Agrokimyo va tuproqshunoslik


Tuproq kolloidlarining xususiyatlari



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

Tuproq kolloidlarining xususiyatlari
. Tuproq kolloidlarining o‘ziga xos 
xususiyatlari bo‘lib, ular tuproq kesmasi va genetik qatlamlarga o‘tib, ularning suv-fizik 
xossalarini belgilab beradi. Ularning xususiyatlari asosan ichki yo’zasining sathi, manfiy 
zaryadligi, gaz molekulalari va ionlarining adsorbsiya qilinishi, namlikka qarab bo‘kishi 
yoki siqilishi, o‘zgaruvchan dispersligi, qaytar va qaytmas quyqalar, peptizatsiya va 
koagulyatsiya jarayonlarida namoyon bo‘ladi. Tuproqda kolloidlar 5-10 %, 15-25 %, 40-
60 % ba’zi bir yerlarda 90 % uchraydi. Tuproq muhiti, namlik sharoitiga qarab kolloidlar 
suyuq yoki qattiq fazalar tarkibida uchraydi. 
Tuproq kolloidlari zarrachalarining elektr zaryadi
. Tuproq kolloidlari manfiy 
zaryadli bo‘lib, ularni suvda erimaydigan yuqori valentlik to’zlar anioniga o‘xshatish 
mumkin. Bu toifadagi kolloidlar, ya’ni atsidoidlar kislotali xarakterda bo‘lib, ular gumus 
moddalari, ikkilamchi minerallar silikat va alyumosilikatlardan iboratdir. Tuproq 
eritmalari va suv vodorod ionlarining tabiatiga binoan kuchsiz kislotali, neytral yoki 
ishqoriylik muhitga ega. Shuning uchun ular vodorod ionini ajratib yuborishi natijasida u 
manfiy zaryadli tuproq kolloidlarini bog‘lab ushlab turadi. Tuproq gumusining 
kolloidlari manfiy zaryadligi COOH, OH, NH
2
kabi funksional guruhdagi birikmalarga 
bog‘liq bo‘lib, ular o‘z tarkibidagi vodorodni berib boshqa katonlarni sorbsiya qiladi. 
Tuproq kolloidlari tarkibidagi minerallar panjarasidan burchaklar, qirralaridagi Si, 
Al, Mg ionlari ochilib valentligi bo‘shab qoladi. Natijada kolloid zarrachalari ichida bu 
bo‘sh valentlikni bog‘lab turadigan manfiy zaryadli qatlam bo‘ladi. Natijada kolloid 
zarrachasi manfiy zaryadga ega bo‘lib, kationlarni almashtirish va yutish qobiliyati 
vujudga keladi. Silikatli va alyumosilikatlarni tashkil qiladigan kremniy kislorodli 
tetraedr kolloid yo’zasida ochilib polidispers zarrachalarini hosil qiladi. Bo‘shalgan 
zaryadni hosil bo‘lishi ON tarkibidagi vodorodning ionlashish xususiyati bilan 
bog‘liqdir, ya’ni: 
SiOH + H
2
O → SiO
-
+ H
3
O
+
Bu toifadagi zaryadlar ikki qavatli kaolinit va nakrit hamda uch qavatli 
montmorilonit (smektit) minerallari uchun xos hususiyatdir. Uch qavatli minerallarda 


135 
manfiy zaryadli koloidlar katonlarning izomorf joylashishi bilan bog‘liqdir. Masalan, 
mineral panjarasidagi kremniy atomini (Si
4+
), alyuminiy (Al
3+
) yoki unga teng o‘lchamli, 
ammo kam zaryadli atomlar bilan o‘rin almashinishi natijasida oshiqcha valentlik 
vujudga keladi. Agar mazkur izomorf almashinish ichki qavatlarda ro‘y bersa, kationlar 
yutilmasdan balki illit mineralidagidek kaliyning almashinmaydigan holati hosil bo‘ladi. 
Montmorilonit turidagi minerallarda zaryadlar yo’za va ichki qismi hamda harakatchan 
panjaraning ichidagi yo’zasida hosil bo‘ladi.
Shuning uchun, uch qavatli minerallarning ikki qavatiga nisbatan yutish qobiliyati 
yuqori bo‘ladi. Tuproqdagi kremniy gidrooksidlari, gumus va alyuminiy birikmalari 
yuqori dispers hisoblanadi. Tuproq zarrachalari yo’zasida doimo manfiy zaryadli gumus 
kislotasining karboksil guruhlari va kremniy kislotasining anionlari uchraydi. 

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish