80
birgalikda rivojlanadi. Oldingi geologik abiotik davrda hosil bo‘lgan
yotqiziqlarda,
tuproqlar bo‘lmagan va faqat tog‘ jinslarining nurash qobiqlari ishtirok etgan, xolos.
Shuning uchun tuproq va yer yemirilish qobig‘ining hosil bo‘lish jarayoni alohida
o‘rinni egallaydi. Birinchi jarayonda faqat tog‘ jinslari yemirilib, minerallar
o‘zgaradi, maydalanadi, gravitatsion oqimlar bilan yo‘nalib yerning relefi bo‘yicha
o‘lchamlariga qarab yig‘malar va to‘plamalar hosil qiladi. Tuproq esa biokos tizim
mahsuloti bo‘lib, gumusli genetik qatlamlardan iborat ma’lum morfologik to’zilishga
ega bo‘lgan unumdorligi bilan ajralib turadigan tabiiy tarixiy tanadir. Tog‘ jinslari va
ularning nurashidan hosil bo‘lgan yotqiziqlar, cho‘kindilar,
yemirilgan jinslarning
barchasi geologik jarayon hisoblanib, yer yo’zasida elyuviy, o‘tuvchi (tranzit) yoki
akkumulyativ yer qobig‘ini hosil qiladi va ular ona jinslar deb yuritiladi. Tog‘
jinslarining yemirilishidan tamomila boshqacha: g‘ovakligi, yumshoqligi, qatlamligi,
havo va suv o‘tkazuvchanligi, birlamchi, ikkilamchi va kolloid minerallarning
mavjudligi, biofil elementlarning to‘planishi bilan farq qiladi. Tuproqqa xos
xususiyatlar va tarkib mujassamlanadi. Hosil bo‘lgan yotqiziqlar ustida dastlab
primitiv tuproqlar hosil bo‘la boshlaydi. Yuqorida keltirilgan 6 xil omil ta’sirida
tuproqning yetuk profili va genetik qatlamlari hosil bo‘ladi. Tuproqning
rivojlanishi,
ya’ni evolyusiya davri boshlanadi. Natijada shakllangan profil va to‘liq qatlamlar
hosil bo‘ladi yoki teskari jarayon eroziya yoki sho‘rlanish avj olishi mumkin.
Masalan, botqoq tuproqlar qurib o‘tloqi-botqoq, o‘tloqi, sho‘rxoklar
yoki sahro
tuproqlariga aylanishi mumkin. Tuproq hosil bo‘lish jarayoni relefga, geokimyoviy
jarayonlarga bog‘liq. Ularga adirlar, daryo pillapoyalari (terrasa), konus-vinoslar
(keltirilma) misol bo‘ladi. Shuning uchun tekislik va vodiylarda tuproq hosil
bo‘lishida suv-akkumulyativ,
gidromorf, poligidromorf jarayonlar ishtiroki bunga
misol bo‘ladi.
Tuproq hosil bo‘lish jarayoni asosan moddalar yig‘ilishi (akkumulyatsiyasi) va
moddalarning olib chiqib ketilishi nisbatidan iborat. Tuproq paydo bo‘lishi
jarayonida moddalar akkumulyatsiyasida uglerod yig‘ilishi (fotosintez-biomassaning
yig‘ilishi-parsalanish-gumifikatsiya), azot (azotfiksatsiya-organizmlar tomonidan
foydalanishi-biomassaning
parchalanishi-nitrifikatsiya-ammonifikatsiya)
suvda
eriydigan to’zlar, gips, ohak, temir va kremniy birikmalarning to‘planishi misol
bo‘lishi mumkin.
Tuproq paydo bo‘lishida nisbiy birikmalar to‘planishida ona jins tarkibidan
ishqor va ishqoriy yer elementlarining yuvilib olib chiqib ketilishi natijasida
alyuminiy yoki kremniy oksidlarining to‘planishiga olib keladi.
Tuproq hosil bo‘lish jarayonlari va omillarini o‘rganish natijasida tuproq
qoplamining mintaqaviy xususiyatga ega ekanligi va ularning yer yo’zasida ma’lum
bir qonuniyat bilan joylashish tartibini keltirib chiqaradi. Tuproq hosil bo‘lishida
81
omillarning ta’siri konsepsiyasi yaratilishi asosida V.V.Dokuchayev tomonidan
tuproq qoplamining mintaqaviy hudud bo‘yicha ma’lum tip shaklida o’zviy
bog‘liqligi “Tabiatning mintaqaviyligi ta’limoti” degan asarida tavsif etiladi.
V.V.Dokuchayev tomonidan 5 ta mintaqaviy katta hududlar ajratildi: 1) boreal
(arktika), 2) o‘rmon, 3) qora tuproq cho‘llari, 4) areal va 5) lateral tuproqlarga
guruhlandi. Bundan tashqari tog‘liklar, allyuvial, toshli o‘rmon kengliklari ko‘rsatib
o‘tildi.
Tuproq hosil bo‘lish jarayonida V.V.Dokuchayev iqlimni asosiy omil sifatida
ajratib, har bir mintaqaviy kenglikda zonal yoki normal tuproq tiplarining joylashish
tartibini qayd etdi.
Keyingi paytlarda qit’alar tuproqlari o‘rganilib, ularda mintaqalar nafaqat
bioiqlim sharoiti, geologik to’zilishi, orografiyasi,
tektonikasi, okean yoki dengiz
havzalaridan o’zoq yaqinligi ham e’tiborga olindi.
V.V.Dokuchayev shogirdlari tomonidan sobiq ittifoq hududlarida gorizontal va
vertikal kengliklar bo‘yicha mintaqalar ajratildi, ya’ni arktika, tundra, breal,
subboreal, yarim sahro, subtropik hududlar.
Tuproqshunoslik fanining asoschisi V.V.Dokuchayev Kavkaz mintaqasi
bo‘yicha ham tekichlikdagi yerlarga o‘xshash tuproq tiplarining joylashishi va
tarqalish qonuniyatlarini aniqladi. K.D.Glinka (1910), S.S.Neustruev (1930),
S.A.Zaxarovlar Kavkaz va O‘rta Osiyo tog‘larining tabiiy sharoitlarini o‘rganib,
tuproq qoplamining vertikal mintaqalar bo‘yicha joylashish tartibi haqida ta’limotga
asos qo‘ydilar. Bu sohada ilmiy tadqiqot ishlari Y.A.Liverovskiy, N.N.Rozov,
V.M.Fridland, M.A.Glazovskayalar tomonidan davom ettirildi.
2. Tuproq hosil bo‘lishi deganda - tog‘ jinslarini (magmatik, metamorfik,
cho‘kindi) mexanik, fizik, kimyoviy va biologik jarayonlar ta’sirida yemirilib, iqlim,
suv va gravitatsion kuchlar ta’sirida elyuviy, delyuviy, prolyuviy,
allyuviy va eol
yotqiziqlar ustida tabiiy sharoitda tuproq paydo bo‘lishi hamda inson faoliyati
ta’sirida uning tadrijiy rivojlanishi va evolyutsiyasini tushunamiz.
Tuproqqa ochiq holatda o‘zi shakllanib, o‘zi rivojlanuvchi murakkab dinamik tizim
deb qarash mumkin.
L.I.Pirasolov genetik tuproqshunoslik doirasida tuproqni o‘rganish haqidagi mashxur
tasavvurini rivojlantirib, asosiy nazariy yondashuvlarni quyidagicha taqdim etadi.
1. Substantiv yonshashuv – obyektning moddiy tarkibi va to’zilmasini
o‘rganish. Asosiy savol: Obyekt nimadan tarkib topgan va uni tashkil qilgan
bo‘shliqda qanday joylashgan?
2. Funksianal yondashuv – obyektning funksiyalashuvini o‘rganish. Asosiy
savol: obyektning ichida, obyektlararo va uni o‘rab turgan muxit o‘rtasida modda va
quvvat-informatsiya almashinuvi qanday kechadi?
82
3. Evolyutsion genetik yondashuv – obyekt genezisi, tarixini o‘rganish. Asosiy
savol: obyektni qanday jarayon va mexanizimlar qanday ketma-ketlikda
shakllantirgan?
4. Ekologik yondashuv – obyektning shakllanish sabab va sharoitlari. Asosiy
savol: obyekt qanday sharoitda paydo bo‘lgan va qanday sharoitda yashayapti, ko‘p
o‘lchamli bo‘shliqda ekologik holati qanday?
Tuproq paydo bo‘lishi, rivojlanishi, evolyutsiyasi, sistematikasi va tasnifi
majmualarini o‘z ichiga oladigan fan – genetik tuproqshunoslik hisoblanadi. Tuproq
genezisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosan V.V.Dokuchayev nomi bilan bog‘liq.
Chunki u tuproq hosil bo‘lish jarayonini iqlim, relyef, ona jins, o‘simlik va
hayvonot dunyosi hamda vaqt ta’siri natijasida amalga oshishini Rossiyaning qora
va podzol tupoqlari misolida ko‘rsatib berdi. Tuproq paydo bo‘lishi
Do'stlaringiz bilan baham: