Agrokonsalting


- raqobatbardosh ishlab chiqarishni tashkil etish; -



Download 2,27 Mb.
bet5/214
Sana07.04.2022
Hajmi2,27 Mb.
#534407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214
Bog'liq
Агроконсалтинг МАЖУМА

- raqobatbardosh ishlab chiqarishni tashkil etish;
- mulk munosabatlarini takomillashtirish va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish;
- istiqbolli rejalarni amalga oshirishning zamonaviy usullari va texnologiyalarini izlab topish;
- muammolarni bartaraf etishni ta’minlovchi biznes-rejani ishlab chiqish;
- investitsiya loyihalarining maqsadliligini, biznes-rejalarda kreditning kamaytirilish imkoniyatini asoslash.



3–савол


Agrokonsalting xizmatining asosiy yo‘nalishlari. Agrokonsalting xizmatini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati.
Axborot maslahat xizmatini tashkil etish va olib borishning o‘zigaxos xususiyati bu qishloq xo‘jaligidagi muammolarni aniqlash, yechimi bilan bog‘liq axborotlarni izlash, aniq yechimlar berish va ularni qo‘llash uchun tavsiyalar berish, tovar ishlab chiqaruvchilarni fan va ishlab chiqarishdagi yangiliklar bo‘yicha o‘quvlarni tashkil etishlarni o‘z ichiga oladi.
Axborot-konsalting markazlarining faoliyat funksiyasi va xizmatlar yo‘nalishi quyidagilardan iborat bo‘ladi2:

  • o‘qitish, qayta o‘qitish, kasbiy mahorat va malakasini oshirish;

  • ilmiy-amaliy, ilmiy-uslubiy xizmatlar ko‘rsatish;

  • axborot ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish;

  • maslahat xizmatlari ko‘rsatish;

  • innovatsiya va ilg‘or tajriba, ish uslubi, texnologiya va ishlab chiqarish(xizmat ko‘rsatish) borasida maslahatlar berish, uni amalga oshirish-o‘zlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratishga yordam berish, xizmat ko‘rsatish;

  • reklama va targ‘ibot ishlarini (vakolati va qonun doirasida) olib borish borasida xizmat ko‘rsatish;

  • ko‘rgazmalar, ko‘riklar, namoyishlar va tanlovlar tashkil etish;

  • on-layn video anjumanlari, mavsumiy-davriy va maxsus ruknlar hamda mavzular bo‘yicha anjumanlarini tashkil etish;

  • xorijiy investorlarni axborot bilan ta’minlash, ularga istiqbolli loyihalar va investitsiya faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslari haqidagi ma’lumotlarni takdim qilish;

  • xorijiy investorlar va mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida uchrashuv va muzokaralarni tashkil etish va boshqalar.

Bugungi kunda respublikamiz hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan axborot-konsalting markazlarining asosiy qismi uchta katta yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatmoqda.3
Birinchi yo‘nalish. Turli ixtisoslikdagi fermer va dehqon xo‘jaliklari va boshqa tadbirkorlik sub’yektlariga agrotexnologik maslahatlar berish bilan shugullanayotgan markazlar. Jumladan, agro­nomiya va tuproq unumdorligi, o‘simliklarni himoya qilish, ilg‘or agrotexnologiyalar, naslchilik ishlari, irrigatsiya va melioratsiya bo‘yicha va boshqalar.
Ikkinchi yo‘nalish. Moliyaviy, biznes- reja tayyorlab berish, buxgalteriya va normativ huquqiy hujjatlarni tayyorlab berish hamda ular talabnomalari asosida xizmat ko‘rsatish va mahsulot topshirish shartnomalari bo‘yicha to‘lovlar va tushumlarni undirishga amaliy yordam ko‘rsatish yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan markazlar. Masalan, biznes- rejalar tayyorlab berish, bankdan kredit olish uchun hujjatlar tayyorlab berish, investitsiyalarni jalb qilish uchun texnik-iqtisodiy asosnoma tayyorlash, buxgalteriya xizmatlarini bajarish va boshqalar.
Uchinchi yo‘nalish. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini va boshqa iste’molchilarni turli xildagi agrotexnologik, iqtisodiy ma’lumotlar va axborotlar bilan ta’minlash xizmati ko‘rsatish yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan markazlar. Jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va moddiy-texnika resurslari narxlari, yangi texnika vositalari va ilg‘or texnologiya va biostimulyatorlar, shuningdek, ob-havo va iqlim to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar.
Bugungi kunda bunday tuzilmalar mamlakatimizning turli hudud, shahar va tumanlarida vazirlik, qo‘mita, xolding, korporatsiya, aksionerlik jamiyati, kengash, uyushma hamda turli nufuzli xalqaro tashkilotlar va muassasalar, ta’lim muassasalari va ilmiy-taqiqot institutlari qoshida, davlat byudjeti, hissadorlar ulushi, loyiha va grantlar asosida, shuningdek, xorijiy sarmoyadorlar moliyaviy ko‘magida davlat unitar korxonasi, xususiy korxona va mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilgan.
Dastlabki axborot-konsalting markazlari aksariyat hollarda axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatishga yo‘naltirilgan bo‘lib, keyinchalik bu sohani rivojlantirish va davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash tizimi va mexanizmlari shakllantirilib borilishi bilan xizmat ko‘rsatish yo‘nalishi va ko‘lami kengayib boradi.
XXI asr axborot asri hisoblanadi. AQSh, YEI mamlakatlari vaayniqsa, Yaponiya iqtisodiyoti qudratining ham siri ham aynan axborotlarbilan samarali ishlashdadir. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozoridagibugungi kundagi kuchli raqobat, bozorlarni egallash uchun borayotgan kuchli va ayovsiz kurash, har kuni yangilanib borayotgan fan-texnika yangiliklarinibilish, o‘rganish va ishlab chiqarishga joriy qilish busiz ham anchamuammolarni hal qilishiga to‘g‘ri keladigan qishloq xo‘jalik ishlabchiqarishi samaradorliligini ta’minlash uchun muhim bo‘lib bormoqda. Axborot xizmati – qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yangi texnika va texnologiya, fan yangiliklari, shuningdek, ichki va jahon bozoridagi o‘zgarish va yo‘nalishlar bilan ta’minlovchi xizmatlar bozoridir. Konsalting – qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilarini huquqiy manfaatlarini ta’minlaydigan yuridik va advokatlik xizmatlari bozori ob’yektidir. Ilmiy-tadqiqot xizmatlari bozori – fan-texnika yutuqlarini yaratish va ishlab chiqarishga qo‘llab eng samaralarini ommaviy ishlab chiqarishga joriy qilishga ko‘maklashadigan ilmiy tashkilotlar, davlat muassalari va shunga o‘xshash xizmatlar bozoridir.
Rivojlangan mamlakatlarda bu kabi xizmatlar mamlakat ichki xususiyatlaridan kelib chiqib tashkil qilinadi4. Masalan, Gollandiyada, bu kabi xizmatlarni oliy o‘quv yurtlarining tegishli ilmiy markazlari, kafedralari, maxsus davlat bilan hamkorlikdagi LEI ilmiy markazi (o‘zini -o‘zi mustaqil moliyalashtiradi) hamda ko‘pgina xususiy ilmiy firmalar tashkil qiladi. Ular xizmatlari qishloq xo‘jalik korxonalari, davlat, qishloq xo‘jalik vazirligi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan jamg‘armalar va tashkilotlar tomonidan sotib olinib agrar ishlab chiqarishga joriy qilinadi. Rossiyada bu xizmatlarni ilmiy muassasalar bilan bir qatorda davlat va xalqaro rivojlanish jamg‘armalari tomonidan moliyalashtiriladigan axborot-konsultativ xizmatlar (AKX) markazlari amalga oshiradi. AQShda esa bu xizmatlar davlat va yirik korporatsiyalar tomonidan moliyalashtiriladi, xizmatlarni ilmiy markazlar va agrosanoat vazirligi qoshidagi departamentga qarashli ilmiy markaz xodimlari amalga oshiradi.
O‘zbekistonda ham bu bozorni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Konsalting xizmatlarini axborot maslahat, soliq maslahati va auditorlik firmalari amalga oshirmoqda, ular faoliyati ham to‘la erkinlashib bozorga mos raqobatdagi xizmatni tashkil qila olgani yo‘q. Ilmiy-tadqiqot xizmatlarini, qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va xorijiy fondlar moliyalashtirayotgan ilmiy markazlar taklif qiluvchilar hisoblanmoqda. Ammo ular ishlarini ham to‘la bozor alablari asosida tashkil qilinmaganligi bu ishlarning samarali amalga oshmaganligiga va shu asosda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining past samaradorligiga sabab bo‘lmoqda.
Xizmatlar ko‘rsatish sohasini yanada jadal rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni chuqurlashtirish katta ahamiyatga ega ekanini alohida ta’qidlash joiz. Xususiy sektoriga qishloq joylarda ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlarinikengaytirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga ham alohida ahamiyat berish darkor. Bozor munosabatlarining chuqurlashib borishi va, tegishli tarzda, raqobat muhitining kuchayishi bilan ular zamonaviy ilmiy-texnik ishlanmalar va ilg‘or ishlab chiqarish tajribasi, hamda marketing, biznes- rejalashtirish, soliqqa tortish va boshqa sohalar to‘g‘risidagi axborot va maslahatlarni talab qila boshladilar. Keyinchalik, nisbatan so‘nggi bosqichlarda, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga nafaqat zarur bo‘lgan ilmiy, bozor va texnologik axborotni tezkor yetkazib beradigan, balki ularga innovatsiyaviy ishlanmalar va ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirishda yordam beradigan axborot-maslahat xizmatiga bo‘lgan ob’yektiv zarurat paydo bo‘lmoqda. Buning ob’yektiv sabablari quyidagilar:
- ekinlarning yuqori hosilli, tezpishar, kasallik va zararkunandalarga chidamli, bozor talablariga javob beruvchi hosildor ekin navlarini joylashtirish zarurati doimo mavjud;
- meva, sabzavot va poliz mahsulotlarining sifatli, jahon andozalariga javob beradigan, eksportbop qilib ishlab chiqarish borasida tizimli ishlar olib borish talab qilinmoqda;
- yangi intensiv bog‘lar va tokzorlar yaratilmoqda, sabzavot ekinlariva kartoshka yetishtirish hajmi ko‘paymoqda, yangi texnologiyalarga ehtiyoj sezilmoqda;
- respublika hududida yangidan paydo bo‘layotgan xavfli va zararli hashoratlarga qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqish dolzarblik kasb etmoqda;
- chorvachilik tarmog‘ining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini yaxshilash, zooveterinariya xizmati ko‘rsatish sifatini oshirish va assortimentini ko‘paytirish kerak bo‘lmoqda;
- qishloqqa kichik sanoatni olib kirish orqali meva, poliz va sabzavot mahsulotlarini quritish va qadoqlash texnologiyalaridan foydalanish vazifalari qo‘yilmoqda;
- mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlash qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirish, qishloq xo‘jaligida suvni tejash va agrotexnologik jarayonlarni takomillashtirish yo‘li bilan suv tanqisligini yumshatishning ahamiyati ortmoqda.
Bularning barchasi fermerdan chuqur bilimni va ilg‘or tajribani talab qiladi. Bu borada mutaxassisning maslahati zarur bo‘ladi. Shuning uchun ham axborot-maslahat xizmatini (AMX) tashkil etishga alohida ahamiyat qaratish lozim bo‘ladi.
Bugungi kunda respublikamiz agrar sohasida axborot- konsaltingini rivojlantirish kuyidagilarga shapoitva imkon yaratmoqda:

  • agrar soha tadbirkorlik sub’yektlari, fermer va dehqon xo‘jaliklariga fan-texnika yangiliklari, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish bo‘yicha ilg‘or tajriba va ilmiy-amaliy tavsiyalardan foydalanish va amaliyotga joriy etishga;

  • huquqiy, me’yoriy, iqtisodiy-moliyaviy, tashkiliy-agrotexnologik hujjatlar, standart va tartib-qoidalar borasidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ularni davriy va uzluksiz yangilab borish hamda ulardan agrar tadbirkorlik sub’yektlarining foydalanishiga imkon yaratishga;

  • agrar tadbirkorlik sub’yektlari va birinchi navbatda fermer xo‘jaliklariga sifatli, arzon va ishonchli resurslar manbaini izlab topishga va ulardan foydalanish(xarid qilish) tartib-qoida va yo‘llarini o‘zlashtirishga;

  • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga innovatsion loyihalar asosida ilg‘or g‘oya va agrotexnologiyalarni joriy etishga va infratuzilma xizmatlaridan foydalanish yo‘nalishlari, tartib va shartlarini bilishga;

  • xo‘jalik tarmoqlarini diversifikatsiyalash yo‘nalishlarini o‘rganish, innovatsion jozibadorligini oshirish va investitsiyalarni jalb etishni kengaytirishga;

  • zarur bo‘lgan paytlarda turli yo‘nalishdagi (huquq, iqtisod, moliya, menejment, marketing, eksport-import, standart va bojxona, agrotexnologiya, zoomuxandislik, veterinariya, tex­nika va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha) malakali mutaxassislar maslahatidan foydalanish imkoniyatlariga ega bo‘lishga;

  • agrar fanni moliyalashtirish - ilmiy-tadqiqot institutlari - kadrlar tayyorlash va malaka oshirish tizimi - yangiliklarni amaliyotga joriy etish kabi jarayonlarni yagona tizim asosida uchg‘unlashgan holda tashkil etishga va boshqalar.




Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish