Agrokonsalting



Download 2,27 Mb.
bet63/214
Sana07.04.2022
Hajmi2,27 Mb.
#534407
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   214
Bog'liq
Агроконсалтинг МАЖУМА

Suvdan foydalanishni xisobga olish va nazorat qilish.Xo‘jalikka suv olishni xisobga olish xar besh kunda un kunda tuman qishloq va suv xo‘jaligi xamda xo‘jalik vakillari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Suv olishning xar kunlik xisob-kitobini tuman qishloq va suv xo‘jaligi xodimlari amalga oshirishadi. Xo‘jalik bo‘limlari buyicha va, ayniksa, brigadalar, zvenolar, dalalar, fermer xo‘jaliklari bo‘yicha suv xisob – kitobi uchun manbalarning umuman mavjud emasligi va bunday ma’lumotlarning takdim etilishi uchun direktiv talablarning yo‘qdigi tufayli suv uzatishni xisob – kitob olib borilmaydi.
Xo‘jaliklarga berilgan suv miqdorlari kuz bilan chamalab, tajriba va intuitsiyaga asoslanib belgilanadi va buning okibatida tez – tez, ayniqsa, suv tanqis bulgan yillarda tortishuv va janjallar bo‘lib turadi. Shu paytning uzida xo‘jalik gidrotexnigi tuman qishloq va suv xo‘jalik boshqarmasiga xo‘jalikka berilgan suv xajmi va butun xo‘jalik bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarning maydoni (vegetatsion, shur yuvish, nam tuplash va boshqalar) xaqida ma’lumot berishi shart. Suvdan foydalanishni nazorat qilish muntazam ravishda olib borilmasdan, asosan suv sarfi qayta bulinganda sug‘orish va shur yuvish davrlarida amalga oshiriladi. Xo‘jalik gidrotexniklari xo‘jalik dalalari bulinmalariga suv uzatishni, xo‘jalikning dala bo‘limlari boshliqlari esa uning brigadalar, zvenolar buyicha taqsim etilishini nazorat qiladilar. Nazorat asosan turli toifadagi suvdan foydalanuvchilar urtasidagi baxolarni bartaraf qilish, suv sarfining belgilangan qiymat bilan muvofik kelishini tekshirish, suv olish navbatiga rioya qilishni, dalalardan va ariqlardan samarasiz tashlab yuborilayotgan suv va uning xajmini aniqlashdan iborat.
Suv xo‘jaligi obektlarini nazorat qilish va ularga qarash.Asosan xo‘jalikning ishlab chiqaruvchilararo tarmog‘i urtasidagi irrigatsiya xizmati kuchlari, ularning uz tarmog‘iga ishlab chiqarish bulinmalari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat qilish va qarab turish xo‘jalik ichidagi ob’yektlarning ish qobiliyatini pasaytiradigan va yerlarning meliorativ xolatini yomonlashtiradigan kichik shikastlanishlarni kundalik (xar kuni) bartaraf etishdan, usha yerdagi buzilgan inshoot qismlarini tiklashdan iborat.
Suv xo‘jaligi ob’yektlarini joriy va tubdan ta’mirlash ishlari. Odatda, vegetatsiya oraligidagi davrda, ya’ni suv berishni cheklash yoki tuxtatish mumkin bulgan paytda amalga oshiriladi. Ta’mirlanishi lozim bulgan xar bir suv xujachigi ob’yekta bo‘yicha defekt dalolatnomasi va ta’mirlash uchun sarflanadigan mablaglar smetasi tuzib chiqiladi. Agar oldindagi ta’mirlash ishlari murakkab va xajman katta bo‘lsa, ushbu ishlarni pudratchilik asosidagi loyixalash tashkilotlari bajaradilar. Agar irrigatsiya xizmati uzining ta’mirlash – qurish kuchlariga ega bulsa, u xolda ta’mirlash ishlari yoki uning bir qismi ularning o‘z kuchlari bilan bajariladi. Aks xolda chetdan quril ish tashkilotlari jalb etiladi.
Bugungi kunda SIUlar tomonidan belgilanayotgan choralar hududdagi suvdan foydalanuvchilar uchun bajarish lozim bo‘lgan majburiy hujjatga aylanishi lozim. Lekin, amalda SIUlar qarorlari bunday maqomga ega emas, yoki SIUlar tomonidan o‘z qarorlarining ijrosini talab qiladigan mexanizm mavjud emas. Aks holda amalda kuzatilayogan suvdan foydalanuvchilar tomonidan SIUlar xizmati uchun haq to‘lamaslik, haq to‘lash kechikishi, suvning ortiqcha sarfiga yo‘l qo‘yish kabi holatlar hayotda mavjud bo‘lmagan bo‘lar edi.
Axbarot maslahat markazlaridan Suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini tashkil etish, ular xizmatlarini baholarini shakllantirish bo‘yicha maslahatlar olish uchun murojat qilishadi. Shu bilan birga SIUlar buxgalteriya hisobdari hamda xisobotlar qonun talablariga mos bo‘lishi uchun axbarot maslaxt xizmatidan foydalaniladi. Ma’lumki suv iste’molchilar uyushmasi nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi va nodavlat notijorat tashkiloti Qonuniga asosan ular a’zolar badali hisobiga faoliyat yuritishi lozim. Shu nuqtai nazardan , fermer xo‘jaliklari ixtiyoriy ravishda SIUga badal to‘lashlari kerak. Buning uchun fermer xo‘jaliklari yillik daromadlaridan yoki olingan sof foydani ma’lum foizini SIUlarga o‘tkazib berishlarini aniqlab, fermerlar o‘z biznes rejalariga kiritishlari kerak.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari va SIUlar o‘rtasida tuziladigan shartnomalar - bu birinchi navbatda suv yetkazib berish va undan foydalanish bilan bog‘liq holda manfaatdor tomonlar o‘rtasida ob’yektiv ravishda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning huquqiy shakli hisoblanadi.Ayni paytda shartnoma, tomonlar o‘rtasida ixtiyoriy ravishda o‘z manfaatlari, maqsadlarini ro‘yobga chiqarishni ko‘zlab tuziladigan huquqiy hujjat bo‘lib, mohiyati jihatidan tomonlarning teng huquqliligini, erkinligini, shartnoma shartlari oldidagi mas’uliyat va majburiyatlarini o‘zida aks ettiradi. Ammo, tahlillarimizning ko‘rsatishicha suvdan foydalanish yuzasidan qishloq xo‘jaligi korxonalari va SIUlar o‘rtasida shartnomalar tuzish jarayonida tomonlarning erkinligi masalasida bir qator nisbiyliklar mavjud. Masalan, boshqa sohalarda va boshqa sharoitlarda mahsulot sotish yoki xizmatlardan foydalanish borasida shartnomalar tuzishda tomonlar o‘rtasida tanlash imkoniyati mavjud bo‘lib, bu ularning iqtisodiy erkinligini ta’minlaydi. Lekin, fermer yoki dehqon xo‘jaligida bunday imkoniyat yo‘q, chunki ularga xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan SIUlar soni ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Respublikamizda SIU larni tashkil etish tamoyillariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, “geografik tamoyil” aniq fermer yoki dehqon xo‘jaligi uchun faqatgina bitta SIU xizmat ko‘rsatishi mumkinligiga olib keladi. Aniq fermer xo‘jaligi dalasiga suv yetkazib beradigan irrigatsiya tarmog‘i yagona bo‘lib, ayni paytda bitta irrigatsiya tarmog‘i ikkita SIU ga tegishli bo‘lishi ham mumkin emas. Bu holat fermer xo‘jaligining dalasiga ekinlarni sug‘orish uchun suv yetkazib berish borasidagi shartnomalarning tuzilishi, amal qilishi va iqtisodiy mohiyatini bir qadar o‘zgartiradi. Demak, bu vaziyatlarda bozor sharoitida shakllanadigan shartnoma munosabatlariga xos bo‘lgan umumiy tamoyillarga tayanish qiyinlashadi.
Tuzilgan shartnomalar ularning ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar amaldagi qonun hujjatlariga, me’yorlarga mos kelgan taqdirdagina nizoli holatlarda shartnomalarga rioya qilib boruvchi tomonning huquqlarini kafolatlashi mumkin. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish shartnomalari xo‘jalikdagi real sharoitlarni hisobga olgan holda tayyorlangan yillik reja ko‘rsatkichlariga tayangan holda tuzilishi lozim. Bunda SIU suv yetkazib berish tizimi doirasidagi suv iste’molchilarining ekin maydonlari miqdori, tarkibi, tuproqning mexanik tarkibi, irrigatsiya shaxobchalari holati kabi muhim jihatlarni hisobga olinishi lozim.
Axbarot maslahat markazlaridan Suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini tashkil etish, ular xizmatlarini baholarini shakllantirish bo‘yicha maslahatlar olish uchun murojat qilishadi. Shu bilan birga SIUlar buxgalteriya hisobdari hamda xisobotlar qonun talablariga mos bo‘lishi uchun axbarot maslaxat xizmatidan foydalaniladi. Ma’lumki suv iste’molchilar uyushmasi nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi va nodavlat notijorat tashkiloti Qonuniga asosan ular a’zolar badali hisobiga faoliyat yuritishi lozim. Shu nuqtai nazardan , fermer xo‘jaliklari ixtiyoriy ravishda SIUga badal to‘lashlari kerak. Buning uchun fermer xo‘jaliklari yillik daromadlaridan yoki olingan sof foydani ma’lum foizini SIUlarga o‘tkazib berishlarini aniqlab, fermerlar o‘z biznes rejalariga kiritishlari kerak.
Misol uchun, “Mirishkor” SIUsi bilan “Alisher” nomli fermer xo‘jaligi o‘rtasida 2016 yilda tuzilgan shartnomaga asosan fermer xo‘jaligi SIUga yetkazib berilgan suv xizmati uchun qo‘yidagicha xizmat haqi to‘lashi lozim:
Bir gektar paxta dalasini sug‘orish uchun 35 ming so‘m;
Bir gektar g‘alla dalasini sug‘orish uchun 40 ming so‘m;
Bir gektar bog‘ni sug‘orish uchun 50 ming so‘m.
“Alisher” nomli fermer xo‘jaligi 2016 yilda 40 gektar yerga paxta, 50 gektar yerga g‘allaekishni va 4 gektar bog‘ni parvarishlash rejalashtirilgan. Tuzilgan shartnomaga asosan “Alisher” nomli fermer xo‘jaligi ekin maydonlarini so‘g‘orish uchun yetkazib beriladigan suv xizmatlari uchun bir yilda qo‘yidagi miqdorda xizmat haqi to‘lashi zarur:
Bir gektar paxta dalasini sug‘orish uchun 1400 ming so‘m (35000*40ga);
Bir gektar g‘alla dalasini sug‘orish uchun 2000 ming so‘m (40000*50ga);
Bir gektar bog‘ni sug‘orish uchun 200 ming so‘m (50000*4ga)
JAMI 3600 ming so‘m
“Alisher” nomli fermer xo‘jaligi SIUga ixtiyoriy ravishda 3600 ming so‘mni a’zolik badali sifatida ixtiyoriy ravishda to‘lasa, 2016 yilda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotishdan olinadigan daromaddan 2 foizini ajratishi lozim bo‘ladi. Suv iste’molchilar uyushmasi o‘z faoliyatini samarali olib borishi, harajatlarini qoplay olishi va kelajakda faoliyatini yanada rivojlantirishi uchun mablag‘i bo‘lishi zarur.



Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish