5-Laboratoriya mashg’ulot
Issiqxonalarda ko’chat yetishtirish texnologiyasini urganish Ko’chat
yetishtirishningusuli va uslublar.
Ko‘chatlar asosan parniklarda va issiqxonalarda yoki issiqxonaning maxsus ajratilgan bo‘limida yetishtiriladi.
Issiqxonalarda va parniklarda ko‘chat yetishtirishda ma’lum agrotexnik talablarga rioya qilish shart.
Ko’chat ekishdan oldin issiqxona va uning tuprog‘i hamda ekishda ishlatiladigan asbob uskunalarni yaxshilab dezinfektsiya qilish maqsadga muvofiqdir. Ko‘chat parvarishlanayotgan vaqtda qat’iy karantin choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.
Ko‘chat yetishtirish uchun ekiladigan urug‘ning unib chiqishi, minimal harorat, ekish chuqurligi, nihol o‘sib chiqish vaqtini bilish yoki ko‘chat ekilayotganda uning necha kunlik ekanligi, barglar soni, bo‘yi, poyasini bargini va ildizining umumiy massasini bilish yoki-1000 ta urug‘ining massasini bilish yetishtirilayotgan mahsulotning asosiy sifat ko‘rsatkichlarini belgilaydi va u zaruriy agrotexnik talab hisoblanadi.
Urug‘lardan unib chiqqan o‘simlikning dastlabki ikkita bargi urug‘ palla barg deb nomlanadi va undan keyingi chiqqan barglari chin barg hisoblanadi.
Bodring, pomidor, qalampir ko‘chatlari ildiz tuklarining yuqori qismi parvarishlanayotgan muhit sirtidan 2,5 sm chuqurroqda joylashishi tavsiya etiladi.
Yosh ko’chatlarni parvarishlash muammolardan xoli emas, ya’ni Pithium va Rhizoctonia sip, kasalliklar juda xavfli bo‘lib, bu kasalliklar infektsiyasi tushganda o‘simlik va ko‘chatlar birdaniga yotib qoladi yoki urug‘larning unib chiqishi susayadi. Tuproq ustki qismi balandligi darajasidagi o‘simlik tana qismi qorayadi. Ayniqsa bu kasalliklarni yosh nihollarda kuzatish mumkin. Kasallanishini oldini olish uchun faqat ertalab sug‘orish maqsadga muvofiqdir. Namlikni kamaytirish uchun issiqxonada shamollatish tizimi hamda uning sanitar holati talabga javob berish kerak. Ko‘pchilik sabzavot yetishtiruvchi mutaxassislar, ko‘chat yetishtirish uchun alohida issiqxonalar qurishadi. Ayrim sabzavotchilar qish vaqtlari ko‘chat yetishtirish maqsadida issiqxonani bir qismini vaqtinchalik to‘siq bilan ajratishadi.
Ko‘chat yetishtirish bo‘yicha shug‘ullanuvchi mutaxassislar va olimlar alohida issiqxona qurishni tavsiya etadilar, chunki bu xolda issiqxonaning sanitar holatini va kasallik tarqalishini oldini olishni nazorat qilish oson bo‘ladi.
Pomidor ko‘chati chuqur ekilsa hosilga kirish muddati kechikadi. Ekilgan ko‘chatni 20-30°C haroratda iliq suv bilan birdaniga sug‘orish lozim.
Ko‘chat yerga o‘tqazilgandan keyin unga iliq suv bilan yomg‘irlatib suv berilganda, tuproqdagi namlik 70- 75 foizdan kam bo‘lmasa tuproqdagi namlik uzoq muddat saqlanib turadi.
Ko‘chat ekishda yon qatordagi ko‘chatlar voyaga yetganda bir-biriga soya tushirmaydigan qilib ekish tavsiya etiladi. Pomidor ko‘chatlari bir-biridan 44 - 46 sm oraliqda ekilsa, bir metr kvadrat yerga 3-4 dona nihol to‘g‘ri keladi. Pomidor voyaga yetib, hosilga kira boshlaganda, uni sug‘orish tartibiga e’tibor berish kerak. Zero kam sug‘orish ham, me’yoridan ortiqcha sug‘orish ham hosildorlikka salbiy ta’sir qiladi.
Pomidor nihollari barglarining sarg‘ayganlarini va tuproqqa tegib turganlarini olib tashlash, o‘simliklar orasida xavo almashinishi va yorug‘likning to‘liq tushk- shi uchun bajarilgan qo‘shimcha tadbirlardir.
Issiqxona yuqorisiga mahkamlangan ipning pastki uchini pomidor birinchi bargi ostiga qattiq qismagan holda bog‘lanadi, yoki ehtiyotkorlik bilan pomidor tanasiga o‘rab qo‘yiladi.
Issiqxona harorati 30°C dan oshib ketmasligini nazorat qilib borish ham zaruriy agrotexnik tadbirdir.
Pomidor ko‘chati doimiy joyga ko‘chirib ekilgandan so‘ng 3-4 marta ildizlari qo‘shimcha oziqlantiriladi. Birinchisi ko‘chat ekilgandan 20 kun o‘tkazib, 10 litr suvga bir osh qoshiq miqdorda nitrofos va 0,5 litr sharbatni aralashtirib, har bir tup ko‘chatga 1 litr miqdorda quyib chiqiladi.
Ikkinchi oziqlangirish yana 10 kun o‘tgandan so‘ng 10 litr suvga 1 choy qoshiq kaliy sulfat va 1 osh qoshiqda to’liq oziq moddalar aralashmasidan solib eritma tayyorlanadi, so‘ng 1m2 yerga 5 litr hisobida quyib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |