"agrokimyo va tuproqshunoslik" kafedrasi issiqxona ekinlari urug‘chiligi va ko‘chatchiligi



Download 1,6 Mb.
bet20/69
Sana10.07.2022
Hajmi1,6 Mb.
#771859
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69
Bog'liq
Мажмуа Иссиқхона уруғ ва кўчат

4-Laboratoriya mashg’ulot
Sabzavot ko’chatlarini yetishtirishda tuprok aralashmasini tayyorlash.
Issiqxona qurish uchun mo‘ljalga olingan yerning haydalma qatlami va uning ostidagi tuproq chiqarib tashlanishi kerak. Issiqxona tuprog‘i serhosil bo‘lishi uchun, eng avvalo, ekin ekiladigan yer (dala tuprog‘i, go‘ng, sheluxa va hokazolar) chirindisi bilan tuproqni yumshatadigan material (qipiq, sheluxa va hokazolar) nisbati 1:1:1 qilib olinishi zarur.
Yangi issiqxonalarning har kv m ga 50 kg dan ortiq go‘ng solinishi kerak. Shunda tuproq tarkibidagi chirindi 10—15 foizgacha ko‘payib, o‘simlik hosildorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun issiqxona tuprog‘i organik moddalar uchun boylik manbai bo‘libgina qolmay, balki o‘simliklar uchun ham ozuqa manbai hisoblanadi. Bunday muhitda sabzavot ekinlari yaxshi rivojlanib, mo‘l hosil berishi aniq. Tuproq nafaqat unumdor, balki tarkibi ham boy bo‘lishi kerak. Organik o‘g‘it solish orqali tuproqning suv-fizik holatini yetarli darajada yaxshilab bo‘lmaydi. Buning uchun issiqxona tuprog‘iga somon maydasi, poxol va g‘o‘za po‘choq sheluxasi, yog‘och qipig‘i, kanop chiqindisi va hokazolar aralashtirib solinadi.
Somon maydasi tuproqni yumshatish xususiyatiga ega bo‘lib, uning tarkibida 80 foiz organik modda, 0,5— azot, 0,2—fosfor va 0,3—kaliy bo‘ladi. Uning tig‘izligi har kub sm.ga 0,2—0,5 g dan to‘g‘ri keladi. U tuproqqa iyun-iyul oylarida har kv m ga 6—10 kg miqdorida solinadi. Biroq solinayotgan somon maydasi ko‘p yillik bo‘lishi shart. Aks holda u o‘simliklarni halokatga uchratadi. Somon maydasini yer yoppasiga haydalgan paytda, bir xil chuqurlikda ko‘mib chiqish kerak.
Bundan tashqari, tuproqni g‘ovak holda saqlash uchun yog‘och qipig‘idan foydalanish mumkin. U har kv m ga 25— 30 kg dan solinadi. Shundagina tuproqning suv-havo rejimi keskin yaxshilanadi: zichlik har kub sm da 1,5— 1,8 g ga kamayadi, hajmiy massasi ya’ni zichligi 0,5— 0,7 g/sm3, g‘ovakligi 60-65 foizga ortadi. Biroq yangi qipiq chiriganida, u o‘zidan o‘simlikning o‘sishi uchun zararli bo‘lgan gaz chiqaradi. Shuning uchun daraxt qipig‘ini taxminan 3—4 oy oldin go‘ngga aralashtirib, ustidan suv sepib qo‘yib qo‘yiladi.
Sholi qipig‘i tuproqning g‘ovaklovchi materiallar ichida eng yaxshisi hisoblanadi. U sekin chiriydi, tarkibida hech qanday zararli modda yo‘q. Shuning uchun uni yerni yumshatish, ekin ekish paytida, hatto o‘sish davrida ham solish mumkin.
Kanop ekiladigan hududlarda uning chiqindilaridan qolgan qoldiqlari - umumiy hajmining 30—50 foizi tuproqni g‘ovaklashga xizmat qiladi. Shunga qaramasdan yerga solishdan avval unda bo‘rtma nematoda (dumaloq chuvalchanglar) bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rish kerak. Aks holda issiqxona tuprog‘iga eng xavfli zararkunanda yuqtirilishi mumkin
Tuproq qatlamini tashkil etishda torfning yuqori qatlami noyob komponentlar hisoblanadi. Undan chet mamlakatlarda ham keng foydalaniladi. Torfning yuqori qatlami o‘tkinchi bo‘lib, quyi qatlamlariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. U juda ham g‘ovak bo‘lib, suv va havo nisbatini yaxshilaydi. Torf suvga to‘liq to‘yinganida ham o‘zida 40 foizgacha havo saqlay oladi. Uning tarkibida chirishga chidamli mikroorganizmlardan ligninlar, mumlar, sellyulozalar va gelitsellyulozalar mavjud. Torfning nimqandlari ham achish va tez chirishdan saqlaydigan juda yupqa himoya pardasi bilan qoplangan. Shu bilan birga torf yonganida kuli kam qolishi va sekin chirishi bilan ajralib turadi. Bularning hammasi tuproq qatlamining bir- ikki yilgacha fizik • tarkibi yaxshi bo‘lishini ta’minlaydi. Torfning serkislotaliligi (Rh—2,6—3,6), alyuminiy mavjudligi va oziq moddalari kamligi (N-0,7 -1,5% ; R—0,05—0,15%; K-0,05-0,1% va Sа— 0,2-0,4%) uning kamchiliklaridan hisoblanadi. Biroq bu kamchiliklar mamlakatimiz sharoitida unchalik xavfli emas. Chunki tuprog‘imiz tarkibida karbonat va ishqorlar mavjud bo‘lib, ular kislotalilikni neytrallashtirib turadi. Tuproq tarkibida yetishmaydigan moddalar o‘rnini go‘ng solish va o‘g‘itlash yo‘li bilan to‘ldirib turiladi.
Mexanik tarkibi og‘ir tuproqli yerlarga tuproqning g‘ovaklovchi materiallari solinganida, uning suv va fizik tarkibi yaxshilanadi, sabzavot hosili ortadi. Biroq g‘ovaklovchi sellyulozaga boy materiallarda mikroorganizmlar juda ko‘p uchraydi. Ular organik moddalarni chiritadi va tuproqdagi azotdan juda ko‘p foydalanadi. Bu esa tuproqni g‘ovaklovchi material bilan birga juda ko‘p miqdorda azotli o‘g‘it solinishini talab qiladi. Ekinda esa o‘sish davrida azotli o‘g‘it 4-5 marta, fosforli-kaliyli o‘g‘it sarfi odatdagi tuproqqa nisbatan 1,5-2 marta ko‘payadi.
Ekin o‘sishi davrida juda ko‘p miqdorda mineral o‘g‘it solinishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun g‘ovaklovchi materiallarni oldindan kompostlash zarur. Buning uchun g‘ovaklovchi material to‘rt-olti oy oldin transheyaga solinishi kerak, uning ustiga suv quyilib, har kub m ga 1,1-5 kg ammiak selitrasi solib, aralashtirib turiladi. Kompost tayyorlash vaqtida bir xil g‘ovaklovchi massa hosil bo‘ladi, u tuproq strukturasini va aerotsiyasini yaxshilaydi.
Tuproqning qattiq, suyuq va gazsimon qismlari orasidagi nisbat 1:1:1 bo‘lganida, ekinning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi.
Bodring yetishtirishda tuproqning qattiq qismini kamaytirish evaziga gazsimon qism og‘irligini bir necha marta oshirish ma’qul ko‘riladi. Chunki bodring va pomidor boshqa ekinlarga qaraganda tuproq g‘ovakligi birmuncha yuqori bo‘lishini talab qiladi.
Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, strukturali issiqxona tuprog‘i har kub sm da 0,4—0,9 g, har kv sm da 1,5—1,8 g umumiy og‘irlikning va umumiy g‘ovaklikning 45—56 foizini tashkil etishi zarur.
Issiqxona tuprog‘i uchun o‘g‘itlar o’sha joyda tayyorlanadi va u yaxshilab aralashtiriladi.
Issiqxonalar ishga tushganidan so‘ng, har yili mavsum boshidanoq har kv m ga 20—25 kg hisobida go‘ng tashlanadi. Issiqxona tuprog‘i tarkibi agrokimyo laboratoriyasida tahlil qilib ko‘riladi.
Ba’zi issiqxonalarda o‘g‘itlash jarayonida azot, fosfor va kaliydan tashqari, magniy sulfatdan ham foydalaniladi. Magniy sulfat bodring ekilgan maydonning har kv m ga 20—30 g dan, pomidor ekiladigan issiqxonalarga har kvadrat metriga 40-50 g dan solinadi. Asosiy oziqlantirishda ham qo‘shimcha oziqlantirishda ham sof mineral o‘g‘itlardan: ammiak, kaliy va kalsiy selitrasi, mochevina, ammoniy sulfat, ammofos, qo‘sh superfosfatdan foydalanish mumkin. Tuproqqa zarur oziq moddalar solinganidan keyin u freza bilan ishlanib, yumshoq holda saqlanadi.
Issiqxonada yetishtirilgan sabzavotlarda faqat makroelementlarga emas, balki rux, mis va bor kabi mikroelementlarga ham talab kuchli bo‘ladi.


Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish