213
2. Bо‘z tuproqlar genezisini va asosiy belgilari va xossalarin bgelishini
tushuntiring?
3. Bо‘z tuproqlar klassifikatsiyasi va morfologik tо‘zilishini aytib bering?
4. Bо‘z tuproqlar tarkibi va xossalarining
asosiy xususiyatlarini
tushuntiring va ularning agronomik tavsifini bayon eting?
5. Bо‘z tuproqlarni qishloq xo’jaligida foydalanishning xususiyatlari
nimalardan iborat va ularning unumdorligini oshirishdagi asosiy tadbirlar qaysilar?
29-MAVZU. GIDROMORF TUPROQLAR.
REJA.
1. Gidromorf tuproqlarning hosil bo‘lishi.
2. Gidromorf tuproqlar sistematikasi.
3. Bo‘z tuproqli zonaningng gidromorf tuproqlari
Gidromorf tuproqlar
o‘tloqi, botqoq o‘tloqi va botqoq tuproq hamda
sho‘rxoklardan iborat. Gidromorf tuproqlarda atmosfera yog‘inidan tashqari yo’za
joylashgan sizot suvlari hisobiga (tuproq kapilliyarlari hisobiga namlanadi)tuproq
paydo bo‘lish va rivojlanishlar bo‘ladi.
Gidromorf tuproqlar cho‘l va bo‘z tuproqlar zonasidagi daryolarning quyi
terassalarida, ko‘l qirg‘oqlarida, daryolarning eski o‘zanlarida hamda ko‘llarning
qadimgi o‘rinlarida, tog‘ osti qiyaliklari va havzalarining quyi qismlarida uchraydi.
Bo‘z tuproqli zonaning yuqori qismlarida gidromorf tuproqlar sho‘rlanmagan,
chunki
sizot suvi chuchuk, cho‘l zonasida esa o‘tloqi, botqoq-o‘tloqi, botqoq
tuproqlar va sho‘rxoklar va ma’lum darajada sho‘rlangan, chunki bu zonaning sizot
suvi minerallashgan.
Bu tuproqlar quyidagi sharoitda hosil bo‘ladi:
1) yer osti suvlarining yo’zada to‘planishi;
2) pastkam joylarda atmosfera yog‘inlarining yig‘ilishi;
3) yer usti va osti suvlarining birgalikdagi ta’siri;
4) yer ustki qismida suvning davriy to‘planishi,
5) daryo oqar suvlari bilan yer osti suvlari yaqin joylarning bostirilishi,
6) dengiz, kul, daryo irmoqlaridagi tuproqlarning suv bilan sernamlanishi,
7) sholi ekiladigan tuproqlarning doimo suv bilan bostirilishi.
Demak, gidromorf tuproqlar doimo tranzit (o‘tuvchan) va yig‘iluvchan
(akkumulyativ) geokimyoviy landshaftlarda hosil bo‘ladi. Gumid mintaqasidagi
tuproqlar suvdagi moddalarning o‘tishiga geokimyoviy to‘siq
hisoblanadi, natijada
tuproqda gumus kremniy, temir,
marganets, fosfor to‘planadi. Arid mintaqasi
tuproqlarida esa ohak, gips, suvda eriydigan to’zlar yig‘iladi. Yer yo’zining glyatsial,
214
flyuvioglyatsial va allyuvial tekisliklardagi tuproqlar gidromorf bosqichni o‘z
evolyusiyasi davomida bosib o‘tgan. Gidromorf tuproqlar uchun hos xususiyat
namlikning davriy ravishda qaytarilib turishi va
oksidlanish - qaytarilish
jarayonlarining avj olib, kimyoviy va biokimyoviy, anaerobiozis
reaksiyalarning Eh
100-200 mV o‘tishidir. Anaerob mikroorganizmlarning rivojlanishi, qaytarilish
kimyoviy jarayonlar natijasida - gleylanish G‘yeo, MpO, H2S,
SN
4,
NxO, rNx. Bu
mintaqalarda vivianat, glaukonit, sulfidlar hosil bo‘ladi.
Gleyli qatlamlarda toksik
moddalar va gazlar (metan, fosfin, serovodorod, azot va uglerod oksidlanmagan
turlari) hosil bo‘ladi. Biroq mikrozonalarda oksiddanish jarayoni suv o‘tgan joylarda
rivojlanib, sernam, loy qatlamlarda yashil, havorang, zangsimon dog‘lar hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: