Ona tili va adabiyoti



Download 31,65 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi31,65 Kb.
#209841
Bog'liq
ONA TILI VA ADABIYOTI.docbek


ONA TILI VA ADABIYOTI

1. Mirmuhsinning quyidagi asarlaridan qaysi biri roman janrida

yozilmagan?

A) "Umid" B) "Chiniqish" C) "Degrez o‘g‘li"

D) "Cho‘ri"

2. Mehnat yoshlarga ham, keksalarga ham daromad va

obro‘ keltirishini biling.

Ushbu gapda qaysi gap bo‘lak(lar)i uyushgan?

A) faqat vositali to‘ldiruvchi B) vositali to‘ldiruvchi, ega

C) vositali va vositasiz to‘ldiruvchi

D) vositasiz to‘ldiruvchi, kesim

3. Qaysi javobda asliy sifat ishtirok etmagan?

A)Uying tor bo‘lsa ham, ko‘ngling keng bo‘lsin!

B)Achchiq savol berib, shirin javob kutma.

C)Xonaga beqasam to‘n kiygan do‘ppili kishi kirib keldi.

D)Afting qiyshiq bo‘lsa, oynadan o‘pkalama!

4. Qaysi qatordagi so‘zlar ikki xil so‘z turkumi doirasida

shakldoshlik hosil qila oladi?

A) yashirin, bura B) kechik, oqish C) tilim, oqish

D) botin, kiyin

5. Qaysi so‘zda imloviy xatolik mavjud?

A) tatbiq B) boobro‘ C) istehzomuz D) vakuum

6. Quyida berilgan misralardagi boshqaruvli bog‘lanishlar

miqdorini aniqlang.

Ko‘zlarim hali harf tanimas edi,

Qalam ushlolmasdi hali qo‘llarim.

Kapalak izidan quvib tinmasdan,

Yulduzlarni sanar edim tunlari.

A) 2 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 4 ta

7. Rus yozuvchisi Serafimovichning "Temir oqim" asari qanday

roman hisoblanadi?

A) roman-tetralogiya B) roman-dilogiya

C) roman-epopeya D) roman-trilogiya

8. Ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda ko‘chirma

gap tarkibidagi qaysi bo‘lak -lik, ekanlik kabi shakllarni olib

o‘z vazifasini o‘zgartiradi?

A) ega B) to‘ldiruvchi C) kesim D) aniqlovchi

9. O‘quv darsliklarida berilgan qaysi xalq dostonlari Fozil

Yo‘ldosh o‘g‘lidan yozib olingan?

A)"Alpomish", "Rustamxon"

B)"Kuntug‘mish", "Ravshan"

C)"Alpomish", "Rustamxon", "Kuntug‘mish"

D)"Rustamxon", "Kuntug‘mish", "Ravshan"

10. Ergash gapning kesimi III shaxs buyruq maylidagi fe’l bilan

ifodalanmagan qo‘shma gapnni aniqlang.

A)Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo‘lingga.

B)Shu mo‘jaz uyimda yonsin deb chiroq,

Ne aziz zotlarga yondashdim gohi.

C)Sen otash ichida urasan javlon,

Dushman qolmasin deb sevgan elimda.

D)Kamalakdek rango-rang

Bo‘lsin deb, san’at, tillar,

Asrlarcha qildik jang.

11. Qaysi maqolda fe’lning vazifa shakli aniqlovchi vazifasida

kelgan?

A) Baxilning bog‘i ko‘karmas.

B) Kishining hurmati o‘z qo‘lida.

C) Betga aytganning zahri yo‘q.

D) Bemaza qovunning urug‘i ko‘p.

12. Quyidagi berilgan tez aytishlarning qaysi birida ravish

ishtirok etmagan?

A)Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi.

B)Norning nordon anori narida.

C)O‘tkir o‘tkir o‘roqda o‘t o‘rdi.

D)Hali Vali, Soli sholi o‘rdi.

13. Omonimlik xususiyatiga ega bo‘lgan quyidagi qaysi so‘zlar

omonim asosga omonim qo‘shimcha qo‘shilishidan hosil

qilingan?

1) terma, 2) bo‘g‘ma, 3) kechik, 4) tilim

A) faqat 3 B) 3, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3

14. Qaysi javobda tarkibidagi kelishik qo‘shimchalarini

ko‘makchilar bilan almashtirish mumkin bo‘lgan so‘z

birikmalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

1) olchaning guli; 2) shoshmasdan yurmoq; 3) chapga

burilmoq; 4) mashinada kelmoq; 5) ukasiga olmoq;

6) uyalganidan kelmoq

A) 2, 3, 4, 6 B) 3, 4, 5, 6 C) 1, 4, 5, 6 D) 1, 2, 4, 5, 6

15. Qaysi javobda keltirilgan asarda o‘zi dovrug‘li, shavkati

olamni tutgan, ammo na do‘sti, na o‘rtog‘i bo‘lmagan

qahramon uchraydi?

A) "Saddi Iskandariy" B) "Layli va Majnun"

C) "Sab’ayi sayyor" D) "Farhod va Shirin"

16. Tumanlik qo‘ynida jimgina mudragan tonglar, ilk

sovuq og‘ushida junjikkan seryulduz oqshomlar

boshlandi.

Ushbu gapdagi tagiga chizilgan so‘zda ma’no ko‘chishining

qaysi turi mavjud?

A) metafora B) sinekdoxa C) metonimiya

D) vazifadoshlik

17. Qaysi javobda vаzifаdоsh zidlоv bоg‘lоvchilаri kеltirilgаn?

A) -u, -yu, -dа, bаlki B) -u, -yu, -dа, bа’zаn

C) -u, -yu, -dа, na ... na D) -u, -yu, -dа, хоh

18. Qaysi javobda "Ravshan" dostoni haqida to‘g‘ri ma’lumot

keltirilgan?

A)Doston birinchi marta Mahmud Zaripov tomonidan Fozil

Yo‘ldosh o‘g‘li og‘zidan yozib olingan.

B)Doston birinchi marta Hodi Zarif tomonidan Ergash

Jumanbulbul o‘g‘li og‘zidan yozib olingan.

C)Doston birinchi marta Mahmud Zaripov tomonidan

Ergash Jumanbulbul o‘g‘li og‘zidan yozib olingan.

D)Doston Hodi Zarif tomonidan Kichik Bo‘ron og‘zidan

yozib olingan.

19. Qaysi javobda "o‘ynatdim" so‘zidagi ko‘makchi morfemalar

soni to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) 3 ta B) 5 ta C) 2 ta D) 4 ta

20. Qaysi javobda Mirtemirning "Surat" asari janri to‘g‘ri

ko‘satilgan?

A) ballada B) lirik qissa C) lirik hikoya

D) dramatik doston

21. Shaxs oti yasovchi qo‘shimchalar qaysi javobda to‘g‘ri

ko‘rsatilgan?

A) -gar, -chi, -k, -don B) -loq, -choq, -chi, -dosh

C) -xon, -chi, -dosh D) -lik, -inch, -ch, -dosh

22. Asosida tovush o‘zgarish hodisasi ro‘y bergan so‘z

qatnashgan gapni toping.

A)Derazamning oldida bir tup o‘rik gulladi.

B)Hatto eng baland tog‘ ham quyoshni to‘solmas.

C)Birdan yomg‘ir yog‘ib, tarnovlardan shovullab suv oqa

boshladi.

D)Salimjon qilgan ishidan uyalib, qizarib ketdi.

T-033 Biologiya (6413169) 2

23. Quyida berilgan gapda qaysi tinish belgisi tushirilgan?

Lekin avtor shu kichkina hikoyada katta ish qiladi()

o‘quvchining ko‘z oldiga odamning havasi keladigan,

har qanday kishining muhabbatini o‘ziga

qaratadigan, har qancha izzat qilsa arziydigan va bu

izzatga o‘zining jafokashligi, g‘ayrati, farosati, el-yurt

uchun qayg‘urishi bilan sazovor bo‘lgan bir chol

keladi.

A) vergul B) ikki nuqta C) nuqtali vergul D) tire

24. Qaysi javobda ko‘makchi fе’lli so‘z qo‘shilmasi bеrilgan?

A) bоrib kеlmоq B) kulib qaramоq C) aytib yubоrmоq

D) charaqlab chiqmоq

25. Atoiy qalamiga mansub quyidagi baytda qo‘llangan badiy

san’atlar to‘gri qo‘llangan qatorni aniqlang.

Jahonni tutti Yusufdek jamoli,

Malohat Misrida sultonmudur bu?

A) tashbeh, tajnis B) tashbeh, tazod C) talmeh, tazod

D) talmeh, tashbeh

26. Bir asrcha muqaddam yozilgan bo‘lsa-da, mustaqil

O‘zbekiston gerbidagi tasvirni yodga soladigan "Boshlar uzra

soya salqin, Humo yetkur" misralari qaysi shoir she’ridan

o‘rin olgan?

A) Hamza B) Cho‘lpon C) Zavqiy D) Avloniy

27. Quyida keltirilgan she’riy parchadagi sodda gaplar miqdorini


aniqlang.

Taqillaydi eshik nogahon,

− Kimsan? − deyman tugab sabotim,

− Ochgil, − deydi. − Bu − men, qadrdon,

Bilmoq bo‘lsang − Bardoshdir otim.

A) 8 B) 7 C) 5 D) 6

28. Quyida keltirilgan misralarda -lar qo‘shimchasi qanday

ma’no anglatgan?

Sening xotirangni unutmas aslo,

Mening yuraklarim, O‘rta Osiyo.

A) tur B) kuchaytirish C) ko‘plik D) hurmat

29. Qaysi javobda quyidagi gapda qo‘llangan olmoshlar soni va

turi to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

− Noshukurlik, − debdi u, − noshukurlikning

bexosiyat tomoni shundaki, bu illatga o‘ralgan kishi

his etish, jamiyki narsadan lazzatlanish, bahramand

bo‘lish qobiliyatini yo‘qotadi.

A)4 ta: 3 ta ko‘rsatish, 1 ta belgilash

B)4 ta: 1 ta kishilik, 2 ta ko‘rsatish, 1 ta belgilash

C)3 ta: 1 ta kishilik, 2 ta ko‘rsatish

D)3 ta: 1 ta kishilik, 1 ta ko‘rsatish, 1 ta belgilash

30. Inson tarixning yaratuvchisi, ishtirokchisi va uni

dunyoga keltiruvchi eng oliy xilqat ekanligi rad etib

bo‘lmas haqiqatdir.

Ushbu gapda qaysi gap bo‘lak(lar)i uyushgan?

A)ega, sifatlovchi, aniqlovchi

B)qaratqich aniqlovchi, sifatlovchi, aniqlovchi

C)sifatlovchi, aniqlovchi

D)ega


ONA TILI VA ADABIYOTI

1. O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov quyidagi qaysi

she’rida "Alisher she’ri-yu Pushkin bayoti"ni tilga olib,

"Jasur bobolarning tengsiz saboti" ruhimizga singganligini

ifodalagan?

A) "Genetika" B) "Men anglab yetgan falsafa"

C) "Xotirot" D) "O‘zbekiston"

2. Bog‘lama ishtirok etmagan gapni aniqlang.

A)Ahmad bobo oilamizning qadrdonlaridan sanaladi.

B)Bu masala arifmetik usul bilan hisoblanadi.

C)Men ham a’lochilarning biriman.

D)Bilmam, qanday ayol bo‘lgan Alisherning onasi.

3. Navoiy "Xamsa"sining qaysi dostoni qahramoni toj tarki

bilan baxtiyor yashashini isbotlaydi?

A) "Sab’ai sayyor" B) "Saddi Iskandariy"

C) "Hayrat ul-abror" D) "Farhod va Shirin"

4. Qaysi javobda urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushadigan so‘zlar

to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

1) vodorod; 2) hamma; 3) daftar; 4) gulday; 5) bordi

A) 2, 5 B) 1, 2, 4 C) 3, 4 D) 2, 4, 5

5. Qaysi javobdagi gapda tinish belgilarining ishlatilishi

bo‘yicha qoidalarga rioya qilinmagan?

A)O‘zbek, qirg‘iz, qozoq, turkman, tojik − barchamiz bitta

yurtning farzandlarimiz.

B)Yolg‘on o‘rmonga o‘xshaydi − unga qanchalik kirib

boraversang, undan chiqib olish ham shunchalik

chuqurlashaveradi.

C)Yana uvlar dahshat shamoli,

Ko‘kni qora bulut quchadi.

D)Uning qo‘lidan kelmaydigan ish yo‘q: duradgorlig-u

suvoqchilik, chilangarlig-u ustachilik − hammasini

eplaydi.


6. "Oqshomlari buvim boshliq hammamiz oldi ochiq

ayvonda uvunto‘da ko‘rpa-yostiqlarga o‘ralib,

bittagina O‘ratepaning kir ip sholchasi ustida

uxlaymiz".

Yuqorida keltirilgan parcha qaysi asardan olingan?

A) O‘.Hoshimov "Dunyoning ishlari"

B) X.To‘xtaboyev "Sariq devni minib"

C) Oybek "Bolalik"

D) G‘.G‘ulom "Mening o‘g‘rigina bolam"

7. Qaysi ijodkor huquqshunoslik fakultetini juda yaxshi baholar

bilan bitirib, diplom olgan bo‘lsa-da, bu sohada biror kun

ishlamagan?

A) Sergey Yesenin B) Ernest Seton-Tompson

C) Haynrix Hayne D) Janni Rodari

8. Bulut ichra yoshundi oy yuzingdin,

Shakar sizdi qamish ichra so‘zingdin.

Quyosh yuzing ko‘rib yerga yiqildi,

Adog‘ing tufrog‘ini surma qildi.

Ushbu misralar qaysi asardan olingan va unda qanday badiiy

san’at qo‘llangan?

A)Xorazmiy, "Muhabbatnoma"; irsoli masal

B)Xorazmiy, "Muhabbatnoma"; ruju

C)Xo‘jandiy, "Latofatnoma"; tashxis

D)Sayfi Saroyi, "Suhayl va Guldursun"; husni ta’lil

9. Navoiyning qaysi asari mutaqoribi musammani mahsuf

(maqsur) vaznida yozigan?

A) "Hayrat ul- abror" B) "Layli va Majnun"

C) "Saddi Iskandariy" D) "Farhod va Shirin"

10. Qaysi gapda harakat nomi ega vazifasida qo‘llanmagan?

A)O‘qish − koni foyda.

B)Bilim o‘qish va takrorlash mevasidir.

C)Barcha gaplarda harakat nomi ega vazifasida qo‘llangan.

D)Ertalab turish, yuz-qo‘lni yuvish, boshqalarga salom

berish insoniylik belgisidir.

11. Qaysi javobdagi so‘z noto‘g‘ri yozilgan?

A) tadqiqot B) tatbiq C) talafot D) melodramma

12. Qaysi javobda aralash turdagi murakkab qo‘shma gap

keltirilgan?

A)Xalq ertangi kuni yaxshiroq bo‘lishini istasa, birlashmog‘i,

uyushmog‘i va haqiqat uchun kurashmog‘i kerak.

B)Juda yaxshi, qalbi va ijodi Bobur ruhiga yaqin ijodkorlar

ko‘p.


C)Xalq qaynaydi, derazalar orqali ichkariga bosib kirishni

ko‘zlaydi, lekin qurol yo‘qligidan ikkilanib qoladi.

D)U qo‘l yuvdi, qiyig‘ini stolga yozdi, non sindirdi.

13. Qaysi javobda "Ravshan" dostoni haqida to‘g‘ri ma’lumot

keltirilgan?

A)Doston birinchi marta Hodi Zarif tomonidan Ergash

Jumanbulbul o‘g‘li og‘zidan yozib olingan.

B)Doston birinchi marta Mahmud Zaripov tomonidan Fozil

Yo‘ldosh o‘g‘li og‘zidan yozib olingan.

C)Doston Hodi Zarif tomonidan Kichik Bo‘ron og‘zidan

yozib olingan.

D)Doston birinchi marta Mahmud Zaripov tomonidan

Ergash Jumanbulbul o‘g‘li og‘zidan yozib olingan.

14. 1. Daryo bo‘lsang oqqan hayqirib,

Kechik bo‘lib qolar ekansan.

2. Bugun sen ataylab ishga kechik.

Ushbu gaplarda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar haqidagi to‘g‘ri

fikr(lar) ni aniqlang.

1) 1-gapda yasama ot; 2) 2-gapda tub so‘z; 3) 1-gapda

yasalish asosi fe’l; 4) 2-gapda yasalish asosi ravish; 5) har

ikkala gapda tub so‘z; 6) 1-gapda yasalish asosi ravish

A) 1, 3, 4 B) 4, 6 C) 5, 6 D) 1, 2, 3

15. Hisob so‘zlar haqida noto‘g‘ri fikrni aniqlang.

A)xashak-o‘tinlarni o‘lchash uchun tutam, quchoq hisob

so‘zlari ishlatiladi

B)yog‘och, qalam, misqol, paysa hisob so‘zlari uzunlik

o‘lchovini bildiradi

C)shisha, paqir hisob so‘zlari alohida olinganda narsa

nomini bildiradi

D)o‘lchov so‘zlarning ayrimlari alohida olinganda predmet

nomini bildiradi

16. Amir Temur kuchli shaxs, uzoqni ko‘zlaydigan, katta

aql-idrok bilan ish yurgizadigan usta siyosatdon,

dovyurak, mohir lashkarboshi sifatida o‘z xalqi,

qo‘shini hamda amirlari orasida katta obro‘-e’tiborga

ega edi.


Ushbu gap haqidagi to‘g‘ri hukmni toping.

A)bog‘lovchisiz qo‘shma gap

B)tarkibida uyushiq bo‘lak qatnashgan sodda yoyiq gap

C)bog‘langan qo‘shma gap

D)qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap

17. Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit?

Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol.

Nechun qora libos, sochlaringda oq,

Nechun bu ko‘klamda sen parishonhol?

She’riy parchada olmosh turkumiga oid so‘zlar necha marta

qo‘llangan?

A) 5 B) 7 C) 8 D) 6

T-033 Biologiya (6413170) 2

18. Qaysi javobda quyida berilgan gapdagi sifatdoshning zamoni

to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Mustafo Galatepaning chekkarog‘ida, Ubaydullo

Maxsumning hovuzi turtib chiqqan qir tumshug‘ida

yashaydi.

A) bu gapda sifatdosh ishtirok etmagan B) o‘tgan zamon

C) kelasi zamon D) hozirgi zamon

19. Quyida keltirilgan misralarda -lar qo‘shimchasi qanday

ma’no anglatgan?

Sening xotirangni unutmas aslo,

Mening yuraklarim, O‘rta Osiyo.

A) ko‘plik B) tur C) hurmat D) kuchaytirish

20. O‘quv darsliklarida berilgan qaysi xalq dostonlari Fozil

Yo‘ldosh o‘g‘lidan yozib olingan?

A)"Alpomish", "Rustamxon", "Kuntug‘mish"

B)"Kuntug‘mish", "Ravshan"

C)"Rustamxon", "Kuntug‘mish", "Ravshan"

D)"Alpomish", "Rustamxon"

21. Shunday yashar − sokin, bezavol,

Pastakkina tandiri bilan,

Katta uyda kichkina bir chol,

Kichkina bir kampiri bilan.

She’riy parchada aniqlovchi vazifasida kelgan sifat turkumiga

oid so‘zlar necha marta qo‘llangan?

A) 4 B) 3 C) 6 D) 5

22. Uch so‘z turkumi doirasida shakldosh bo‘la oladigan so‘zlar

qatorini aniqlang.

A) tom, yog‘, dog‘ B) tik, bosh, til C) terma, tom, tik

D) tush, zang, jo‘r

23. Qaysi shoir o‘z she’rida

"Karashma dengizin ko‘rdim, na nozik to‘lqini

bordir,

Halokat bo‘lg‘usin bilmay qulochni katta otdim-ku"

degan misralar orqali oshiq tuyg‘ularini ifodalagan?

A) Cho‘lpon B) Usmon Nosir C) Fitrat D) Qodiriy

24. Al-Buxoriyning "Al-adab al-mufrad" asarida insonda qanday

xislat bo‘lmasa, u aybli va nuqsonli bo‘lishi ta’kidlanadi?

A) qo‘rslik B) muloyimlik C) mardlik D) shaddodlik

25. Qiziq, inson umri shunaqa tez o‘tarkanmi, kechagina

emasmidi, shu ko‘chada qo‘shni qizchalar bilan

sopalak o‘ynaganimiz!

Ushbu gapda tovush o‘zgarishlarining soni va turi to‘g‘ri

ko‘rsatilgan javobni toping.

A)3 ta tovush tushishi, 1 ta tovush ortishi

B)2 ta tovush tushishi

C)1 ta tovush ortishi, 1 ta tovush tushishi

D)1 ta tovush ortishi

26. Sohibqiron ayol qadriga, go‘zalligiga ichki samimiy

muhabbat bilan qaragan.

Ushbu gapda nechta tobe bog‘lanish mavjud?

A) 5 ta B) 7 ta C) 6 ta D) 8 ta

27. Madaniy axloq kishining yurishida, so‘zlashishida,

ovqatlanishida, odamlar bilan xayrlashishida, ularni

raqsga taklif etishida aks etadi.

Berilgan gapdagi yasama ismlar tarkibida qo‘llangan

munosabat shakllari sonini aniqlang.

A) 8 B) 10 C) 9 D) 11

28. Qaysi javobda quyida berilgan gapdagi yasama so‘zlar qaysi

turkumlarga tegishliligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Sipohning tarqoqligi saltanatning kuchsizlanishiga

olib keladi.

1) ot; 2) sifat; 3) fe’l

A) 1, 2, 3 B) 1, 3 C) 2, 3 D) 1, 2

29. Quyida keltirilgan misradagi ma’no ko‘chishining turini

aniqlang.

Shartmi ichmak har bir qadahni yo‘q demay.

A) metonimiya B) vazifadoshlik C) sinekdoxa

D) metafora

30. Ergash gapning kesimi III shaxs buyruq maylidagi fe’l bilan

ifodalanmagan qo‘shma gapnni aniqlang.

A)Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo‘lingga.

B)Sen otash ichida urasan javlon,

Dushman qolmasin deb sevgan elimda.

C)Shu mo‘jaz uyimda yonsin deb chiroq,

Ne aziz zotlarga yondashdim gohi.

D)Kamalakdek rango-rang

Bo‘lsin deb, san’at, tillar,

Asrlarcha qildik jang.

ONA TILI VA ADABIYOTI

1. Quyida berilgan gapning ko‘chirma gap qismi qo‘shma

gapning qaysi turiga kiradi?

"Qalinroq kiyintirsam, isib ketmaysanmi?" −

so‘radilar onam.

A) hol ergash gapli qo‘shma gap

B) bog‘langan qo‘shma gap

C) aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap

D) ega ergash gapli qo‘shma gap

2. Quyidagi misralarda ishtirok etgan fe’l so‘z turkumiga oid

so‘zlar sonini aniqlang.

Gul bargini nasim tildi − to‘kildi,

Saboga hikoyat qildi − to‘kildi.

Falak ishiga boq: bir haftada gul

Chiqdi, g‘unchaladi, kuldi − to‘kildi.

A) 7 ta B) 10 ta C) 9 ta D) 8 ta

3. Vatan! Taqdiringning toshi bemiqdor,

Aytgin, fido bo‘lay qaysi bir toshga?

Birovning do‘stlar-u xorijlari bor,

Mening hech kimim yo‘q − o‘zingdan boshqa (Usmon

Azim)


Ushbu she’riy parchada olmoshning necha turi ishtirok

etgan?


A) 4 B) 6 C) 5 D) 3

4. "Manzilim chin bo‘ldi ushbu yil diyori Toshkand,

Jon-u ko‘nglim doim istar xor-xori Toshkand" matla’li g‘azal

muallifi kim?

A) Ogahiy B) Furqat C) Komil Xorazmiy D) Zavqiy

5. Qaysi qatorda metafora usuli bilan ma’no ko‘chgan so‘z

qatnashgan?

A)Alisher Navoiy vafotini eshitib, butun Hirot yig‘ladi.

B)Bu darddan qora boshim oqardi.

C)Qalam ushladimmi, demak, o‘yin bas...

D)Yuragini ezib turgan tuyg‘ular biroz chekinganday bo‘ldi.

6. "Qutadg‘u bilig" asarida Yusuf Xos Hojib bek uchun nimalar

ziynatdir deb yozgan?

A) sabr va qaror B) adolat va hushyorlik

C) poklil va sergaklik D) bilim va kuch

7. Qaysi javobda kuchaytiruv-ta’kid ma’nosini bildiruvchi

so‘z-yuklamalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

1) hatto; 2) -ki; 3) axir; 4) faqat; 5) nahotki; 6) naq;

7) -u(yu); 8) nihoyatda; 9) -da; 10) ham

A) 1, 3, 5, 10 B) 1, 3, 4, 5, 8, 10 C) 1, 3, 5, 6, 8, 10

D) 1, 2, 3, 5, 7, 9, 10

8. Murkarim Osimning "Zulmat ichra nur" asarida Alisher

Shohrux mirzoning o‘limi haqida kimdan eshitadi?

A) tog‘asidan B) Husayndan C) otasidan

D) ko‘chadagi devonadan

9. Qaysi javobda quyidagi qo‘shma gapning turi to‘g‘ri

ko‘rsatilgan?

Siz o‘z xalqingiz, Vataningiz, millatingizning ko‘z

qarog‘larisiz, ammo unutmang-ki, tanbal, daqqi,

bezori kishi ma’naviy nogiron degan so‘z.

A)bog‘langan qo‘shma gap

B)bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap

C)aralash murakkab qo‘shma gap

D)bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap

10. "Agar yulduzlar odamga aylanib qolsa bormi, osmon ularga

torlik qilib qolardi".

Chingiz Aytmatovning "Oq kema" asaridan olingan ushbu

fikrlar kimning tilidan aytilgan?

A) Mo‘min chol B) bola C) shoxdor ona bug‘u

D) Cho‘tir Baymoq kampir

11. Qaysi javobda bir xil janrga xos bo‘lgan asarlar nomi

keltirilgan?

A)"Mardlik cho‘qqisi", "Samandar", "Dunyo bolalari"

B)"Buxoroning jin ko‘chalari", "Kumush tola", "Karvon

qo‘ng‘irog‘i"

C)"Hamshaharlarim", "Quyosh belanchagi", "Daryolar

tutashgan joyda"

D)"Opa-singillar", "Amu", "Davr mening taqdirimda"

12. Bulut ichra yoshundi oy yuzingdin,

Shakar sizdi qamish ichra so‘zingdin.

Quyosh yuzing ko‘rib yerga yiqildi,

Adog‘ing tufrog‘ini surma qildi.

Ushbu misralar qaysi asardan olingan va unda qanday badiiy

san’at qo‘llangan?

A)Sayfi Saroyi, "Suhayl va Guldursun"; husni ta’lil

B)Xorazmiy, "Muhabbatnoma"; ruju

C)Xo‘jandiy, "Latofatnoma"; tashxis

D)Xorazmiy, "Muhabbatnoma"; irsoli masal

13. Qaysi javobdagi so‘zda qo‘sh undosh bilan bog‘liq xatolik

bor?


A) krosvord B) karra C) afv D) milliard

14. "Nil va Rim" she’rida shoir kimni "Hamon tilla qadahda qon

ichar" deya tasvirlaydi?

A) Rim amaldorlari B) Sezar C) Ramzes

D) Kleopatra

15. Qaysi gapda sodda gaplar orasida tinish belgisi to‘g‘ri

qo‘yilmagan?

A)Siddiqjon to‘xtadi, orqasidan kimdir kelayotgan edi.

B)Hozir qishloqda yoz, bu yerga esa bahor endigina qadam

qo‘ygandek edi; qiyaliklarni qoplagan qoqigullar yulduz

parchalariday yaltiraydi, qorli cho‘qqilar orasidan yugurib

pastga tushib kelayotgan jilg‘alarning bo‘yida

chuhcmomolar yaproq yozmoqda.

C)Demak, gap bunday: o‘ttizinchi yillar adabiyotini

o‘rganishni kechiktiramiz.

D)Bir narsani solishtirib tagiga yetmoqchi bo‘lsak, aslidan

kelamiz: asli nima edi?, asli qanday edi? va hokazo.

16. Qaysi javobda quyida keltirilgan gapda ishtirok etgan fe’l

nisbatlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Nobel neft va portlovchi moddalar ishlab

chiqarishdan orttirgan boyligini nafaqat fizik hamda

ximiklarga, balki, vrachlar, adabiyotshunoslar va

tinchlikparvarlarga ham berilishini vasiyat qilib

ketdi.


1) aniq nisbat; 2) majhul nisbat; 3) o‘zlik nisbat; 4) orttirma

nisbat; 5) birgalik nisbat

A) 1, 2, 4 B) 1, 3, 4 C) 1, 4, 5 D) 1, 3, 5

17. Navoiyning qaysi g‘azali Jomiy vafotidan so‘ng yozilgan deb

taxmin qilinadi?

A) "Jong‘a chun dermen" B) "Kecha kelgumdir debon"

C) "Qaro ko‘zim” D) "Meni men istagan"

T-033 Ona tili va adabiyoti (6413171) 2

18. Ko‘zimda yosh bilan kularman men ham,

Tilasam muhabbat tilarman men ham:

Ishq bilan dunyoni olarman men ham,

- Muhabbat bor edi, muhabbat mavjud.

She’riy parchada yordamchi so‘z turkumlariga oid birliklar

necha o‘rinda qo‘llangan?

A) 5 B) 4 C) 2 D) 3

19. Qaysi gapda ham vositali, ham vositasiz to‘ldiruvchi

uyushgan?

A)Dadasi har kuni ishga ketishda ham, ishdan qaytishda

ham uni qo‘liga olar, suyar va yuzlarini, sochlarini silab

qo‘yar edi.

B)Serchang, sershovqin ko‘chalarda, xiyobonlarda odamlar

daryoday oqib borar edi.

C)Respublikamizda maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarini

o‘quv darsliklari, qo‘llanmalar bilan ta’minlash yo‘lga

qo‘yilgan.

D)Mustaqilligimizning shukuhli kunlarini, bayram

tantanalarini munosib kutib olish uchun, dillarni xushnud

etish uchun ishga kirishdik.

20. Qaysi maqolda fonetik o‘zgarishga uchragan so‘z

qo‘llanmagan?

A)O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir.

B)Ko‘ngli ochiqning qo‘li ochiq,

Qo‘li ochiqning yo‘li ochiq.

C)O‘roqda yo‘q, mashoqda yo‘q, xirmonda hozir

D)Bo‘linganni bo‘ri yer, ayrilganni ayiq yer

21. Singlim deymi,

Onam deymi,

Hamdard-u hamxonam deymi,

Oftobdan ham o‘zing mehri

Ilig‘imsan, Vatanim. (Muhammad Yusuf)

Ushbu she’riy parchada yasama so‘zlar necha o‘rinda

qo‘llangan?

A) 2 B) 4 C) 1 D) 3

22. Qaysi javobda nomi keltirilgan asar Asqad Muxtorning

hozirgi hayot, ma’naviyat, madaniyat va badiiy ijod

borasidagi mulohazalari aks ettirilgan asari hisoblanadi?

A) "Uyqu qochganda" B) "Sizga aytar so‘zim"

C) "Insonga qulluq qiladurman"

D) "Karvon qo‘ng‘irog‘i"

23. Ilmiy uslubning xususiyatlari haqida berilgan qaysi

hukm(lar) noto‘g‘ri?

1) sof ilmiy uslubda fan yutuqlarini keng ommaga yetkazish

maqsad qilinadi;

2) ilmiy-ommmabop uslubda ma’lum fan sohasiga doir

atamalar qo‘llansa ham, lekin bu atamalar xalqqa tushunarli

bo‘lishi uchun izohlanadi;

3) tarix va adabiyotshunoslik uslubi publitsistik uslubga

yaqinroq turadi;

4) ilmiy ommabop uslubda eng yuqori darajadagi

mavhumlashtirish orqali ilmiy xulosalarni bayon qilish kuchli

bo‘ladi.

A) 1 B) 4 C) 1, 4 D) 2, 3

24. Qaysi qatorda paronimlar qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud?

A)Ko‘ylagi quyoshda tovlanib husnini yanada ochdi.

B)Yarqiraydi doim tovlanar,

Oy nuriga cho‘miluvchi tosh.

C)Suv jimirlab, ko‘zni quvnatib toblanardi.

D)Ochilov o‘zini quyoshga toblab yotardi.

25. Quyidagi gapda mavjud bo‘lgan so‘z yasovchi qo‘shimchalar

sonini aniqlang.

Olimlar haddan ziyod saodatga intilish saodatni

qo‘lga kiritishga to‘sqinlik qilishini aytganlar.

A) bitta B) to‘rtta C) uchta D) ikkita

26. Qaysi javobda uyushgan sifatlovchi aniqlovchi haqidagi

to‘g‘ri fikrlar ko‘rsatilgan?

1. Narsa-buyumlarning bir turdagi belgilarini bildirgan

birdan ortiq sifatlovchi uyushib kela oladi.

2. Uyushiq aniqlovchilar aniqlanmishga baravar tobe bo‘ladi.

3. Narsa-buyumlarning turli belgilarini bildirgan birdan

ortiq sifatlovchi uyushib kela olmaydi.

4. Uyushiq sifatlovchi aniqlovchilar o‘zaro sanash ohangi

bilan teng bog‘lanadi.

A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 4

27. "Rustamxon" dostonida Sultonxon Rustamxon haqida "Oti

Rustam, o‘zi nor kalla qo‘chqor" deb kimga aytadi?

A) Ximcha kanizga B) qalandarlarga C) Huroyimga

D) Oftoboyga

28. Qaysi javobda uzunlik o‘lchovini bildiruvchi hisob so‘zlar

keltirilgan?

A) qadam, chaqirim, quloch B) juft, chelak, metr

C) gektar, tanob, sentner D) dasta, qarich, botmon

29. Qaysi javobda ot so‘z turkumidan yasalgan sifatlar berilgan?

A) hazilomuz, achimsiq B) hiylagar, vafodor

C) tashlandiq, bilag‘on D) oqsoq, yoshlarbop

30. Qaysi maqolda to‘rt o‘rinda otlashgan so‘z qo‘llangan?

A)Kattaga hurmatda bo‘l, kichikka izzatda bo‘l.

B)Yaxshi bilan yursang, yetarsan murodga,

Yomon bilan yursang, qolarsan uyatga.

C)Birni ko‘rib, fikr qil,

Birni ko‘rib, shukur qil.

D)Bilagi zo‘r birni yiqar,

Bilimi zo‘r mingni yiqar.



Download 31,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish