"agrokimyo va tuproqshunoslik" kafedrasi issiqxona ekinlari urug‘chiligi va ko‘chatchiligi


Plyonkali isitiladigan issiqxonalarni tayyorlash va undan foydalanish



Download 1,6 Mb.
bet7/69
Sana10.07.2022
Hajmi1,6 Mb.
#771859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   69
Bog'liq
Мажмуа Иссиқхона уруғ ва кўчат

3.Plyonkali isitiladigan issiqxonalarni tayyorlash va undan foydalanish. Buning uchun ochiq bir gektar maydonga (55-60 ming tup ko‘chat ekish uchun) 150-200 kv m plyonka ketadi. Issiqxonalarning shakli va konstruktsiyasi juda turli- tuman bo‘ladi. Biroq ertangi karam va pomidor ko‘chatlarini (tuvakda ko‘chat yetishtirish) isitiladigan plyonkali issiqxonalarda yetishtirish zarur.
Tuproq unumdor bo‘lmasa, ko‘chat yetishtirishning foydasi yo‘q. Tuproq aralashmasining 40 foiz dala tuprog‘i, 40 foiz chirindi va 20 foiz sholi qipig‘idan iborat bo‘lishi zarur. G‘ovaklovchi moddalarni aralashtirib kompost tayyorlashda ular miqdorini tuproq yoki chirindi hisobiga 40 foizgacha ko‘paytirish mumkin. Bunday tuproq aralashmasining fizik xususiyati juda yuqori bo‘ladi; uning hajmiy og‘irligi har kub sm da 0,5 dan 1,0 g gachani tashkil etadi. Issiqxonalarda optimal massa bodring uchun har kub sm da 0,5, pomidor uchun 0,8 va boshqa ekin ko‘chatlari uchun har kub sm da 0,5 g talab etiladi.
Kompostlanmagan g‘ovaklovchi materiallardan foydalanishda (yog‘och qirindisi, sholi qipig‘i va boshq.) azotli o‘g‘it miqdorini 100 kg g‘ovaklovchi modda uchun 0,1-1,0 kg gacha yetkazish mumkin. Bir gektar yerdagi plyonkali issiqxonaga 10 sm qalinlikda aralashma solish uchun aralashma 1000 kub m, 30 sm qalinlikda solish uchun 3000 t talab qilinadi.
Bunday to‘yimli aralashma tarkibida asosiy oziq elementlari quyidagi miqdorda bo‘lishi zarur 100 g tuproq tarkibidagi N 15-25; R 20- 30; K 20-35 mg bo‘lgani holda azotning 100 g tuproq tarkibidagi quyi chegarasi N 5-7; R 20-25 ; K 20-40 mg, azotning 100 g tuproq tarkibidagi yuqori chegarasi - 100-120. R 20 -50-70 va K 20 - 160-180 mg. Bo‘z tuproqli yer tarkibida mikroelementlar juda kam 1 kg tuproq tarkibida 0,4-1,7 mg harakatchan bor, 5-20 mg mis bor. Marganets, rux va kobalt mutlaqo yo‘q.
Ilmiy jihatdan asoslangan tavsiyalarga muvofiq 1 kg tuproq tarkibida eng kamida 0,3-0,5 mg bor; 1-3 mg mis; 11-50 mg marganets; 1,1-3 mg rux va 0,6-0,2 mg molibden bo‘lganida mikroelementlar solinishi zarur.
Shuning uchun issiqxona tuproq aralashmasini tayyorlashda har kub metr aralashmaga 300 g ammiak selitrasi, 40 g dan qo‘sh superfosfat, 400 g dan ammoniy sulfat, 1,5 g dan mis kuporosi, 3 g dan ammoniy molibdat sulfat, 0,5 g dan natriy sulfat, 2,25 g dan marganets sulfat va 0,7 g dan rux sulfat qo‘shiladi.
Sabzavot va ko‘chat yetishtirish uchun muhim tadbirlardan biri bu begona o‘tlarga qarshi kurash. Ko‘chat yoppasiga ekilganida begona o‘tlarga qarshi kurash nihoyatda qiyin. Buning uchun ekin, albatta, o‘toq qilinishi kerak. Buning uchun juda ko‘p ishchi kuchi talab qilinadi. Bundan tashqari, ko‘chatlar qalinlashib ketganligi sababli o‘toq qilish davrida ko‘chatlarning ko‘pi o‘tlar bilan birga yulinib ketishi mumkin. Shuning uchun ham begona o‘tlarga qarshi ekish davrigacha kurash olib borilishi zarur. Urug‘ sepilguniga qadar har ga yerga quyidagi preparatlarni 5-7 sm chuqurlikda solish foydali. Har ga yerga 0,5-0,75 kg dan treflan, 4 kg dan tilan, 6 kg dan definomid solinadi.
Urug‘ ko‘chatlar qishlik iliq issiqxonalarda yetishtiriladi va bunda har kvadrat metrga 10-13 g dan urug‘ sarflanadi. Shunda har kv m dan 2500-3000 dona ko‘chat olinadi, ular bir-ikkita chinbarg chiqarganida tuvaklarga o‘tqaziladi. Urug‘ sepish paytida issiqxona harorat 20-25°C dan 30°C gacha issiq bo‘lishi zarur. Nihollar paydo bo‘lganidan keyin haroratni keskin pasaytirib, ertagi karam nihollari uchun kechasi 12°C аtrofidа, pomidor nihollari uchun 15°C, shirin qalampir va baqlajon nihollari uchun 17°C atrofida, ertagi karam ko‘chati uchun kunduzi harorat 15-17°C, pomidor ko‘chati uchun 18-20°C va qalampir hamda baqlajon ko‘chati uchun 20-22°C bo‘lishi zarur. O‘suv davri davomida karam ko‘chatlari uchun harorat 18-20°C, pomidor ko‘chatlari uchun 23-25°C, shirin qalampir va baqlajon ko‘chatlari uchun 26-28°C atrofida bo‘lishi lozim. Aks holda nihollar bo‘yiga cho‘zilib nimjonlashadi va tezda kasallikka chalinadi. Tuvaklarda yetishtirilgan ko‘chatlar jami ekin maydonining kamida 10 foizini band qilishi kerak.
Ko‘chatlarni yakkalash qilmasdan yetishtirsa ham bo‘ladi. Yakkalashda nihol ildizining 70 foizi uzilib tuproq ostida qoladi. Yosh nihollarning uzilib qolgan qismi tiklanishi uchun yana 10-15 kun talab qilinadi. Bundan tashqari, yakkalanmagan ko‘chatlarga nisbatan yakkalashgan pomidor ko‘chatlari virus kasalliklariga ko‘proq chalinadi. Yakkalamasdan pomidor ko‘chatlari yetishtirish uchun har kv m ga 1,5-2 g karam ko‘chatlari uchun 2/03 g urug‘ sarflanadi. Tajribali issiqxonachilar qo‘lda sepadilar, biroq parnikka urug‘ sepishda pomidor urug‘i uchun ko‘zlarining yirikligi 5 mm karam urug‘i uchun 5,5 mm bo‘lgan oddiy qo‘l seyalkalaridan foydalanilgan ma’qul. Shunda har kv m maydondan 300- 350 dona ko‘chat olinishi mumkin.
Yakkalashmasdan ko‘chat yetishtirish yangi ko‘chatchilik inshootlarini qurish va plyonkali issiqxonalarni ishga tushirish bilan bog‘liq bo‘lgan chiqimlarni kamaytirishga imkoniyat yaratadi.
Yakkalab ko‘chat yetishtirish uchun tuproq qanday tayyorlansa, tuvaklarda ko‘chat yetishtirishda ham shu usul qo‘llaniladi.
Plyonkali issiqxonalarlarni shamollatish ko‘chatlar yakkalanganidan keyin boshlanishi lozim. Bu yon tomondagi tuynukni ochish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ko‘chatlar dalaga ekilishidan 10-15 kun oldin hamma tomondagi tuynuklar ochib qo‘yiladi. Shunda harorat va havo namligi kamayadi. Natijada, ko‘chatlar chiniqadi. Chiniqqan ko‘chatlar ochiq maydonlarga ekilganida yaxshi rivojlanib kasallikka kam chalinadi.
Sabzavotlar plyonkali issiqxonalarda yetishtirilganida harorat va namlik oynavand issiqxonalardagi kabi bir me‘yorida saqlanishi lozim. Tashqi harorat optimal darajadan past bo‘lganida tomga yopiladigan plyonkani 5-10 maygacha (hali sovuq bo‘lish xavfi bo‘lganida) olib tashlamasdan saqlab turish kerak. Plyonka olinganidan keyin ko‘chatlar parvarishi ochiq maydondagi ko‘chatlar parvarishi kabi amalga oshiriladi.
Isitiladigan plyonkali issiqxonalarda ham oynali issiqxona kabi uch marta ekin ekish mumkin. Plyonkali issiqxonalar uchun pomidor ko‘chatlarini ilgari sinab ko‘rilganidek parniklarda emas, balki issiqxhonalarda yetishtirish tavsiya etiladi.
Kuz-qishki davr uchun pomidor ko‘chatlari va bodring urug‘ini ekish ishlari 16-20 avgustda boshlanadi. Pomidor va bodring o‘sib. chiqqanidan keyin issiqxonalar plyonka bilan berkitiladi. Chunki bu vaqtda kechalari harorat ancha pasaygan bo‘lib, plyonka ko‘chatlarni sovuqdan saqlaydi.

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish