85
Tog‘ jinsi
. Litosferaning ma’lum qismida kо‘p joyni egallagan bir yoki bir
nechta mineral tо‘plamidan (agregatidan) iborat tabiiy jismlarga
tog‘ jinsi
deyiladi.
Masalan: granit, siyenit, marmar, qum va shag‘al tog‘ jinslaridir.
Barcha tog‘ jinslari uch gruppaga, ya’ni
magmatik
(otqindi),
chо‘kindi
va
metamorfik
tog‘ jinslariga bо‘linadi. Litosferaning kо‘p
qismi magmatik va
metaforfik tog‘ jinslaridan tashkil topgan bо‘lib, faqat yupqa yo’za qatlami chо‘kindi
tog‘ jinslari bilan qoplangan. Quruqlikning yo’za qatlamida (asosan tekisliklarda)
chо‘kindi tog‘ jinslari 75 foizni, magmatik va metaforfik tog‘ jinslari esa 25 foizni
tashkil etadi. Magmatik (otqindi) tog‘ jinslari yer qobig‘ining ichki qismidagi yuqori
darajali temperatura sharoitida erigan magma (silikatli massa) ning sovib qotishi
natijasida paydo bо‘lgan intro’ziv (yoki ichki chuqurlik) jinslar (granit, diorit, siyenit
kabi tо‘la kristallangan tog‘ jinslari), effo’ziv - otilib chiqqan,
oddiy temperaturada
tez sovigan jinslar obsidian, (vulqon oynasi), bazalt singari jinslardir. Magmatik tog‘
jinslari litosferani tashkil etadiganjinslar umumiy massasining 95 foizini tashkil etadi.
CHо‘kindi tog‘ jinslari nurash tufayli sodir bо‘lgan zarra va zarrachalarning suv
va shamol ta’sirida yer yo’zasining quruqlik qismida hamda dengiz, kо‘llar,
daryolarda tо‘planishidan, о‘simlik va hayvonot olamining qoldiqlaridan hosil
bо‘ladi. CHо‘kindi tog‘ jinslarining kо‘p qismi о‘zining kovakli, g‘ovakli va qatlamli
bо‘lishi singari xususiyatlari bilan boshqa xildagi tog‘ jinslaridan farq qiladi. Vujudga
kelishi jihatidan chо‘kindi tog‘ jinslari uch sinfga, ya’ni
mexanikaviy, kimyoviy
va
organik
sinf (chо‘kindi)ga bо‘linadi. Mexanikaviy chо‘kindi tog‘ jinslar magmatik
yoki metamorfik tog‘ jinslari nurashi natijasida paydo bо‘lgan har xil katta-kichik
zarra va parchalar yig‘indisidan iborat. Bu chо‘kindi jinslar zarralarining katta-
kichikligiga kо‘ra: loyqali, tо‘zonli, qumli, va yirik zarrali gruppalarga bо‘linadi.
Kimyoviy chо‘kindi tog‘ jinslari kontinental
iqlimli zonaga xos sharoitda,
shuningdek kо‘l va dengiz suvida erigan turli tarkibdagi birikmalarning oksid yoki
to’z holida chо‘kishi natijasida paydo bо‘ladi. Kimyoviy chо‘kindilar tarkibiga kо‘ra
kremniyli, karbonatli, temirli va to’zli gruppalarga bо‘linadi.
Amorf holdagi kremnezemdan iborat bо‘lgan kremniyli tuf (g‘ovak va zich
qovushmali tog‘ jinsi bо‘lib, qurilish materiali sifatida ishlatiladi) va kremnezem
bilan loyqa aralashmasidan iborat bо‘lgan opoka, ohakli tuflarning hamma turlari va
temirli tuflar hamda kо‘l va botqoqliklar tagida tо‘plangan marganets, temir oksidlari
kimyoviy chо‘kindilar hisoblanadi.
Tabiatda to’z holidagi kimyoviy chо‘kindilardan galit (NaCl), silvin (KCl), gips
(CaSO
4
·2N
2
O) va karnalit (MgCl
2
KCl 6N
2
O) to’zlar kо‘proq tarqalgan.
Organik chо‘kindi tog‘ jinslari yoki biolitlar о‘simlik
va hayvonot olamining
qoldiqlaridan paydo bо‘lib, ulardan oxaktosh (SaSO
3
) va dolomit (SaSO
3
, MgSO
3
)
tabiatda juda kо‘p tarqalgandir. Suv о‘tlari qoldig‘idan paydo bо‘lgan trepel va
86
diatomit singari organik chо‘kindilar ohaktoshlarga nisbatan ancha kamroq uchraydi.
Kimyoviy va organik tog‘ jinslaridan tuproq ona jinsi paydo bо‘lishida karbonatli
(ohaktosh, dolomitli) jinslar katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: