Kichik korxonalarning maxsus muammolari Kichik korxonalarning muammolari ikki turga bo‘linishi mumkin:
Umumiy
Maxsus
Umumiy tusdagi muammolar o‘z ichigaquyidagilarni oladi:
Biznesning qonuniy jihatlarini;
Kredit va xom ashyo masalasi;
Bozorga kirish;
Texnik va boshqaruv yordamining yetarli darajada emasligi;
Yangi biznes imkoniyatlarini aniqlash va o‘stirishda zaifligi.
Boshqaruv konsultantlari korxonaning muammolari haqida yakka tadbirkor darajasida xabardor bo‘lib turishlari lozim. Quyidagi ro‘yxatda duch kelinishi mumkin bo‘lgan muammolar qatori aks ettirilgan:
• Katta korxonalar menejment mutaxassislar jamoasini yaxshi ta’minlay olishadi, kichik korxonalar esa o‘zlarining imkon doirasi va cheklovlari doirasida ma’muriy hamda amaliy muammolari bilan shug‘ullanishda cheklangan;
• Operatsion xarajatlarni kamaytirish uchun
• Ba’zi kichik korxonalar minimum tarzda ish haqini berishadi, qo‘shimcha bonuslari kam bo‘ladi shunigdek ish faoliyati xavfsizligi va rag‘batlantirish imkoniyatlari juda past darajada bo‘ladi shu sababdan kichik korxonalarda yuqori darajadagi mutaxassislarni yollash bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelishadi;
• Professional investorlar kichik korxonalarga kamdan kam jalb qilinadi(Garchi “biznes farishtalari” kichik korxonalar uchun moliyaviy hamkorlikning asosiy manbasi sifatida qaralsada) va shunindek menejerlar dastlabki kapitalni oshirish borasida o‘z salohiyatlari doirasida qat’iy chegaralangan. Bu muammolar asosan korxona o‘sish davrida yoki operatsion muammolarni hal qilish davrida shuningdek menejerlar tomonidan qo‘shimcha moliyaviy resurslarni oshirmoqchi bo‘lishganda yuzaga kelishi mumkin.
Qarz olish darajasini pastligi va cheklangan resurslar muammosi tufayli kichik korxonalar iqtisodiy pasayish va resessiya davrlariga nisbatan zaif bo‘lib hisoblanadi;
Kuchli o‘zgarish va moslashish qobiliyati kichik korxonalarning tabiiy kuchli tomoni sifatida qaralsa ham, favqulodda sodir bo‘lgan kuchli o‘zgarishlarga nisbatan o‘z ta’sirini yuqotishi mumkin. Bu vaqtda menejer biznesning kelajagi haqida qayg‘urgan holda doimiy operatsional muammolar bilan band bo‘ladi.
Mablag‘larning yetishmasligi korxonada inson resurslaridan yuqori darajada foydalanish uchun xodimlar malakasini oshirish va rivojlantirish uchunseminar treninglar o‘tkazish imkoniyatlariga yul bermaydi;
O‘z faoliyatida iqtisodiy samardorlikka erishish maqsadi yulida yuksak marketing tizimini jalb qiluvchi va o‘zining shaxsiy izlanish hamda rivojlantirish tadqiqotlarini tashkil qila oladigan katta korxonalarning qo‘llagan demping siyosati tufayli kichik korxonala mahsulot realizatsiyasidan qiynalishadi bu esa o‘z o‘rnida kichik korxona o‘zining yuqori darajadagi ishlab chiqarish salohiyatiga chiqa olmaydi.
Kichik korxonalar odatda bir yoki bir necha xizmat turlari bilan chegaralanadi, natijada esa muammo yuzaga kelgan vaqtda esa ular o‘z faoliyatlarini katta korxonalar kabi diversifikatsiya qilishga qodir bo‘la olmaydilar;
Ko‘p hollarda menejerlar hukumat tomonidan chiqarilgan tartibga solishlar, harakatlarni tushunishga va ularga e’tiroz bildirish imkoniyatiga qodir bo‘lmaydilar.
Kichik korxonalar o‘z muammolarini hal qilishda cheklangan resurs manbalari doirasida qat’iy struktura shakllantirishgan. Hattoki eng kichik darajadagi muammo ham korxona faoliyati uchun yetarlicha tashvish tug‘dirib xavfli bo‘lishi mumkin. Bir davlatda turli darajadagi muammolar tufayli o‘zining birinchi ikki yilida o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan korxonalar 50 foizdan oshib ketgani buning isbotidir.