Agrokimyo va tuproqshunoslik



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

Nurash jarayonlari.
Cho‘kindi hosil bo‘lish muhiti ko‘p omilli bo‘lib, unda 
hududning iqlimi, relyefi va geotektonik rejimi muhim ahamiyatga ega. Ulardan har 
birining o‘zgarishi cho‘kindi hosil bo‘lish jarayoni xususiyatlariga keskin ta’sir etadi. 
Demak, turli iqlim, relyef va geotektonik rejimda nurash jarayoni turlicha kechadi. 
Yer yuzasida ochilib yotgan birlamchi tog‘ jinslarining havo, suv va muzlik, 
haroratning o‘zgarishi va boshqa tabiiy-kimyoviy hodisalar hamda organizmlar 
ta’sirida parchalanishiga nurash deyiladi. U nurash omillariga qarab fizik, kimyoviy 
va biologik nurashga bo‘linadi. 
O‘z navbatida fizik nurash ikkiga: haroratli va mexanik nurashga bo‘linadi.
 
Физик ёки мexanik nurash
suv va havo oqimlarining kuchi, gravitatsion 
jarayonlar, tog‘ jinslarining muzlashi va o‘simliklar tomiri ta’sirida yemirilishidan 
namoyon bo‘ladi. 
Shamollar ta’sirida yemirilgan tog‘ jinslarida turli-tuman g‘aroyib shakllar 
vujudga keladi. 
Suv oqimlari ta’sirida mexanik nurash tufayli jarliklar tizimi, oqim o‘zanlari, 
vodiylar rivojlanadi (1 - rasm). 


36 
Qoyali relyefda bu vosita gravitatsiya kuchlari ta’sirida tog‘ jinslarini mexanik 
parchalab, turli shakllar va burdalangan material hisobiga kollyuviy hosil qiladi (1 - 
rasm). 
Suv muzlaganda o‘z hajmini 11% ga oshiradi. Natijada tog‘larning qor 
chizig‘idan yuqorisida, arktika, subarktika, dengiz qirg‘oqlarida sovuqdan nurash yuz 
beradi. Tog‘larda qurumlar, baland tog‘larning tekis yuzalarida toshloq sahrolar shu 
yo‘l bilan hosil bo‘lgan. Elyuviy, delyuviy, kollyuviy nurash mahsulotlaridir. 
Kimyoviy nurash
. Suv, karbonat angidrid, kislorod, organik va anorganik 
kislotalar ta’sirida beqaror minerallarning o‘zgarishiga kimyoviy nurash deyiladi. 
Kimyoviy nurash kislotali-ishqorli va oksidlovchi-tiklovchi muhitlarda amalga 
oshadi. 
Kislotali-ishqorli muhit suvdagi vodorod ionlarining konsentratsiyasi bilan 
belgilanadi. U muhitning vodorod ko‘rsatkichi (rN) deyiladi. 
Kimyoviy toza suv ham oz miqdorda bo‘lsada N+ va ON- ionlariga 
parchalangan bo‘ladi. 22°S haroratli 1 litr suvda ushbu ionlarning konsentratsiyasi 
1x10-7 gramm-ionga teng bo‘ladi. Bunday kichik miqdorni ifodalash qulay bo‘lishi 
uchun uning o‘nlik logarfmini teskari ishora
bilan yozish qabul qilingan. Neytral muhitda rN 
7,0 ga teng bo‘ladi. Bu kattalik suvli muhitning muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Shuni yodda tutish 
lozimki, rN o‘nlik logarifmda olinganligi uchun uning 1 birlikka o‘zgarishi vodorod ionlari 
konsentratsiyasining o‘n martaga o‘zgarganligini bildiradi. 

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish