"agrokimyo va tuproqshunoslik" kafedrasi issiqxona ekinlari urug‘chiligi va ko‘chatchiligi


Talabaning bilimini sinash uchun savollar



Download 1,6 Mb.
bet5/69
Sana10.07.2022
Hajmi1,6 Mb.
#771859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
Мажмуа Иссиқхона уруғ ва кўчат

Talabaning bilimini sinash uchun savollar
1. Fanning predmeti va vazifalari nima?
2. Fan uslubi va uning turlarini sanab bering?
3.Issiqxona ekinlari urug‘chiligi va ko‘chatchiligining hamda sabzavot ekinlariga bo‘lgan talab nima?
4.Urug‘chilik , ko‘chatchilik va hamda sabzavotchilik uchun issiqxonalarni foydalanish muddatigaqachon?
2-MAVZU. ISSIQXONALARDA PAMIDOR EKINI URUGCHILIGI, KO’CHATLARNI YETISHTIRISH SHAROITLARIGA TALABI, ULARNI ISSIQXONALARDA YARATISH VA SOZLASH USLUBLARI.
REJA.
1. Issiqxonalarda pamidor ekini urugchiligi va ko’chatchiligi.
2 . Respublikamizda isitiladigan plyonkali issiqxonalarni tayyorlash va undan foydalanish.
3. Isitiladigan plyonkali issiqxonalarда mikroiqlim yaratish.


1.Pomidor (Licopersicum esculentum Mill) Xiristafor Kolumb tomonidan Amerika qit’asidan keltirilgandan so‘ng And hududida yetishtirilgan, dastlab Ispaniyaga va so‘ngra sep yoki sovg‘a sifatida Neapolga olib kelindi. Dastlab uni “Muhabbat olmasi” deb nomlab, manzarali o‘simlik sifatida ekildi. Faqat birinchi jahon urushidan keyingina ochiq yerlarga va issiqxonalarga ommaviy ravishda ekila boshlandi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra pomidor boshqa sabzavot o‘simliklar orasida yalpi hosil bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Yopiq maydonda ham pomidor asosiy ekin sifatida yetishtiriladi.
Pomidor tomatdoshlar oilasiga mansub bo‘lib, O‘zbekistonga XIX asrning ikkinchi yarmida keltirilgan. Pomidor dunyo miqyosida eng ko‘p yetishtiriladigan sabzavot ekini hisoblanib, yer kurrasida yetishtiriladigan sabzavotlarning 1/7 qismi pomidor hissasiga to‘g‘ri keladi. Qayta ishlanadigan sabzavotlarning 80% ini aynan pomidor tashkil qiladi. Pomidor ko‘p iste’mol qilinishi va keng miqyosida yetishtirilishi mevasi tarkibida inson xayoti uchun eng muhim bo‘lgan ko‘pgina darmondorilar, mineral tuzlar, organik kislotalar va boshqa foydali elementlar borligidadir. Mevalari tarkibida o‘rtacha 3% qand moddasi, 1% oqsil va kraxmal, klechatka, yog‘lar, karotinoidlar, pektin moddalar, fermentlar, alkolloidlar va boshqa turli birikmalar mavjud. Shu bilan birga mevasi tarkibida karotin (provitamin), askorbin kislotasi (vitamin S) va V guruhidagi darmondorilar ham mavjud. Shuning uchun, pomidorni kishilarga gepatit, ateroskleroz, oshqozon osti bezi kasalliklari va qon tarkibidagi xolesterinni kamaytirish maqsadida ko‘plab iste’mol qilish tavsiya etiladi. Pomidorda mineral moddalardan kaliy, magniy, temir, rux, kobalt mavjud. Muhimi shundaki, u qayta ishlanganda ham shifobaxsh xususiyatini saqlab qoladi va qonda gemoglobin moddasining shakllanishini, shuningdek jigarda yog‘ qatlamini qayta shakllanishiga xizmat qiladi. Qaynatilganda uning tarkibida yuzaga keladigan lekopin moddasi inson keksayishini sekinlashtiradi.
Hozirgi vaqtda pomidorning xilma-xil rangli navlari yaratilgan, masalan, qizil, pushti rang, sariq, hattoki oq pomidor navi ham yaratilgan. Hattoki, tuvaklarda o‘stirishga mo‘ljallangan navlari ham bor. Barcha nav pomidorni zarur miqdorda yorug‘lik, issiqlik va yetarli miqdorda oziq moddalar bilan ta’minlansa yuqori hosil olish mumkin to‘yingan bo‘lishi, yetarli darajada namlik bo‘lishi shart, ammo tuproq namligi me’yoridan oshmasligi lozim.
Yukori sifatli ko‘chat yetishtirish uchun pomidor urugi noyabr boshlarida sepiladi. Kattaligi 10x10 sm dan 14x14 santimetrgacha bo‘lgan tuvakcha yoki kubiklarga pikirovkalanadi. Ko‘chatlar bir kator 70x35-40 yoki ikki katorli 80+80/2x35-40 santimetr kilib joylashtiriladi. Ko‘chat tik kilib ko‘yiladida, kubikning to‘rtdan uch kismi balandligida ko‘miladi. Ekib bo‘lingach, darxol 23-25°S li ilik suv beriladi. 2-3 kun o‘tgach, kanop bilan boglanib, kanop shpalerga tortib boglanadi va har xaftada poya atrofidagi kanop holati o‘zgartiriladi. Pomidor tupi bir poyali qilib o‘stiriladi, har xaftada bachkilari yulinadi, ularning uzunligi 6-7 sm dan oshmasligi lozim. Indeterminant nav-duragaylar shpalergacha 8-9 ta shox xosil kiladi. So‘ng markaziy poyasi shpalerdan oshiriladi. Usuv davri oxirigacha o‘simlik yana 8-10 ta shox \osil kiladi. Usimlikni yulib olishdan 1,5 oy oldin o‘suv nuktasi chilpinadi, bunda oxirgi bo‘ginda 1-2 barg koldiriladi. O‘simlik zaxda kolmasligi uchun meva tugadigan 5-6 bo‘gingacha bo‘lgan pastki so‘ligan sargaygan barglari haftada bir marta ertalabki vaktlarda yulib tashlanadi. Ertasiga suv beriladi. Ko‘chat o‘tkazilgach hosilga kirishgacha havo xarorati kunduzi 24°S, bulutli kunlarda 18-20°S, kechalari 16- 17°S, xosilga kirgach esa kunduzi 24-26°S, bulutli kunlarda 20- 22°S, kechalari 17-18°S darajada saklash shart. Bahor yoz kunlari haroratning 32°S dan oshishi pomidor uchun xavfli. Bunday kunlarda tez-tez shamollatish, salkinlatish uchun suv beriladi. Havo xaroratini issikxona ichida 5-7°S ga pasaytirish uchun oynaga bo‘r, loyka kabilar sepilib korongilatiladi. Tuprok harorati 18°Sdan pasayib ketmasligi, xavoning nisbiy namligi 60-70 % bo‘lishi lozim. Qishda, qali issikxona usti ochilmagan paytlarda havo namligini oshirish bilan boglik barcha ishlar ertalab utkaziladi. Pomidor tuprok namligiga juda talabchan. Uni chankatib, keyin sugorish kerak. Sugorish normasi kuyoshning kizdirishi, tuproknnng fizik xossasi, o‘simlikning rivojlanish davriga boglik. Qishki paytlarda xar 6-8 kunda 1 m' ga 5-7 l, may-iyun oylarida xar 2-3 kunda bir marta 1 m2 yerga 10-12 l suv sarflanadi. Har sugorishdan so‘ng issikxona shamollatiladi. Qishki-ko‘klamgi muddatda o‘simlik tez o‘sib, rivojlanadi. Shuning uchun tuprokni ozik moddalarga to‘ydirish kerak. Sugorish va oziklantirish oraligidagi davr ham harorat va yoruglik darajasiga karab uzgaradi. Usuv davri boshida azot va kaliy o‘giti 1:3,5-4,0 nisbatda, keyinchalik 1:2, hosil to‘la xosil bo‘lganda 1:1 nisbatda beriladi. Ko‘chat o‘tqazilgach, ildizdan oziklantirish uchun 0,7 % li, meva tugish davrida 0,8 % li, mevasi pishayotganda 1 % li ozik aralashma beriladi. Ildizdan oziklantirish xar 10-12 kunda utkaziladi. Ekinni yukoridagidan tashkari 0,03-0,1 % li kaliy permanganat, bor kislota, marganets sulfat, mis sulfat kabi mikroelementlar saklaydigan o‘gitlar bilan bargdan oziklantirish yoki sugorishda ko‘shib berish soglom, bakuvvat rivojlanishga, xosildorlikning sezilarli (15-23 % gacha) oshishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday ozik xar 25-30 kunda beriladi. Qishki-bahorgi muddatda tuplarni silkitish, tuprokni yumshatish, gullariga fiziologik aktiv moddalar o‘stiruvchi stimulyatorlarni sepish, kasallik (strik, ko‘ngir dog‘lanish, makrosporioz, vilt) va zararkunandalarga (ok kanotli pashsha, bitlar, tunlamlarga karshi kurashdan iborat



Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish