korxonasi, xususiy korxona mas’uliyati cheklangan jamiyat, qo‘shma korxonalar shaklidavazirliklar, qo‘mita, xolding, korporatsiya, aksionerlik jamiyatlari, kengash, uyushma hamda turli nufuzli xalqaro tashkilotlar va muassasalar qoshida tashkil etilmoqda.
Turli shakl va ko‘rinishdagi axborot-maslahat xizmati ko‘rsatuvchi sub’yektlar faoliyatining maqsadi - ilmiy-texnika yangiliklariga oid ma’lumotlarni yig‘ish va uni iste’molchilarga yetkazib berish, shuningdek, innovatsion va ilmiy-texnikaviy loyihalarni iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida qo‘llashga ko‘maklashishdan iborat.10
Ularning bu yo‘nalishdagi bosh maqsadlaridan biri axborot-maslahat markazlarida maxsus ilmiy-texnik axborotni shakllantirish asosida innovatsion faoliyat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish hisoblanadi. Chunki, tadbirkorlik faoliyatining rivojlanib borishi qonuniy ravishda ularning axborot, maslahat va konsalting xizmatlariga bo‘lgan talabining ortishiga olib keladi. Bu esa, axborot-maslahat xiz­mati ko‘rsatuvchi sub’yektlar xizmatidan foydalanishning oshib borishini ta’minlaydi.
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalashning muhim yo‘nalishlaridan biri qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchi sub’yektlarga: fermer va dehqon xo‘jaliklari, qishloq tadbirkorlari, shuningdek, oilaviy tadbirkorlarga ilmiy-texnik axboroti xizmati ko‘rsatish tizimini yaxshilash, rivojlantirish, zamonaviylashtirish va yanada takomillashtrish hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, hukumatimiz tomonidan qishloq xo‘jaligida axborot-maslahat xizmati ko‘rsatuvchi ko‘nikmalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash borasida dasturiy tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning amalga oshirilishi natijasida kishloq tadbirkorlari hamda fermer va dehqon xo‘jaliklariga turli yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish ko‘lami va miqyosi yil sayin ortib, shakllari ko‘payib bormokda. Bu toifadagi korxonalarning samarali faoliyat ko‘rsatayotganligi esa, nafaqat qishloq xo‘jaligida, balki agrar sohada ham xizmat ko‘rsatish tizimi zamon talablari asosida shakllanib, ilm-fan taraqqiyoti bilan hamnafas rivojlanib borayotganligidan dalolat bermoqda.
Tahlillar ko‘rsatishicha, axborot-maslahat markazlari faoliyatining barqarorligi ko‘p jihatdan bu markazlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lami va sifatiga, ikkinchi tomondan, xizmatlarga bo‘lgan talab hajmi va uning to‘lovi masalalariga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Axborot-maslahat markazlari xizmatlariga bo‘lgan talab usulini takomillashtirish xizmatlarni istiqbolda rivojlan­tirish strategiyasini belgilashda, xizmat ko‘rsatishni marketing tamoyillari asosida taraqqiy ettirish rejalarini asoslash va maqsadlarga erishish taktikasini ishlab chiqishda o‘ta muhim ahamiyat kasb etuvchi omillar sirasiga kiradi. Shu boisaxborot-maslahat markazlari xizmatlariga bo‘lgan talab xajmini aniqlash, bu jarayonda innovatsion usul va uslubiy yondashuvlardan foydalanish amaliy jihatdan samarali hisoblanadi.
Mamlakatimiz agrar sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo‘yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratishga qaratilgan izchil va keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi, ularni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan me’yoriy, huquqiy, iqtisodiy-moliyaviy, agrotexnologik va ijtimoiy baza rivojlanib, yildan-yilga takomillashtirib borilayotganligi hamda bunday tadbirlar yuqori samara berayotganligini tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati va amaliyotidagi ijobiy natijalardan ko‘rish mumkin.
Bunday ijobiy natijalar, albatta, ularning boshqaruv, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish, resurs va xizmatlarni tanlash, sotish va sotib olish, hamkorlikni o‘rnatish va yangi texnologiya- larni joriy etish, innovatsion loyihalar asosida mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlash yo‘llarini izlab topish borasi- dagi jarayonlarda axborot va konsalting xizmatlaridan unumli va o‘z vaqtida foydalanilayotganligining bir natijasi sifatida e’tirof etilishi lozim.
Darhaqiqat, respublikamiz qishloq hududlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishda ularni xo‘jalik yuritish bilan bog‘liq turli ma’lumotlarga bo‘lgan talabini qondirish muhim vazifalardan hisoblanadi.
O‘z vaqtida olingan ma’lumot tadbirkorlik sub’yektlarining mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish, infratuzilma ko‘nikmalari xizmatidan foydalanish, arzon va sifatli resurslardan bahramand bo‘lish, fan yangiliklari va yangi texnika, agrotexnologiya hamda innovatsion loyihalarni jalb etish asosida mahsulot raqobatbardoshligini oshirishni ta’minlash va daromadni ko‘paytirishga xizmat qiladi.
Shu bois qishloq tadbirkorlari, fermer va dehqon xo‘jaliklariga axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatish masalasi agrar soha iqtisodiyotini modernizatsiyalash jarayonidagi muhim yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Hukumatimiz tomonidan ushbu markazlar xizmatlari ko‘lamini kenggaytirish miqyosini oshirish va sifatini yaxshilashga hamda xizmat ko‘rsatish usul va vositalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ishlar samaradorligini agrar soha tadbirkorlik subektlari, xususan, fermer xo‘jaliklari daromadi oshayotganligida, qishloq hududlarining ijtimoiy-ishlab chiqarish tuzilmasi o‘zgarayotganligida kuzatish mumkin.
Demak, respublikamizda ham jahon tajribasida kuzatilayotganidek, agrar iqtisodiyotimizni barqaror yuksaltirishning muhim omillaridan biri bo‘lgan agrar tadbirkorlik sub’yektlarini jadal rivojlantirish aksariyat hollarda ushbu sub’yektlarga turli yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi axborot-maslahat markazlari faoliyatiga bevosita va bilvosita bog‘liq bo‘lib qolmokda.
Xo‘jaliklararo o‘zaro hamkorlik rishtalarining mustahkamlashishi, xizmatlar sohasidagi diversifikatsiya jarayonining kuchayishi esa bunday bog‘liqlikni yana bir karra mustahkamlab, uni yangi pog‘onaga ko‘taradiki, bu hol, axborot-maslahat markazlari tashkiliy-boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida yangicha yondoshuv va usullarni qo‘llashni taqozo etadi.
Bizningcha, ushbu masalaning ikkita muhim jihati mavjudki, qishloq xo‘jaligida axborot-maslahat markazlari tashkiliy- boshqaruv hamda xizmatlar sohasining barqaror rivojlashshgani ta’minlashlashda, ularni inobatga olish lozim, deb hisoblaymiz.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish