Agrokonsalting



Download 2,27 Mb.
bet67/214
Sana07.04.2022
Hajmi2,27 Mb.
#534407
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   214
Bog'liq
Агроконсалтинг МАЖУМА

Nazorat uchun savollar?
1. Suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini tashkil etish, ular xizmatlarini baholarini shakllantirish bo‘yicha maslahatlar.
2. Suv iste’molida yangi va tejamkor texnologiyalarni qo‘llashni iqtisodiy asoslash va biznes rejasini ishlab chiqish bo‘yicha maslahatlar berish
3. Suv iste’molchilar uyushmalarida buxgalteriya hisobi va hisobotlarni tashkil etishning huquqiy jihatlari bo‘yicha maslahatlar

11-M A V Z U: Sharotnomalar tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha maslahat
xizmatlar

REJA
1. Shartnoma tushunchasi va uni rasmiylashtirish bo‘yicha maslahatlar.
2. Qishloq xo‘jaligida shartnomalarni tuzishning o‘ziga xosligi va shartnomalarning amal qilish muddatlari, tomonlarning xuquq va majburiyatlar
3. Kontraktatsiya shartnomalari, moddiy-texnika ta’minoti, xizmatlar ko‘rsatish, tayyorlov tashkilotlari, qayta ishlash korxonalari bilan shartnoma tuzish tartibi bo‘yicha maslahatlar.



Tayanch iboralar: shartnoma, moddiy-texnika, korxona, maslahat, tovar, kontraktatsiya shartnomasi , tayyorlov tashkilotlari, qayta ishlash

1–savol


Shartnoma tushunchasi va uni rasmiylashtirish bo‘yicha
maslahatlar
Axbarot maslahat xizmatida eng maslahatlar xo‘jalik shartnomalari tuzish, unda ko‘rsatiladigan tomonlarning xuquq va majburiyatlari, shartnoma shartlari bajarilmagan xolda yuzaga keladigan muammolar haqida bo‘ladi. Chunki fermer xo‘jaliklarining samarali faoliyat olib borishiularning iqtisodiy munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishidan kelib chiqadi.
Shartnoma – bu bozor munosabatlari sharoitida barcha mulk shaklidagi korxonalar, shuningdek qishloq xo‘jaligi korxonalari hamda boshqaruv organlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladigan asosiy huquqiy hujjat bo‘lib hisoblanadi.32
Xo‘jalik shartnomasining tushunchasi va xususiyatlari:
Taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish majburiyatini olish, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini to‘lash majburiyatini olish bo‘yicha tuzilgan kelishuv xo‘jalik shartnomasi deyiladi.
Xo‘jalik shartnomasining xususiyatlari:

  • Shartnoma faqat tadbirkorlik faoliyati sohasida, ya’ni foyda olish maqsadida;

  • Shartnoma yuridik shaxslar va yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar o‘rtasida;

  • Shartnoma tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida;

  • Shartnoma faqat yozma tarzda tuziladi.

Qishloq xo‘jalik korxonalari ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning samaradorliginita’minlash maqsadida sifatli, arzon, ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan zarur qishloq xo‘jalik mashinalarini, kimyoviy vositalarni, yoqilg‘i va boshqa zarur materiallarni bevosita sanoat tarmoqlaridan sotib olish uchun shartnoma tuzadilar. Ular shuningdek, texnikalarini ta’mirlatish, yerlarni haydash, hosilni yig‘ib-terib olish maqsadida ixtisoslashgan mashina-traktor parklari bilan, hashoratlarga hamda zararkurandalarga qarshi kurashish maqsadida esa kimyoviy xizmatlarni amalga oshiradigan tashkilotlar bilan, ekinlarning suvga bo‘lgan talabini qondirish uchun suv xo‘jaligi tashkilotlari bilan shartnomalarni rasmiylashtiradilar. Shartnomalarning shartlari bajarilishini tomonlar, albatta, ta’minlashlari kerak. Shunda buyurtmachining ham, bajaruvchining ham faoliyati samarali bo‘lib, yaxshi natijalarga erishiladi. Lekin amaliyotda buyurtmani bajaruvchilar shartnomada ko‘rsatilgan muddatda texnikalarni, mineral o‘g‘itlarni, kimyoviy vositalarni, yoqilg‘ini, ozuqa moddalarini iste’molchilarga yetkazib bermaslik, ularni suv bilan to‘liq ta’minlamaslik holatlari vujudga kelmoqda. Bunday kamchiliklar aksariyat hollarda shu tadbirlar to‘g‘ri tashkil etilmaganligi oqibatida yuz bermoqda. Majmuadagi munosabatlar maqsadga muvofiq tashkil etilmaganligi yetishtirilayotgan mahsulot miqdoriga, uning sifatiga salbiy ta’sir etadi. Chunonchi, talab etilgan suv ekinga vaqtida berilmasligi oqibatida avvalo, uning o‘sishi susayib, hosil to‘plashi kamayadi, talab etilgan texnika vaqtida borib, hosilni terib olmasa, hosil salmog‘i kamayib, sifati pasayadi. Shuning uchun shartnomada ko‘rsatilgan shartlar muddatida, sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydigan barcha chora-tadbirlarni ko‘rish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun tomonlar juda intizomli, mas’uliyatli, bir-biriga hurmatda, madaniyatli bo‘lishlari kerak. Bu bozor iqtisodiyoti munosabatlarining eng muhim talabidir.
Shartnomaning mukammal, adolatli, tomonlar uchun o‘zaro foyda asosida tuzilishi va shu bilan birgalikda tomonlar o‘z huquqlari doirasida talab qila olishlari, hamda o‘z majburiyatlarini so‘zsiz bajarishlari muhim ahamiyatga ega.
Shartnomaning tarkibi:

  • Kirish

  • Shartnoma mazmuni

  • Tomonlarning xuquq va majburiyatlari

  • Tomonlarning javobgarligi

  • Qo‘shimcha shartlar

Shartnomaviy munosabatlarni tashkil etishda har bir tizimning samarali ishlashini tashkil etish butun texnologik jarayonni samarali ishlashiga olib keladi.
Qishloq xo‘jalik korxonalarining faoliyatida shartnoma munosabatlari muhim o‘rin egallab, ular asbob-uskunalar, texnika, yoqilg‘i-moylash materiallari, o‘g‘it, qurilish materiallari va boshqa moddiy-texnik vositalarga ega bo‘lish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib berish, xo‘jaliklararo hamkorlik, yerdan foydalanish va yer ijarasi, sarmoya sarflash jarayoni, qishloq xo‘jaligi korxonalarining jamg‘arma bozorida qatnashuvi, sug‘urta, mahsulot tashish va boshqa xo‘jalik faoliyatlarini qamrab oladi.
Mulkchilikning o‘zgarishi turli xilda vujudga kelgan korxonaning faoliyat ko‘rsatishidagi mustaqilligi, rivojlanish dasturlarini o‘zlari ishlab chiqganliklari, tuzilgan sharnomalar bo‘yicha faqat o‘zlari javobgarligi bundan buyon tobora chuqurlashib boradi. Bozor iqtisodiyoti sharotida har bir munosabat shartnoma asosida amalga oshiriladi va qonun ustuvorligi hukmronlik qiladi.
Majburiyat - fuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Majburiyatlar quyidagi:

  • shartnomadan;

  • ziyon yetkazish natijasidan;

  • qonun hujjatlarida belgilangan boshqa asoslardan kelib chiqadi.

Xo‘jalik shartnomasi shartnoma shartlariga hamda qonun hujjatlarining talablariga muvofiq ravishda, bunday shartlar va talablar bo‘lmagan hollarda esa ish muomalasi odatlariga muvofiq bajarilishi lozim.
Xo‘jalik shartnomasining bajarilishi garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakolat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ta’minlanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1998 yil 29 avgustdagi 12 sessiyasida qabul qilingan va 1998 yil 1 noyabrdan kuchga kiritilgan “Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi qonunining qabul qilinishi esa barcha shartnomaviy munosabatlarning huquqiy asosini, me’yorini, maqsadini, vazifasini, huquq va burchlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Respublika Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi va boshqa huquqni himoya qiluvchi organlar, viloyat hokimlari shartnomaviy ma’suliyatga doir juda katta ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Fuqarolik kodeksida ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvlari shartnoma deb ko‘rsatilgan. U ikki va ko‘p tomonlama o‘zaro kelishuv bitimlari shaklida vujudga keladi.
Qonun bo‘yicha shartnomaning maqsadi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar o‘rtasida xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish vaqtida yuzaga keladigan barcha huquqiy munosabatlarni tartibga solishdir.
Shartnomalarni tuzishning huquqiy asoslari, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning huquqlari va majburiyatlarining nimadan iborat ekanligi mahalliy davlat hokimiyati organlarining va davlat boshqaruv organlarining shartnomaviy munosabatlardagi vakolatlarini o‘zida mujassamlashtiradi.


Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish