14-rasm.Issiqxonada pomidor 15-rasm.Issiqxonada pomidor ko‘chatini
ko‘chatini tayyorlash yetishtirish
2.Respublikamizda isitiladigan hamda isitilmaydigan plyonkali issiqxonalar mavjud. Isitiladigan issiqxonalarda ham oynavand issiqxonalarda ham bir xil navlar yetishtiriladi, mahsulot yetishtirish texnologiyasi ham deyarli bir xil. Bu issiqxonalardan karam va pomidor ko‘chati yetishtirishda ham foydalanish mumkin. Bunday sharoitda karam ko‘chatlari biologik yoqilg‘i bilan isitiladigan parniklardagiga nisbatan birmuncha ertaroq yetiladi.
Ko‘chatlarning o‘sishi va rivojlanishiga mikroklimat elementlaridagi farq juda katta ta’sir etadi. Issiqxonalarga ekilgan karam urug‘i uch-besh kunda unib chiqadi va nihollarni o‘n-o‘n ikki kundan keyin yakkalash mumkin. Yakkalangan nihollar 25-30 kunda besh-oltita barg chiqaradi va u ko‘chatlar ekish uchun tayyor hisoblanadi. Shuning uchun ham karamni plyonkali issiqxonaga ekish, parniklarga ekish uchun mo‘ljallangan muddatdan 20-25 kun kech boshlanadi.
Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlarida noyabr oyining oxiri dekabr oyining boshida, Toshkent va Samarqand viloyatlarida dekabr oyining oxiri - yanvar oyining boshlari karam ekishning qulay vaqti hisoblanadi. Farg‘ona va Andijon viloyatlarida bu muddat o‘n kun oldinroq, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 20 kun kechroq ekilishi mumkin. Plyonkali issiqxonalarda sabzavot yetishtirish usuli parniklarda sabzavot yetishtirish kabi. Shunday qilib, parniklarda karam ko‘chati 65-70 kunda yetishtirilsa, isitiladigan issiqxonalarda 40-45 kunda ekish uchun tayyor bo‘ladi.
Ochiq maydonlarda mo‘l hosil yetishtirish uchun yuqori sifatli ko‘chatlar yetishtirilishi zarur. Ular standart talabga javob berishi kerak: pomidor ko‘chatlarining bo‘yi 16-20 sm, 6-8 ta chinbarg chiqargan, tuproq osti qismida 13-16 ta ildiz bo‘lib, 0,6-1 g, bo‘lishi kerak; karamning bo‘yi 16-17 sm, 5-6 ta chinbarg chiqargan, tuproq ustidagi qismi 10-15 g, ildizlari 0,4-0,6 g keladi.
Bunday ko‘chatlarni yetishtirish uchun quyidagi shartlarga qat’iy amal qilish kerak.
Urug‘ning unib chiqishi, o‘sish energiyasini tekshirish va unga ega bo‘lishi uchun urug‘lik birinchi klassdan past bo‘lmasligi zarur. Ular osh tuzining 5 foizli eritmasida kalibrlangan, konditer sanoatida qo‘llaniladigan drajiratorlarda 3-4 sm li qilib donadorlashtirilgan bo‘lishi kerak. Urug‘ning unuvchanlik va unib chiqish energiyasini kuchaytirishda samarali usullardan biri uni kislorod ballonli, ichki tomoni sirlangan, achimaydigan materialdan ishlangan maxsus qurilmalarda dorilashdir. Urug‘ idish ichida suv bilan aralashtiriladi, unga 24 soat davomida kislorod yuborib aeratsiya qilinadi. Bu usul juda oddiy bo‘lib, uning samaradorligi katta urug‘lar bir hafta ilgari unib chiqadi va o‘sish energiyasi 20-25 foiz ortadi. Shu maqsadda har qanday hajmdagi idishga suv quyib ishlatish, havo yuborishda esa ventilyator bilan jihozlangan traktordan foydalanish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |