Agrokimyo va tuproqshunoslik


 Tuproqning singdirish (yutilish) qobiliyatini



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

3. Tuproqning singdirish (yutilish) qobiliyatini
1.Tuproq kolloidlari
. Tuproq murakkab polidispers tizim bo‘lib, uning 
tarkibidagi mineral va organik zarrachalar turli o‘lchamda va shaklda bo‘ladi, ya’ni sm, 
mm va mk kattalikda. Tuproq zarrachasi qanchalik mayda bo‘lsa, uning ichki 
yo’zasining sathi va energiyasi oshib boradi. Masalan, kolloid tizimlar o‘lchami 0,30-
0,25-0,1 mk bo‘lsa, 1 gramm miqdordagi moddaning ichki yo’zasining sathi 1000-3000 
m
2
ga teng keladi. Suyultirilgan holatda kolloidlar ancha turg‘un bo‘lib, dag‘al 
g‘ovaklardan singib o‘tadi, ammo o‘simlik membranalaridan o‘ta olmaydi. Kolloid 
zarrachalar energiyasi juda yuqori bo‘lib, tuproqda uning ta’siri yutish, koagulyatsiya, 
peptizatsiya, bo‘kish va suyuq moddalar qovushqoqligida nomoyon bo‘ladi. Kolloid 
zarrachalar tuproqda 30-40 % dan oshmaydi, ammo uning suv va oziqa rejimi, 
unumdorlik ko‘rsatkichlari kolloidlar miqdori va tabiati bilan bog‘liqdir. Kolloidlar 
tuproq donadorligi, berch va qovushqoq qatlamlar hamda g‘ovak va yoriqlarda yupqa 
pardalar, oqmalar shaklida hosil bo‘lishida faol ishtiroq etadilar. Kolloidlarni tuproq 
hosil bo‘lishi va unumdorlikka ta’siri akademik K.K.Gedroys va uning o‘quvchilari 
I.N.Antipov-Karatayev, A.F.Tyulin, YE.YE Gapon tomonidan har taraflama o‘rganildi. 
Tuproq kolloidlarining tabiati va hususiyatlarini aniqlashda Shvetsariya, Shvetsiya va 
Amerika tuproqshunoslari G.Vigner, S.Mattson, F.Kelli samarali ishlarni bajardilar. 
Tuproq kolloidlarning tarkibi va hosil bo‘lishi
. Tuproq tarkibidagi 
kolloidlarning kelib chiqishi va tarkibi jihatidan mineral, organo-mineral, organik 
turlariga kiradi. Organik tabiatli kolloidlarga o‘simlikning to‘qimalari ham kiritilgan. 


133 
Tuproq tabiatidagi mineral kolloidlar asosan birlamchi va ikkilamchi minerallarning 
yemirilishidan hosil bo‘ladi. Ammo magmatik tog‘ jinslari yemirilishidan hosil bo‘lgan 
zarrachalar tabiatida kolloidlar juda kam miqdorni tashkil qiladi. Faqatgina kvars 
minerali tog‘ jinslari yemirilib mayda dispers zarrachalar hosil bo‘lishida ko‘plab 
kolloidlar holatida bo‘lishi mumkin. Mineral kolloidlar tarkibida smektit, beydellit, 
vermikulit, illit, kaolinit, temir, alyuminiy, kremniyning amorf holatidagi gidrooksidlarni 
tashkil qiladi. Amerika Qo‘shma shtatlari qo‘ng‘ir tuproqlarning 2-02 mk kolloidlar 
tarkibida kvars, illit, kaolinit 0,2-0,08 mk esa asosan illit va kaolinit bo‘lib, kvars 
miqdori juda kamayib ketadi (Penington, Djekson, Dyushofur, 1965). Mineral holatdagi 
kolloidlar tuproq tarkibida birlamchi minerallarning nurashi, maydalanishi, yangi 
moddalar hosil bo‘lishidan hamda eritgan birikmalarning polimerizatsiyasi va 
kondensatsiyasidan paydo bo‘ladi. 
Organik va mineral kolloidlar tuproqda erigan organik va mineral moddalarning 
o‘zaro munosabati polimerizatsiyasi va eritmadan cho‘kmaga tushishi jarayonida hosil 
bo‘ladi. Organik kolloidlar gumus va uning birikmalaridan hamda o‘simlik 
xujayralarining po‘stlog‘i, mayda ildizlarining uchlari, zamburug‘, bakteriya to‘qimalari, 
fermentlarning makromolekulalari tashkil qiladi. 
Tuproqdagi dispers moddalar toifalari asosan yirik dispersli suspenziyalar - 
gidrozollar
va 
gidrogellardan
iborat bo‘ladi. 

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish