Agrokimyo va tuproqshunoslik


Talabaning bilimini sinash uchun savollar



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

Talabaning bilimini sinash uchun savollar 
1.Gipergenez nima? 
2.Asosiy nurash omillarining mohiyatini ko‘rsatib bering. 
3.Kimyoviy nurashda yetakchi muhitlar nimalardan iborat? 
4.Vodorod dissotsiatsiyasi nima? 
5.Kimyoviy nurash jarayonlarida qanday turlar ajratiladi? 
6.Gidroliz bilan gidratatsiya orasida kanday farq bor? 
7.Ion almashuv jarayoni qanday kechadi? 
8.Oksidlanish jarayonini tushuntirib bering. 
9.Silikatlarning o‘zgarishidagi ketma-ketlikni ko‘rsatib bering. 
10.Karbonatlarning erishi nimaga bog‘liq? 
11.Nurash jarayonida minerallarning beqarorligi nima bilan bog‘liq? 
12.Birlamchi jinslar tarkibi va nurash mahsulotlari orasida qanday bog‘liqlik bor? 
13.Biologik nurash qanday kechadi? 


41 
5-MAVZU. YERNING ICHKI (ENDOGEN) GEODINAMIK JARAYONLARI. 
REJA 
1.Endogen geologik jarayonlar haqida tushuncha 
2.Magmatizm jarayoni. Magma intruziyalarining yer po`stida joylashish 
shakllari 
3.Mаgmаtik jаrаyonlаr bilаn bоg’liq qаzilmа bоyliklаrning хоsil bo’lishi haqida
Х. M. Аbdullаеvning gеnеtik qоnuniyatlаri 
4.Vulkanizm. Vulkanlarning geografik tarqalishi. 
5.Vulkan mahzulotlari 
6.Vulkan turlari 
7.Vulkanlarning geografik tarqalishi 
1. 
Endogen geologik jarayonlar haqida tushuncha.
Yer hosil bo'lishi dairida 
tarkiban bir xil bo'lgan va u metioritlar tarkibiga mos chang va gazsimon ibtidoiy 
moddani tashkil topgan. Hozir u ya'ni deyarli 4,5 mlrd.yil o'tgandan so'ng, u 
nixoyatda murakkab qatlam va qavatlarga qonuniy ravishda ajralgan (yer 
qobig'i,astenosfera, litosfera, mantiya,yadro). Demak ushbu uzoq vaqt davomida 
sayyoramizning tabaqalanishida qandaydir mexanizmlar mavjud bo'lgan. O'z –o'zidan 
ma'lumki bu jarayonlarning kechishi uchun juda katta energiya kerak bo'lgan. 
Yer zaminida nafaqat issiqlik shakillanadi, balki uni yer yuzasiga chiqarish
imkoniyati qam bor. Yerdagi hosil bo'lgan issiqlik barcha magmatik jinslarni, ular 
bilan bog'liq bo'lgan gidrotermal tizimlarni, metomorfizm jarayonlarini vujudga 
keltiradi. Yer yuzasi orqali atrof muhitga 4,2.103 W energiya yuboriladi. Bu juda 
katta energiya qaerda va qanday mehanizmlar orqali hosil bo'ladi. Bu savollar 
geologiya shakillana boshlagandan beri mutahasislar oldida turipti.
Uzoq vaqtdavomida er issiqligining asosiy manbai deb XIX –XX asrda kashf 
qilingan radioaktiv parchalanish jarayonlarini misol qilib ko'rsatishgan.
Radioaktiv energiya radioaktiv elementlarning (U, Th, K) parchalanishi 
natijasida hosil bo'ladi. Bular sirasiga boshqa qisqa davr yashaydigan izotoplar ham 
kiradi. O'z davri uchun bu qarashlar to'g'ri bo'lgan va hozir ham bazi bir jixatlari bilan 
o'z ahamiyatini saqlab qoladi. Darhaqiqat, radioaktiv parchalanish natijasida ancha 
katta energiya hosil bo'ladi va u, albatta, Yer issiqlik balansida katta rol o'ynaydi.
Ammo Yerning chuqurlik issiqligini faqat ushbu jarayon bilan bog'lash birqator 
qarama-qarshiliklarga uchradi. Birinchidan, radioaktiv elementlar, asosan, yer 
qobig'ida shakllangan nordon jinslarga mansub. Mantiya hosilasi bo'lgan jinslarda uni 
miqdori juda kam yoki umuman uchramaydi. Ikkinchidan, radiogen parchalanish 
natijasida hosil bo'lgan issiqlik faqat yer qobig'iga to'g'ri keladi va boshqa 
qatlamlarda hosil bo'lmaydi. 


42 
Agar Yer zaminidan chiqayotgan issiqlik energiyasi 4,2- 1020 erg/sek bo'lsa, 
radiogen energiya faqat 1,G 1020 erg/sek tashkil qiladi (26%). Shulardan faqat 1% 
energiya mantiyaga to'g'ri keladi. Demak, radiogen issiqlik energiyasi Yerning 
differensiasiyasi bilan bog'liq jarayonlar uchun uncha katta ahamiyatga ega emas. 
Energiyani boshqa manbaalarini qidirish zaruriyati tug'iladi. 
Gravitasion parchalanish, saralash energiyasi Yer issikligining muhim 
manbalaridan hisoblanadi. Yuqorida biz Yer zichligini o'zgarishi, minerallarning bir 
turdan ikkinchi turga o'tishini ko'rsatishga harakat qildik. Gravitasion differensiasiya 
energiyasining paydo bo'lishi asosida zichlikni o'zgarishi, moddalarning qayta 
taqsimlanishi, minerallarni zichroq turlarga o'tish reaksiyalari (kvars-joesit, piroksen-
»omfasit) natijasida hosil bo'lgan energi gugurt, kremniy va boshqa elementlar 
mavjud. Ularning ichida nisbatan yengil litofil elementlarni mantiyaga chiqarib 
yuborishi, sof temirni paydo bo'lishi issiq ajralishiga sabab bo'ladi. 
Ushbu jarayonlar bilan Yer magnit maydonini, undagi konvektiv oqimlarni 
paydo bo'lishi bog'langan. 
Navbatdagi issiqlik paydo bo'ladigan satx bu o'rta va yuqori mantiya orasida 
joylashgan. Bu erda mantiya moddalarining differensiasiyasi, minerallarni bir turdan 
ikkinchi zichroq turga aylanishi kuzatiladi. Nixoyat, ancha katta hajmdagi issiqlik 
astenosferada peridotit eritmalaridan bazaltlarni kelib chiqishi, o'taasosli jinslarning 
parchalanishi natijasida hosil bo'ladi. 
Yerning tortilish kuchi energiyasi Oy va sayyoramiz o'rtasidagi o'zaro 
gravitasion aloqalar natijasida paydo bo'ladi. O'zaro tortilish natijasida Yerning 
yuzasida katta to'lqinlar paydo bo'ladi. Hozirgi vaqtda ular Yerda har sutkada 
shakllanadi (okeanlar suvning ko'payishi va kamayishi). Bu harakatlar geologik 
o'tmishda Yerni tebrantirgan va natijada katta energiya ishlab chiqilgan. 
Asteroidlar va planetozimallarning er yuzasiga tushishi natijasida hosil bo'lgan 
issiqlik energiyasi ham katta ahamiyatga ega. Bunday asteroidlar tomonidan erni 
bombardimon qilinishini Oyni yuzasida tarqalgan bexisob kraterlar misolida ko'rish 
mumkin. Asteroidlar er yuzasiga tushganda hosil bo'lgan to'lqinlar 500 — 700 km 
chuqurlikgacha o'z ta'sirini saqlab qoladi. Bu jarayonlarni «impakt jarayonlar» 
deyiladi. Bunday hodisalar natijasida er moddasi ko'pincha eriydi, nisbatan og'ir 
mantiya va engil bazalt qismlarga ajraladi. Hosil bo'lgan kraterlar esa bazaltlar bilan 
to'lib boradi, kraterlarni ostida mahsus og'ir massalar mis konlar paydo bo'ladi. 
Xulosa qilib aytganda, radiogen issiqlik, Oy va Yerning uzaro tortilish kuchini 
sekinlashishi, asteroid va planetozimallarni Yerga tushishi bilan bog'lik bo'lgan 
energiya Yerning eoarxey davridagi rivojlanishiga juda katta ta'sir ko'rsatgan. Bu 
davrda birlamchi astenosfera hosil bo'lgan, uning 50 — 80% qismi erib ketgan va o'z 
navbatida arxeydagi «magmatik okeanni» tashkil qilgan. 


43 
Arxey davrida Yerning yadrosi shakllanishi munosibati bilan energiyaning yangi 
gravitasion mexanizmi shakllangan. Zichlik, kimyoviy tarkib bilan bog'liq bo'lgan 
differensiasiya jarayonlari erning halqasimon qavatlarini ajratilishida, tabaqalanishida 
asosiy mexanizm sifatida namoyon bo'lgan va eng asosiysi, Yer o'zi rivojlanadigan, 
mustaqil tizim hosil qilgan.
O.G.Soroxtin, N.L.Dobresov, S.AUshakovlarning fikricha, Yerning rivojlanish 
tarixida har bir bosqichda energiyaning paydo bo'lishi o'z xususiyatlariga ega. Arxey 
eoarxey bosqichida impakt, tortilish, akkresiya va radiogen parchalanish 
jarayonlari natijasida hosil bo'lgan energiya birinchi o'rinda turgan (3,4 — 4 mlrd.y.). 
Keyinchalik (arxey — proterozoy) energiyaning asosiy manbai bu gravitasion 
differensiasiya bilan bog'liq. 

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish