Kichik ishlab chiqarish tarifi Kichik biznes o‘z faoliyatining turi, maqsadi va korxonani joylashgan joyiga ko‘ra rivojlanish darajasiga ko‘ra ko‘pqirrali hisoblanadi. Ishlab chiqarishni “kichik” sifatida ta’rif berish uchun bir qancha ishchilar, ma’lum miqdordagi pul mablag‘lari, kapital investitsiyasi, energiyadan foydalanishning maksimal quvvati yoki bularning boshqa kombinatsiyalari va boshqa omillar asosiy xususiyatlar sifatida qaralishi mumkin. “ILO” ta’riflaganidek “Bu har bir mamlakatning o‘ziga, ya’ni ishlab chiqarishning (mikro) kichik va o‘rta sinfiga ta’riflarini belgilaganligiga bog‘liq”. boshqaruv konsultantlari tomonidan ko‘plab bahs munozaralarda ushbu masala yuzasida quyidagicha fikrlar beriladi: kichik biznes ma’muriyat va amaliyot boshqaruvi korxonada muhim qarorlarni qabul qila oluvchi bir yoki ikki shaxslar qo‘lida bo‘ladi. Bu kabi amaliy ta’riflar kichik biznes ta’riflarini deyarli 85% ni tashkil etadi.
Konsultant kichik biznesni xususiyatlarini katta hajmga ega bo‘lgan ishlab chiqarish xususiyatlaridan farqlay olishi shart. Birinchidan, kichik biznes tashkil qilinayotgan paytida shaxsiy yoki oilaviy jamg‘armalari tomonidan dastlabki moliyalashtirish amalga oshiriladi. Oila yordami har ikkala moliyaviy va ma’naviy qo‘llab quvvatlashda ko‘pchilik korxonalarda muhim rol o‘ynaydi. Ikkinchidan, menejer deyarli butun ish joyi bilan yaqindan tanish bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi, va uchinchidan kichik ishlab chiqarish chegaralangan geografik hududda amalga oshiriladi. Ushbu xususiyatlar konsultatsiya jarayonlariga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Kichik tadbirkorlar o‘z ichiga maxsuslashtirilgan bozorlarda cheklangan talablarni to‘ldirish imkoniyati uchun qulay tendensiya va sharoit hamda talablarning o‘zgarishiga moslashuvchanlik qobiliyati kabi afzallik tomonlariga egadir. Boshqaruv tilida aytganda kichik biznesda narx, mahsulot va yetkazib berish bilan bog‘liq faoliyatni umumiy qamrab oladi. Ishlab chiqarishning egasi bo‘lgan menejer oylikka ishlovchi menejerlar yuqori darajada ruhlantiradi, chunki qattiq va ko‘p ishlashadi hamda shu bilan birga o‘zini namuna sifatida ko‘rsatib ishchilarni yanada ruhlantiradi.
Oddiy tashkiliy tuzilma biznesning har ikkala tomoni ichki va tashqarisida aloqa kanallarini birlashtirgan va yunaltirgan tuzilmadir. Firmaning kichikligi katta firma ishchilariga nisbatan o‘z ishchilarini qobiliyatlarini tezroq aniqlash va rivojlantirishga yordam beradi.
Shunindek, Kichik ishlab chiqarish firmalari katta firmalarning xohish irodasiga qaramasdan yangi bozorlarda tajribalar o‘tkazishi yoki bevosita bozorga o‘z xizmati va mahsulotlari bilan kirishi mumkin. Kichik korxonalar bozorning o‘zgarishlariga tez moslasha oladi va bozorda erkin harakatlanuvchi xaridorning e’tiborida bo‘la oladi.