Agrokimyo va tuproqshunoslik



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

magma differensiatsiyasi
deyiladi. 
Magma differensiatsiyasi uning kristallanish jarayonida fizik - kimyoviy 
sharoitining o‘zgarishi tufayli ro‘y beradi. 


45 
Magma tarkibidagi elementlar qulay sharoitlarda birin - ketin birikib, ma’lum 
tartibda kristallanadi. 
Kristallanish differensatsiyasi magmaning sovushi jarayonida yaqqol namoyon 
bo‘ladi. Magma soviy boshlaganda dastlab rangli minerallar: olivin va piroksen 
kristallanib cho‘ka boshlaydi, so‘ng asosiy, o‘rta va nordon plagioklazlar, eng keyin 
kremniyga boy minerallar va, nihoyat, erkin kremniy oksidi kristallari (kvars) hosil 
bo‘ladi. Magmadagi uchuvchan komponentlar yer qatlamlari orasida elementlarning 
harakatini va magmaning kristallanish jarayonlarini tezlashtiradi. 
Kristallanish jarayoni intruziyaning sovishi tezroq kechadigan chekka qismidan 
boshlanadi. Shu yo‘l bilan hosil bo‘lgan kristallar (birinchi navbatda katta solishtirma 
og‘irlikdagi) cho‘ka boshlaydi. Magma suyuqligining yuqori qismida qolgan 
moddalar kremniy oksidi bilan boyiydi va tarkibi bo‘yicha nordon magmalarga 
yaqinlashib qoladi.
Magma qotishining oxirgi bosqichida kremniy oksidi va uchuvchi komponentlar 
bilan boyigan qoldiq magma hosil bo‘ladi. Uning kristalllanib qotishidan 
pegmatitlar
vujudga keladi. Pegmatitlar tarkibida uchuvchi komponentlar mavjud bo‘lgan 
minerallarning yirik kristallaridan tuzilgan bo‘ladi. 
Magma yuqoriga ko‘tarilganda cho‘kindi va metamorfik jinslar orasidagi 
bo‘shliqlarga yorib kiradi. Natijada yer qatlamlari orasida magma asta - sekin uzoq 
vaqt davomida soviydi va nihoyatda murakkab fizik, kimyoviy jarayonlar ta’sirida 
kristallanib, kristalli jinslarni hosil qiladi. 
Shunday qilib, magma differensiatsiyasi natijasida yer po‘stida 
intruziv
, yer 
yuzasida esa 
effuziv
jinslar hosil bo‘ldi. Bir tarkibli magmadan hosil bo‘lgan effuziv 
va intruziv jinslarning kimyoviy tarkibi bir - biriga juda o‘xshash bo‘ladi. Lekin ular 
strukturasi, teksturasi va mineral tarkibi jihatdan ular bir - biridan keskin farq qiladi. 
Yer po‘stida magmatizm jarayoni turlicha shaklda kechishi mumkin. Magma 
suyuq holda tektonik zonalar bo‘ylab yondosh jinslarni eritib, ularning ichiga yorib 
kirishi, yarimqotgan va qovushoq massalarning siqilib chiqishi natijasida yondosh 
jinslarga mexanik ta’sir ko‘rsatishi yoki portlash darajasiga yetib, yer yuzasiga katta 
kuch bilan otilib chiqishi yoki lava tarzida oqib chiqishi mumkin.
Magma suyuqligining yer po‘sti ichida kristallanib qotishi natijasida intruziv 
jinslar va yer yuzasiga 

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish