Konsultantlar xizmatidan foydalanishni xohlamaslik Juda ko‘pchilik kichik korxonalar quyidagi sabablarga ko‘ra tashqi konsultantlardan foydalanishni istashmaydilar:40
Kichik korxonalar tashqi konsultant xizmatini qoplashga faqatgina katta korxonalar qurbi yetadi degan fikrda bo‘lishadi;
Juda ko‘p hollarda konsultantlar biznesda ayni yordam lozim bo‘lgan nuqtasida keraklicha tajriba mavjud bo‘lmaydi;
Menejerlar o‘z faoliyatiga oid tegishli ma’lumotlar bilan tashqi konsultantlarni ta’minlashni xoxlashmaydi;
Tashqi konsultantni aniqlash qiyin kechadi, sababi ko‘pchilik menejerlar avvalgi konsultantlar bilan aloqalari uzilgan bo‘ladi;
Rivojlanayotgan davlatlarda ayol tadbirkorlar o‘z faoliyatiga oid muammo va boshqa jihatlarini o‘z jinsidagi konsultantlar bilan to‘laroq, ochiqroq va mukammal tarzda muhokama qila oladilar, bu esa ayol konsultantlarni yetishmovchiligiga olib keladi;
Tashqi konsultantni jalb qilinishi menejerni bilim va malakasini yetarli emasligi bilan kamsitish deb hisoblaydi
Bu kabi qo‘rquv va shubhalarni tushunmaslikdan qutulish uchun kichik korxonalar menejerlari o‘z tashvishlari va xavotirlari haqida bemalol eshitadigan hamda yordam bera oladigan odamga ehtiyoj sezadilar. Jon Harvey o‘z tajribalarini quyidagicha namoyon etgan:
“Men bir narsani umuman tushuna olmayman. Qanday qilib bitta shaxs korxonani boshqarishi mumkin. Albatta har bir biznesmen o‘zining xaridorlari, ta’minotchilari, bank menejerlari va boshqalar bilan aloqalariga egadir. Shuningdek raqobatchilari haqida ham fikrlari va ma’lumotlariga egadir. Ammo juda ko‘pchilik korxona egalari o‘z fikrlarini erkin ayta oladigan, o‘z biznesi imkoniyatlari va xavf xatarlari haqida ochiq gaplasha oladigan ishonchli kishisi yoki do‘sti bo‘lmaydi. Ko‘p hollarda o‘zingizni ulkan tashqi kuchlar oldida yolg‘iz va zaif his qilganingizda boshqa yaqin kishi bilan u haqda fikrlashish sizga o‘zingizga bo‘lgan ishonchni va biznesni qo‘llab quvvatllashga bo‘lgan his tuyg‘uni oshirib yuboradi.” Menejerlarning noto‘g‘ri tushunchalarini yuqotish uchun konsultantlar o‘z xizmatlarini qiymatini ifodolovchi, agar mumkin bo‘lsa boshqa kichik korxonalarning ushbu xizmatdan foydalanganligi haqidagi ma’lumotlar va axborotlarni taqdim etishlari lozim bo‘ladi. O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, konsultantlar xizmatidan foydalangan juda ko‘p kichik korxonalar egalari quyidagi yutuqlarni qo‘lga kiritishgan:
• Professional tarzdagi mustaqil qarash;
• Butun korxona bo‘yicha tekshiruv va ekspert xulosasi;
• Marketing va bozor rivojlanishida so‘nggi jihatlar;
• Korxonani o‘stirish uchun yangi g‘oyalar;
• Menejer va xodimlar jamoasi bilan seminar treninglar;
Strategik yondashuv rivojlanishiga yordam.