2. Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari
3. Glossariy
|
4. Ilovalar:
|
a) Fan dasturi
|
b) Ishchi fan dasturi
|
v) Tarqatma materiallar
|
d) Testlar
|
g) Baholash mezonlari
|
е) O‘UMning elektron varianti
|
Ma’ruza matnlari
KIRISH
O‘zbekistonning iqlim sharoiti issiqxona va parniklarda sabzavot yetishtirish uchun juda qulay. Qish oylarining nisbatan iliq bo‘lishi mamlakatimizda yil bo‘yi sabzavot yetishtirish imkonini beradi. Ayniqsa, janubiy hududlardagi issiqxonalar tannarxi shimoliy hududlarga nisbatan 27—31 foiz arzonga tushadi.
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi muhim muammolardan biri bu yuqori sifatli ko‘chat yetishtirishdan iborat. Shu kungacha ko‘chat yetishtirish uchun chuqur qilib ishlanib, go‘ng bilan qizdirilgan parniklardan foydalanib kelingan. Bu esa moddiy jihatdan qimmatga tushadi.
Issiqxona sabzavotchiligi o‘ziga xos soha bo‘lib, u kishidan chuqur va puxta bilim, tajriba talab qiladi. Texnologik jarayonlar diqqat bilan kuzatib turilmas ekan, yuqori hosil olishga erishib bo‘lmaydi. Quyida keltirilgan tavsiyalar issiqxona xo‘jaligi mutaxassislari, tadbirkor va ishbilarmonlar uchun kelgusida yetishtiriladigan ekinlar hosildorligini oshirishga xizmat qiladi. Umuman olganda, issiqxonalar qishki, hatto yil bo‘yi katta daromad olish manbai hisoblanadi.
O‘zbekistonda jahon andozalari talablariga javob beradigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Aholining aksariyat qismi qishloqlarda istiqomat qiladi va ularning ko‘pchiligi zarur bo‘lgan malaka, ko‘nikma va tajribaga ega.
Mamlakatimizda tarmoqqa investitsiyalarni talab qilish imtiyozli kreditlar ajratish budjetdan moliyaviy ta’minlashni kengaytirish va boshqa iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirishga katta e’tibor berilmoqda.
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan huquqiy asos yaratildi, jamoa, ijara va xususiy mulk tamoillari asoslariga shirkat, fermer va dehqon xo‘jaliklarini birlashtiradigan klasterlar tashkil etildi.
Korxonada ishlab chiqarishni samarali tashkil etish va bu uzoq muddatga mo‘ljallangan maqsadni aniqlash, ishlab chiqarishning istiqbolli dasturini ishlab chiqish tashkiliy va boshqaruv tizimini to‘g‘ri belgilash, xo‘jalikni oqilona yurita olishni asoslash, zaruriy resurslarni shakllantirish, xo‘jalik ichki iqtisodiy munosabatlarini to‘g‘ri belgilash, hisobot va nazorat hamda rejalashtirishning samarali tizimini joriy qilish, sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish, ishlovchilarga qulay ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish demakdir. Shuningdek qishloq xo‘jaligining barcha sohalarida ishlab chiqarish tamoillari, usullari va shakllarini ishlab chiqishda zamonaviy issiqxonalar tashkil qilish va ulardan foydalanish juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |