130
bundan ham ko‘p bo‘ladi. Uglerod muhim biogen element bo‘lib, yerdagi hayotning
asosini tashkil etadi. O‘simlik quruq, qismining 45 % ini uglerod tashkil etib,
atmosfera va tuproq havosidan, barglar va ildiz orqali SO2 sifatida olib uglevodlar,
uglevodorodlar, organik kislotalar (yog‘lar, efirlar, spirtlar), aminokislotalar, gumus
kislotalar tarkibida ishtirok etadi. Tuproq tarkibida gumusning kamayib ketishi bilan
uglerod ham ozayib ketadi. Shuning uchun tuproq tarkibida uglerodni кўпайтириш
учун ерга органик ўғитлар солиш ва алмашлаб экишни жорий этиш лозимдир.
Azot
.
Tuproq tarkibida azot gumusda, ammoniyli – (NH
4
+
) va nitrat (NO
3
-
)
tuzlarida, oksidlardagi organik azot va ularning parchalanishidagi mahsulotlarida
aminokislotalar, pentidlar, amidlar va aminlar holida bo‘ladi. Tuproqdagi azotning
asosiy qismi organik moddalar tarkibida saqlanishida, uning miqdori gumus (gumus)
zahirasi bilan bog‘liqdir. Tuproqda azot gumusning 1/40 va 1/20 qismini tashkil
qiladi. Azot atmosferadan mikroorganizmlar yorda-mida tuproqda to‘planishi
mumkin. Azot tuproqda 0,1-0,4 % gacha miqdorda bo‘ladi. O‘simlik talabiga binoan
tuproqqa ma’lum darajada mineral o‘g‘it solinadi. Masalan, bir gektar yerdan 30 s/ga
g‘o‘za hosilini olish uchun 250-300 kg/ga azot o‘g‘itlar tuproqqa solish tavsiya
etiladi. Azot o‘simliklar rivojlanishida oqsil, xlorofil, nuklein va fosfotidlar organik
moddalar tarkibiga kiradi. Ammoniy va nitrat ionlari
sifatida tuproq eritmasidan
o‘simlik ildizlari orqali sintez qilinadi.
Fosfor
. Tuproqda fosfor juda kam bo‘lib, R2O5 yalpi miqdori 0,1-0,2 % dan
oshmaydi. O‘simlik tarkibida fosfor 1 % dan oshmaydi. Tuproqda fosfor organik va
mineral holatda bo‘ladi. Organik fosfor fitin, nuklein kislotasi, nukleproteidlar,
fosfatidlar va fosfatlar shaklida bo‘ladi. Gumus tarkibida organik fosfor barcha
tuproq fosforining 14-44 % ni tashkil etadi.
Mineral fosfor ortofosfat kislotasining Ca, Mg, Fe va Al tuzlaridan iborat.
Tuproqdagi
mineral fosfor apatit, fosforit, vivianit minerallari tarkibiga kiradi. Yer
po‘stlog‘i tarkibida fosfor magmatik tog‘ jinsi apatitda saqlangan bo‘ladi. Fosfor
muhim biologik element sifatida protoplazma, fermentlar va vitaminlar tarkibiga
kiradi. O‘simlik tomonidan tuproqdan fosforning singdirilishi muhit (рН) bilan
bog‘liq. Tuproq eritmasida erish darajasiga muvofiq
fosfatlar gidrooksil apatit
(Са
10
(ОН)
2
(РО
4
)
6
eng barqaror va kam eriydigan shakli hisoblanadi. So‘ngra erish
darajasiga ko‘ra uch kalsiyli fosfat (Са
4
(РО
4
)
2
, ortokalsiy fosfaт (Са
8
Н
2
(РО
4
)
6
·5
Н
2
О), monetit (СаНРО
4
), brushit (СаНРО
4
·5 Н
2
О) turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: