Choʻkindi togʻ
jinslari
Choʻkindi togʻ jinslari — moddaning
suvda
choʻkishi yoki havodan tushishidan
hamda quruqlik yuzasi, dengiz okean havzalaridagi muzlar faoliyati natijasida
hosil boʻladigan
togʻ jinslari
. Choʻkish mexanik (ogʻirlik kuchi taʼsiri va muhit
dinamikasining oʻzgarishidan), kimyoviy (suvli eritmaning toʻyinish
konsentratsiyasiga yetishidan va almashinuv reaksiyalari natijasida) hamda
biogen yoʻl bilan (organizmlar hayot faoliyati bilan bogʻliq) sodir boʻladi. Choʻkindi
togʻ jinslari choʻkish xarakteriga koʻra, chaqiq, kimyoviy va biogen jinslarga
boʻlinadi. Choʻkindi togʻ jinslarini hosil qiladigan asosiy manbalar:
Yer poʻstini
tashkil qilgan magmatik, metamorfik va qad. chukindi jinslar; tabiiy suvlarda
erigan komponentlar; atmosfera gazlari; organizmlarning hayot faoliyati
jarayonida hosil boʻladigan mahsulotlar; vulkanogen materiallardan iborat.
Hozirgi zamon okean choʻkindilari va qad. choʻkindi jinslarda kosmik material va
organik qoldiqlar ham uchraydi. Baʼzi Choʻkindi togʻ jinslari (ohaktosh, kumir,
diatomit va boshqalar) butkul organik qoldiqlardan tarkib topgan. Zarra
(donalar)ning oʻlchami, ularning shakli va uzaro birikmalari Choʻkindi togʻ jinslari
struktururasini belgilaydi (qarang
Togʻ jinslari tuzilishi
). Choʻkindi togʻ jinslari
shakli va hajmi turlicha boʻlgan qatlam, linza va boshqa shakllardagi geologik
jismlar hosil kilib, Yer pustila normal gorizontal, qiya yoki murakkab burmalar
tarzida yotadi. Ushbu jismlarning ichki tuzilishi (donalar zarralarning uzaro
joylashuvi va yoʻnalishi bilan bogʻliq) va boʻshliqni qay yoʻsinda toʻldirishi
Choʻkindi togʻ jinslari te ketu ras i deyiladi. Choʻkindi togʻ jinslari quyidagicha hosil
boʻladi: tub togʻ jinslarining yemirilishidan paydo boʻlgan dastlabki mahsulot suv,
shamol, muzliklar bilan koʻchib, quruqlik yuzasi va suv havzalariga choʻkadi.
Natijada turli xil komponentlardan tuzilgan boʻsh va gʻovak, suvga toʻyingan
choʻkindi hosil boʻladi. Bu choʻkindi murakkab va xilma-xil fizik-kimyoviy (qisman
biologik) sistemadan iborat boʻlib, vaqt oʻtishi bilan asta-sekin choʻkindi jinsga
aylanadi (qarang
Litogenez
). Choʻkindi togʻ jinslarining tasnifi ularning tarkibi va
genezisiga koʻra 10 dan ortiq guruhga ajratiladi: chaqiq jinslar, gillar, glaukonitli,
glinozyomli, temirli, marganetsli, fosfatli, kremniyli, karbonatli jinslar, tuzlar,
kaustobiolitlar va boshqa Asosiy guruhlardan tashqari aralash tarkibli jinslar ham
bor. Choʻkindi togʻ jinslari kimyoviy tarkibiga koʻra magmatik jinslardan farqlanadi:
jins hosil qiluvchi komponentlar tarkibi turlicha boʻladi; tarkibida suv, karbonat
kislota, organik uglerod, kalsiy, oltingugurt, galoidlar koʻp boʻladi; temir oksidi
bilan temir (II) oksidi nisbati katta. Choʻkindi togʻ jinslari dan gil (gil, argillit, gilli
slanetslar — 50 % ga yaqin), qumtosh (qum va qumtoshlar) va karbonatli jinslar
(ohaktoshlar, dolomitlar 45 % cha) keng tarqalgan. Yer yuzasida Choʻkindi togʻ
jinslarining hosil boʻlishi va joylashuvi iqlim va tektonik sharoitlar bilan aniqlanadi.
Geosinklinallarda Choʻkindi togʻ jinslarining katta qatlamlari yigʻiladi,
platformalarda esa, aksincha ularning qalinligi kam boʻladi. choʻkindi togʻ jinslari
Yer poʻsti massasining 10 % ni tashkil qilib, Yer yuzasining 75 % ni qoplaydi.
Quruqlikdagi Choʻkindi togʻ jinslarining 75 % geosinklinal oblastlarda boʻlib, 25 %
platformalarga toʻgʻri keladi. Yer qaʼridan olinadigan jami foydali qazilmalar
(koʻmir, neft, tuzlar, temir, marganets va alyuminiy rudalari, oltin va platina
sochmalari, olmos, fosforitlar, qurilish materiallari va boshqalar)ning 75 %
choʻkindi togʻ jinslariga tugʻri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |