"agrokimyo va tuproqshunoslik" kafedrasi issiqxona ekinlari urug‘chiligi va ko‘chatchiligi



Download 1,6 Mb.
bet4/69
Sana10.07.2022
Hajmi1,6 Mb.
#771859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
Мажмуа Иссиқхона уруғ ва кўчат

Ko‘chat tayyorlash vaqti:
1.Kuzgi – qishki mavsum: sentabr
2. Qishki–bahorgi mavsum: noyabr – dekabr
3. Yozgi – kuzgi mavsum: iyun
Yozgi–kuzgi va kuzgi-qishki mavsum uchun urug‘lar tuvakchalarga ekish yo‘li bilan, qishki – bahorgi mavsum uchun urug‘ni tuvakchalarga ekish usuli va pikirovka qilish usuli to‘g‘ri keladi.
Ko‘chat yetishtirish uchun issiqxonaning kunduzgi harorati 18-20°S, kechki harorat esa, 15-16°S bo‘lgani ma’qul.
2. Qishloq xo‘jaligi sohasidagi muhim muammolardan biri bu yuqori sifatli ko‘chat yetishtirishdan iborat. Shu kungacha ko‘chat yetishtirish uchun chuqur qilib ishlanib, go‘ng bilan qizdirilgan parniklardan foydalanib kelingan. Bu esa moddiy jihatdan qimmatga tushadi.
Issiqxona sabzavotchiligi o‘ziga xos soha bo‘lib, u kishidan chuqur va puxta bilim, tajriba talab qiladi. Texnologik jarayonlar diqqat bilan kuzatib turilmas ekan, yuqori hosil olishga erishib bo‘lmaydi. Quyida keltirilgan tavsiyalar issiqxona xo‘jaligi mutaxassislari, tadbirkor va ishbilarmonlar uchun kelgusida yetishtiriladigan ekinlar hosildorligini oshirishga xizmat qiladi. Umuman olganda, issiqxonalar qishki, hatto yil bo‘yi katta daromad olish manbai hisoblanadi.
O‘zbekistonda jahon andozalari talablariga javob beradigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Aholining aksariyat qismi qishloqlarda istiqomat qiladi va ularning ko‘pchiligi zarur bo‘lgan malaka, ko‘nikma va tajribaga ega.
Mamlakatimizda tarmoqqa investitsiyalarni talab qilish imtiyozli kreditlar ajratish budjetdan moliyaviy ta’minlashni kengaytirish va boshqa iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirishga katta e’tibor berilmoqda.
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan huquqiy asos yaratildi, jamoa, ijara va xususiy mulk tamoillari asoslariga shirkat, fermer va dehqon xo‘jaliklarini birlashtiradigan klasterlar tashkil etildi.
Korxonada ishlab chiqarishni samarali tashkil etish va bu uzoq muddatga mo‘ljallangan maqsadni aniqlash, ishlab chiqarishning istiqbolli dasturini ishlab chiqish tashkiliy va boshqaruv tizimini to‘g‘ri belgilash, xo‘jalikni oqilona yurita olishni asoslash, zaruriy resurslarni shakllantirish, xo‘jalik ichki iqtisodiy munosabatlarini to‘g‘ri belgilash, hisobot va nazorat hamda rejalashtirishning samarali tizimini joriy qilish, sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish, ishlovchilarga qulay ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish demakdir. Shuningdek qishloq xo‘jaligining barcha sohalarida ishlab chiqarish tamoillari, usullari va shakllarini ishlab chiqishda zamonaviy issiqxonalar tashkil qilish va ulardan foydalanish juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Urug‘ tuproqqa hech qanday aralashmasiz ekiladi. Pomidor va bodring urug‘i ekishdan oldin qizdirib olinib, turli infektsiyalari o‘ldiriladi. Buning uchun 250-300 g urug‘ ketadigan, hajmi 75x15x25 sm2 li xaltacha olinadi, bunda urug‘ qatlami ko‘pi bilan 2-3 sm bo‘lishi va ikki sutka davomida termostatda 50-52°C issiqda saqlanadi, so‘ngra bir sutka 80°S da tutiladi.
Bir tekis qizdirish uchun xaltadagi urug‘ har soatda aralashtirib turiladi. Ikki sutka davomida qizdirilgan urug‘larda zamburug‘ mitseliylari qo‘zg‘alib o‘sa boshlaydi, lekin harorat uch sutka davomida 80°C ga yetganida infektsiya nobud bo‘ladi.
Urug‘ni solishtirma og‘irligi bo‘yicha saralash tavsiya etiladi, so‘ngra ular kalibrlanadi. Buning uchun qizdirilgan urug‘lar osh tuzining 5 foizli eritmasiga solinib, 3 minut davomida uzluksiz aralashtiriladi. Har bir urug‘ 5 l dan mana shunday osh tuzi eritmasiga solinadi. So‘ngra eritma betiga qalqib chiqqan urug‘ elak yoki dokada suzib olinib, suv tagiga cho‘kkan chiqindilari esa bir necha marta toza suvda chayib tashlanadi.
Virus infectsiyasi rivojlanishining oldini olish va o‘simliklarda virusga qarshi chidamlilik darajasini oshirish uchun urug‘ metilen ko‘kining suvdagi eritmasi yoki anabazin- sulfatga solib ivitib qo‘yiladi. Buning uchun urug‘lar bir kecha-kunduzda 20-22°C dagi 0,03 foizli metil ko‘kiga yoki o‘n olti soat 0,05 foizli anabazin- sulfat eritmasiga solib qo‘yiladi. Bunda har kilogramm urug‘ga 900 mg metilen ko‘ki yoki 1,5 gа anabazin- sulfatning uch l suvdagi eritmasi sarflanadi.
Ivitilgan urug‘lar yaxshilab quritiladi va birorta preparat bilan upalanadi. Buning uchun quyidagi preparatlardan foydalanish mumkin: bir kg urug‘ga 2 gа granozan, 3 gа merkuran, 8 gа TMTD olinadi. Bu jarayon qopqog‘i zich berkitiladigan shisha yoki tunuka idishda olib boriladi. Urug‘ shu tartibda dorilanganidan keyingina ekiladi.
O‘simliklarni parvarish qilish davrida issiqxona haroratining optimal rejimiga rioya qilinishi zarur: oftob chiqqan kunlarda 25-28°C, havo bulut kunlari 20-22°C va kechasi 18°C bo‘lishi lozim. Haroratning 13-15°C ga tushishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, chunki o‘simliklar juda nimjonlashib kasallikka chidamsiz bo‘lib qoladi. O‘simlik harorat 15°C dan past bo‘lganda va 45°C dan oshganida meva tugmaydi.
Issiqxonada havo namligi pomidor uchun 60-65 foiz va undan past, bodring uchun 85-95 foiz bo‘lishi kerak. Respublikamizning iqlim sharoitidan kelib chiqib, pomidor uchun issiqxonada optimal namlikni saqlash juda muhim. Bodring yetishtirishda esa issiqxona tomi, trubalari, yo‘laklarini suv bilan namlab turish zarur. Agar sizda yomg‘irlatish qurilmasi bo‘lsa, juda yaxshi u yordamida issiqxona harorati namlanib turiladi.
Kasalliklar va zararkunandalarga qarshi muntazam ravishda profilaktika tadbirlari olib boriladi. Unshudring kasalligiga qarshi kurash usullaridan biri isitadigan trubalarga 1:9 nisbatda un va oltingugurtli bo‘tqa suriladi. Trubalar isigan sari oltingugurt qizib, undan bug‘ ajralib chiqa boshlaydi va unshudring kasalligining qo‘zg‘atuvchilariga ta’sir etadi.
Ukrainada bu usulga birmuncha o‘zgarishlar kiritilgan. Issiqxona ustunlariga (5-6 ta joyda) 20-30 g oltingugurt kukuni solingan idishchalar qo‘yiladi va ularga elektroprovod ulangan plastinka o‘tkaziladi. Natijada, elektr tokidan qizigan oltingugurt tutay boshlaydi.
Unshudring va o‘rgimchakkanaga qarshi kurashda samarali usullardan biri o‘simliklarga fundazol va uzgen purkashdir. Unga qarshi kechasi issiqxona harorati 20-22°S bo‘lganda, kasallikka butunlay xotima beriladi.
Ekinlar yil fasllariga qarab sug‘oriladi. Bodring me’yorida sug‘oriladi va tuproq namligi 85-90 foizdan kamayishiga, pomidor uchun tuproq namligining 80 foizdan ortishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bodring avgust- sentabr oylarida 4-5 kunda, pomidor 6-7 kunda sug‘orib turiladi. Sovuq tusha boshlagan va kunlar qisqargan kuz oylarida bodring har o‘n kunda sug‘orib turilsa, pomidor har 15 kunda sug‘oriladi. Bahor kelishi bilan yana asta-sekin tez-tez sug‘orila boshlanadi.
O‘zbekiston sharoitida uch marta ekin ekish maqsadga muvofiq: kuz-qishki, o‘tish davridagi va qishki-bahorgi. Issiqxonalardagi almashlab ekish foiz hisobida quyidagicha bo‘lishi lozim: kuz-qishki va qish-ko‘klamgi almashlab ekish 60 foiz, o‘tish davridagisi 40 foizni tashkil etadi.
3.Issiqxona usti oynavand romlar shaffof plyonka bilan yopilib dehqonchilik qilinadigan qurilmadir.
Issiqxonaning bir nishablik, blokli, minorali, ikki nishabli, orqa shakldagi turlari mavjud.
Тalabalarga issiqxona qurish va qurilish materiallari tanlash bo‘yicha quyidagi amaliy tavsiyalar berish rejalashtirilgan, ammo bu unchalik oson bo‘lmagan masalani barcha savollariga to‘liq javob berish anchagina mushkul, chunki issiqxonaning o‘lchami, shakli har xil bo‘lib, shu bilan birga funktsional ta’siri va tashqi ko‘rinishi ham xilma-xildir. Shuning uchun, taklif etilayotgan tavsiyalar mutaxassis quruvchilar emas, balki ommabop, ya’ni qurilishdan kamroq bo‘lsada tushunchasi bo‘lgan, o‘zi mustaqil ravishda issiqxona qura oladigan tadbirkorlar uchun mo‘ljallangandir.
Issiqxona qurish ham uy qurishga o‘xshash ko‘pgina arxitektura talablariga javob berishi kerak. Masalan issiqxona karkasi avvalambor, o‘zining og‘irligini va shamol bosimi ta’siridan bo‘ladigan qo‘shimcha yuklanishlarni ko‘tarishi kerak.
Issiqxona umumiy og‘irligini o‘rtacha hisoblab uylarning fundamentiga qo‘yiladigan talablar asosida qo‘yilishi lozim. Bundan tashqari, issiqxonaga qo‘yiladigan ko‘pgina funktsional talablar ham mavjuddir.
Umuman olganda issiqxonaning o‘lchamlari, loyihasining oddiyligi jihatdan unchalik katta va murakkab emas, ammo bunday qurilish ob’ektiga harorat va namlikka nisbatan alohida talablar qo‘yiladi, shu sababli qurilishda xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun, shu ixtisoslik bo‘yicha mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda qurilishni tavsiya etamiz.
Qurilish ishlarini boshlashdan oldin avvalo tayyorgarlik ko‘rish maqsadga muvofiqdir, buning uchun xududning iqlimi sharoitini o‘rganish, tuproq xususiyatini aniqlash va isitish tizimini tanlash masalalari hal qilinishi kerak.
Issiqxonadan qanday aniq maqsadda foydalanish yoki ko‘p maqsadli qilib qurish uchun loyihalashtiriladi. Loyihalashtirishda alternativ variantlar ham ko‘rib chiqiladi va imkoniyat hamda iqlim sharoitidan kelib chiqib, eng ma’qul varianti tanlanadi.Tanlangan loyihani amalga oshirish uchun avvalom bor, qurilish rejasi tuziladi va o‘rtacha sarf-harajatlar hisoblab chiqiladi. Shundan keyin qurilish ishlarini boshlash kerak bo‘ladi
Parnik – yerga qisman yoki to‘liq ko‘milgan usti shaffof material bilan yopilgan ko‘chat va ertachi sabzavot yetishtirishga mo‘ljallangan qurilmadir.
Issiq parniklar yerdan 50-60 sm chuqurlikdan 70-80 sm gacha chuqur qaziladi va erta bahorda foydalaniladi. Ko‘chat yetishtiriladigan parniklarda go‘ngni qalinligi 10-12 sm ni tashkil qiladi.
Parniklar janubga yoki janubiy-sharqqa qiyaroq soya tushmaydigan va yer osti suvlari kamida 1,5 metr chuqurlikda bo‘lgan joylarga quriladi.
Parniklardan asosan bahorda va kuzda foydalaniladi. Yerga ishlov berishni mexanizatsiyali va ko‘p mehnat talab qilinishi hamda iqtisodiy samaradaorligi pastligi uchun, hozirgi vaqtda himoyalangan tuproq qurilmasi sifatida parnikdan foydalanish ma’nan eskirgan usuldir.
Issiqxona qurish uchun tanlangan joy agrotexnika agrometeriologiya talablariga javob berishi kerak. Tuproq drenaj tizimi strukturasi, unumdorligi yaxshi bo‘lgan tekis joy tanlanadi. Sug‘orishda ishlatiladigan suv sifati va ta’minlanishda muammolar bo‘lmasligini nazarda tutish zarur.
Issiqxona quriladigan joyda harorat keskin o‘zgarishdagi saqlangan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Hozirgi vaqtda muqobil isitish tizimi o‘rnatilgan issiqxonalarni qo‘shimcha isitish uchun eng arzon yoqilg‘i tabiiy gaz bo‘lganligi uchun gaz quvuri o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lishi kerak.
Amerikaning Kaliforniya shtatidagi mutaxassislar issiqxonalarda jo‘yaklarni shimol tomonidan janubga qarab olishni tavsiya etiladi, ularning asoslashiga baland o‘sadigan pomidor va bodringlar bunday usulda ekilganda bir-biriga soyasi kamroq tushadi.
Issiqxonalar bir yoki ikki nishabli bo‘lib, quyosh nuri yoki boshqa muqobil isitish tizimlaridan foydalanib isitiladigan turlari mavjud.
Qanday ekin ekilishi va foydalanish muddatiga qarab issiqxonalar issiq, iliq va sovuq turlariga bo‘linadi.
Issiqxona-sabzavotkorlar uchun yorug‘likni issiqlikka aylantiruvchi qurilma bo‘lsa, o‘simlik uchun unda kechadigan fotosintez jarayonini yorug‘lik bilan ta’minlovchi hamda sovuqdan, yomg‘irdan va shamoldan himoyalovchi qurilmadir.
Pona shaklda bir nishabli issiqxonalar yaxshi iqtisodiy samara beradi, ammo uning namliligi issiqxonani eniga, ya’ni janub tomonga talab darajasidan ziyoda kengaytirish, tuproqqa texnika yordamida ishlov berishda va o‘simlik uchun qulay mikroiqlim sharoiti yaratishda bir qator qiyinchiliklar tug‘diradi.
Yuzasi janub va shamol tomonga qaratilib qurilgan issiqxonalarning ichidagi havo harorati, yuzasi g‘arb va sharq tomonga qaratilib qurilgan issiqxonalardagiga nisbatan kunduz kunlari 5-60C, kechalari 2-30C yuqori bo‘lishi kuzatilgan.
Yakka tadbirkorlar yoki xo‘jaliklardagi qurilgan issiqxona loyihasi agrotexnika talablari qatorida issiqlik texnikasi talablariga ham javob berishi lozim. Pomidor, bodring, sitrus mevalar va ko‘chat yetishtirilishiga qarab issiqxona tashqi ko‘rinishi, formasi, eni va ustki qismining shakli tanlab loyixalashtiriladi.
Yakka tartibda har bir xonadonda kichik o‘lchamda bo‘lsa ham issiqxonalar qurib, ro‘zg‘or uchun yetarli sabzavot va salatlar ta’minlab turish mumkin. Sankt-Peterburglik sabzavotchi Y.Vasilev yorug‘lik nurini qaytaruvchi ekranli parnik taklif etadi. Uning asosi bir tomonlama yopilgan va chuqurlashtirilgan biologik yoqilg‘ili parnikdir. Parnikning shimoliy devorini ichki tomoniga bir metr balandlikda butun uzunligi bo‘yiga ko‘zgu joylashtirib chiqilgan. Ko‘zgudan qaytgan nur hisobiga o‘simliklar quyosh energiyasidan to‘laroq bahramand bo‘ladi va parnik haroratini 2-30C gacha ko‘tarish imkoniyati yaratiladi.

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish