2-Laboratoriya mashg’ulot Issiqxonalarda ko’chatlarni yetishtirishda mikroiklimlashni sozlash. 3. Isitish tizimidan qat’iy nazar, har qanday issiqxona va parnikdagi mikroiqlim sharoiti agrobiologik talablarga javob berishi shart.
Mikroiqlim sharoitini quyidagi asosiy parametrlar xarakterlaydi; Tuproq va havo harorati
Havoning nisbiy namligi
Issiqxona ichidagi havoning harakat tezligi
Mikroiqlimning eng asosiy majburiy, sharti, umumiy namlik darajasini ushlab turishi va nisbiy namlik issiqxonaning hamma joyida bir xil bo‘lishini ta’minlashdir. Buni issiqxonaning hamma joyida bir xil miqdorda sug‘orish bilan bajarish mumkin. Tuproqning qurib qolishi yoki suv bilan ta’minlanishini me’yoridan kam bo‘lishi, o‘z navbatida hosildorlikni pasayishiga va har xil kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi, bu ayniqsa bodring yetishtirishda sezilarli bo‘ladi.
Issiqxonalarni foydalanish muddatiga qarab ikki guruhga bo‘lish mumkin, qishgi va bahorgi.
Bahorgi issiqxonalarda havoning sovuq kunlarida qo‘shimcha isitish tizimi loyihalashtiriladi. Sun’iy isitish tizimi bo‘lgan issiqxonalarda issiqlik beruvchi manbalari ham turli xil bo‘ladi. Issiqxonalardagi parvarishlanayotgan o‘simlik agrotexinik rejimi va iqtisodiy samaradorlikni e’tiborga olgan holda isitish tizimini har xil kombinatsiyada- qizdirilgan havo, tuproq ostidan qizdirish va konturdan qizdirish usullaridan foydalanish mumkin.
Issiqxonani isitishga bo‘lgan talab nozik bo‘lib, tashqi muhitning o‘zgaruvchanligiga, ya’ni hududning iqlim sharoitiga va o‘simlikni parvarishlash texnologiyasiga hamda har xil o‘suv davriga qarab mos keluvchi mikroiqlim sharoitini yaratish zarurati tug‘iladi.
Kuzgi va bahorgi issiqxonalar bu zarurat aniq bajarilishini talab qiladi, chunki tashqi muhit fizik holatini ifodalovchi ko‘rsatgichlari ya’ni harorat va quyosh nurlanishi tez o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shuning uchun, isitish tizimi ham sinhron ravishda o‘zgarib turishi va shu bilan bir vaqtda tuproq va havo harorati, tabiiy yorug‘lik intensivligi agrotexnika talablariga javob berishi kerak.
Issiqxona o‘simlik o‘sishi uchun yaroqsiz bo‘lsa, agrotexnika talablariga javob bermasa, issiqxonada zaruriy mikroiqlim yaratilmagan deb hisoblanadi. Agarda quruvchilar yuqori mahorat bilan qurganda ham issiqxonada ishlovchi insonlar uchun va o‘simlik o‘sib rivojlanishi hamda yuqori hosil berishi uchun ideal sharoit yaratilmasa yoki quyoshga nisbatan noto‘g‘ri yo‘nalishda qurilgan bo‘lsa va to‘liq germetizatsiya qilinmagan bo‘lsa, ya’ni oyna va devor tirqishlaridan shamol o‘tsa yoki issiqlik chiqib ketsa va issiqxonani yetarli darajada shamollatish nazarda tutilmagan bo‘lsa hamda havoning issiq kunlari sun’iy hosil qilishni imkoni yaratilmagan bo‘lsa ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi.
Issiqxona binosi oyna yoki plyonka bilan yopilganda uning mikroiqlimiga quyidagicha ta’sir qilishi mumkin.
Issiqxona ichidagi harorat tashqi muhit haroratidan yuqori bo‘ladi.
Tuproq harorati yetarli darajada ko‘tariladi, ayrim hollarda me’yoridan yuqori darajaga ko‘tarilib ketib ayrim o‘simlik urug‘lari unib chiqishi to‘xtaydi.
Issiqxonadagi yoritilganlik ochiq maydondagiga nisbatan ikki barobar kamayadi
Issiqxonaga tushuvchi quyosh yorug‘lik oqimi miqdori, ustki qismiga yopilgan materialga bog‘liq bo‘ladi.
Issiqxona ustiga yopiladigan yorug‘likni o‘tkazuvchan materiallar yorug‘lik spektrini tanlab yutishga asoslangan, shuning uchun ayrim kerakli yorug‘lik spektrlari ba’zi materiallardan umuman o‘tmaydi.
Shamol ta’siri to‘liq yo‘qotilganda, issiqxona xizmatchilari va o‘simliklar uchun qulay sharoit yaratiladi.
Havo almashinishi yomonlashsa o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan karbonat аngidrid (SO2) miqdori kamayadi.
Har xil hidlar paydo bo‘ladi.
Issiqxona o‘simlikni tabiiy yomg‘irdan himoya qiladi, shuning uchun o‘simlik uchun zarur bo‘lgan tuproq namligini ta’minlash, to‘liq issiqxona xizmatchisi zimmasiga yuklatiladi.
O‘simliklar uchun foydali hasharotlarning kirishi faqat shamollatish o‘rnatilgan tuynuk yoki eshikdan kirishi mumkin bo‘ladi.
O‘simlik zararkunandalarining kirishi ham cheklanadi, ammo issiqxonaga kam miqdorda kirsa ham ularning urug‘lanishi va ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratiladi
Issiqxonada nisbiy namlik o‘simlik uchun me’yoridan yuqori bo‘ladi, uzoq muddat yuqori namlikda turgan o‘simliklarda har xil kasallik paydo bo‘ladi, masalan (mog‘or zamburug‘).
Issiqxonalardagi ortiqcha namlik inson uchun qo‘shishga qiyinchilik tug‘dirmaydi, balki salomatligiga zarar keltiradi.
Issiqxonada o‘simlik ko‘p bo‘lgani uchun havoda kislorod miqdori uylardagiga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Bu esa inson uchun foydalidir.
Yuqorida keltirilgan hodisalar bir-biriga bog‘liqdir, masalan quyosh botishi vaqtida issiqxona yoritilganligi pasayadi va haroratning tushishiga olib keladi, shu bilan bir vaqtda namlik ko‘tariladi va havo almashinishi yomonlashadi.
Issiqxona xizmatchisi murakkab va dinamik o‘zgaruvchan mikroiqlim sharoitini qisman o‘zgartirishga qodirdir. U bunday o‘zgarishlarni oldindan aniqlashni o‘rganishi, ya’ni gigrograf, gigrometr, termograf termometr, aspiratsion psixrometrlar, barograf, barometrlardan foydalana bilish lozim.
Umuman olganda, hozirgi vaqtda, issiqxonalarda zaruriy mikroiqlim sharoitini boshqarib turuvchi avtomatik tizimlar yaratilgan.
Qish faslida va erta bahor yoki kech kuzda sabzavotkorlar issiqxonani maksimal yoritilishini ta’minlash harakatini qilishadi, issiq kunlari esa me’yoridan ortiq quyosh nuri energiyasidan saqlash choralarini ko‘rishadi. Bunday vaqtda issiqxonada soya hosil qilish o‘simliklarning o‘sish jarayonini to‘xtatmaydi.
Agarda issiqxonalarda me’yorda ishlaydigan shamollatish tizimi mavjud bo‘lsa, soya hosil qilish talab qilinmaydi.
Issiqxonalarda faoliyat yuritayotgan ishchi xizmatchilar shu narsaga e’tibor berishlari kerakki, me’yordan ortiq yorug‘lik energiyasi ta’sirida o‘simliklarning barglari qizaradi bu esa soya hosil qilish kerakligining belgisidir.
Ichki tomondan yoki tashqi tomondan soya hosil qilish mumkin, buni amalga oshirishning uchta usuli mavjud:
Plyonka ustiga yorug‘lik nurini qisman qaytaruvchi eritma sepish
Yarim o‘tkazuvchan maxsus plastiklardan foydalanish
Yupqa yorug‘likni kam o‘tkazadigan material bilan yopishdir.
Ichki tomondan yopiladigan yorug‘likni qisman o‘tkazuvchi ekranlardan foydalanish yaxshi natija bermaydi, shuning uchun, tashqi tomondan soya hosil qilish tavsiya etiladi.
Qishki issiqxonalarni quyoshli kunlarda nurli qizib ketishdan saqlash uchun bor (V) eritmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Buning uchun itssiqxona ustidan 1-2 m balandlikda quvurlarga deflektor tipidagi puflovchi qurilmalar o‘rnatiladi. Bunday qurilmalar eritmalarni sekundiga 0,18 litr miqdorda sarflab, bor eritmasini issiqxona ustiga bir tekis sepadi, buning uchun hozir sotuvda mavjud VT firmasining VK60-1 markali 0,37 kv quvvatli suv nasoslaridan foydalanish tavsiya etiladi. 1 kg borni 10 litr suvda eritib oyna ustiga sepilganda 0,5 mm qalinlikda bor qatlami hosil qiladi. Masalan, o‘rtacha bir marta 1000 m3 yuzaga shu usulda sepish uchun 7,5 m3 miqdorda bor eritmasi tayyorlash zarur bo‘ladi. Zarurat bo‘lmaganda bu tizimga suv haydab yuvib yuborish mumkin.
Issiqxona ustiga bor eritmasidan tashqari maxsus lateks eritmasi ham sepish tavsiya etiladi, ammo bu eritmalar issiqxonada harorat tushishini ta’minlash bilan birga, fotosintez jarayoni uchun zarur bo‘lgan yorug‘lik miqdorini ham kamaytiradi. Shu bilan birga kuz oylarida ularni yuvib tashlashda ham qo‘shimcha mehnat talab qiladi. Amerikalik mutaxassislar keyingi vaqtda maxsus yorug‘lik o‘tishini kamaytiruvchi sintetik materialdan foydalanishni yo‘lga qo‘yganlar. Issiqxona ustki qismiga sun’iy yomg‘ir hosil qilish yo‘li bilan ham soya hosil qilish mumkin. Bu usul bilan quyosh nurlanishini 20% gacha kamaytirishga erishish mumkin. Bunda issiqxona ustki qismiga yomg‘ir hosil qituvchi qurilmalar o‘rnatib nasos orqali suv purkaladi va issiqxona tarnovlaridan tushgan suv filtrlanib katta hajmli idishga to‘planadi va bu jarayon kunning issiq quyoshli vaqtida to‘xtovsiz amalga oshiriladi.
Issiqxonada zarur bo‘lgan havo almashinishini to‘liq ta’minlash uchun issiqxonaning ustki yopilgan qismining yarmini yoki 1/4, 1/3 qismini ochish kerak bo‘ladi. Buning uchun esa maxsus deraza tuynuklari o‘rnatilishi va har bir derazaga max’sus ushlagichlar oshiq-moshiqlar, romlar orasini zich holatda ushlab turuvchi rezinalar joylashtirish lozim. Uzoq vaqt davriy ravishda tez-tez ishlatilishi bu qurilmalardan foydalanish muddatini qisqartiradi, bu mexanizmga ham elektrodvigatelni moslashtirib, uning ochilib yopilishini, issiqxona ichida talab qilinadigan haroratni kontakt termometr yordamida avtomatik ravishda boshqarish mumkin, ammo bu ham kattagina moddiy mablag‘ sarflashni talab qiladi.
Issiqxona ichida shamollatgich ishlamagan holda havo namligi 92-96% va undan ham yuqori darajada bo‘lishi bodring uchun samarali hisoblansada, gullagan pomidorning changlanishiga salbiy ta’sir qiladi va hosilga kirganlarni kasallanishiga olib keladi.
Issiqxonadagi nisbiy namlik tuproqdan, suvdan va o‘simlikdan chiqadigan bug‘lar hisobiga hosil bo‘ladi. Issiqxona ichida havo namligi va harorat ko‘tarilib ketmasligini oldini olish uchun shamollatgichlar yordamida ortiqcha namlik va issiqlik to‘plagichlarga haydash yo‘li bilan me’yoriga tushirib turish tavsiya etiladi.
Shamollatishga bo‘lgan talabni kamaytirish uchun ham issiqxona ichidagi me’yoridan ortiqcha issiqlikni o‘zida to‘plovchi akkumulyatorlardan foydalanish yoki soya hosil qiluvchi qurilmalardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Shamollatishning yana bir vazifasi issiqxona hidlanish darajasini pasaytirish, hamda har xil chirindi va mog‘or ko‘payishini oldini olishdir. Ayniqsa yomg‘irli va namli kuz hamda bahor oylarida tez-tez shamollatib turishning ahamiyati kattadir, bu holda issiqxona haroratini nazorat qilib turish tavsiya etiladi.
Issiqxonada isitishga sarf bo‘ladigan energiyani tejashga intilib ko‘p hollarda shamollatish rejimi buziladi. Issiqxona o‘rni sovutish maqsadida o‘rnatiladigan havo so‘ruvchi ventilyatorlar asosan qish vaqtlari namlikni me’yor holatda ushlab turish uchun ham xizmat qiladi.
Issiqxona ichida har bir pomidor tupi, bir kunda 0,95 litr suvni bug‘latadi, bir gektar issiqxonada ekilgan 25000 tup pomidor bir kunda 23750 litr suvni bug‘latish mumkin .
Havo so‘ruvchi ventilyatorlar bir daqiqada necha metr kub havoni so‘ra olish mumkinligiga qarab sinflarga bo‘linadi. Ko‘pgina issiqxonalarda bir daqiqada 2,44 dan 3,66 m3 gacha havoni so‘rish imkoni bo‘lgan ventilyatorlardan foydalaniladi. Bu esa 3 metr balandlikdagi issiqxona ichidagi havoni 8-10 daqiqada to‘liq almashtirish imkoniyatini yaratadi.
Issiqxona harorati 15-30 oC oralig‘idа ushlab turilishi lozim. O‘simlik o‘sishi va rivojlanishida ushbu haroratni ushlab turishning ahamiyati kattadir.
Bu vazifani doimiy ravishda avtomatik holda bajarishga moslashgan qurilmalarni Rossiya mutaxassislari ishlab chiqilgan va hozir undan juda ko‘p mamlakat sabzavotkorlari floydalanishmoqda.
Issiqxonani konservatsiya va sterilizatsiya qilish. Yoz vaqtlari, ya’ni hosil yig‘ishtirib olingandan so‘ng kelgusi ekin ekilganiga qadar issiqxonani joriy ta’mirlab qo‘yish kerak. Buning uchun issiqxona ichidagi barcha o‘simlik poyalari va keraksiz narsalar chiqarib tashlanadi va isitish tizimi va shamollatish tizimi ko‘zdan kechirilib konservatsiya qilinadi. Agarda suv orqali isitiladigan bo‘lsa, suvlar to‘kib tashlanadi.
Ta’mirlash ishlari tugagandan so‘ng dezenfektsiya qilish kerak, buning uchun issiqxona eshik va barcha teshiklari berkitilib oltingugurt tutashini oson yo‘li o‘tin yoki toshko‘mir cho‘g‘i olib kiriladi va cho‘g‘ning ostiga ustiga oltingugrt sepiladi. Issiqxonaning umumiy hajmi o‘lchanib har bir metr kub hajmiga 50 garmm miqdorida oltingugurt tutatiladi va 24 soat to‘liq germetik yopib qo‘yiladi, so‘ngra issiqxona devorlari ohak bilan oqlanadi, yog‘och tirgaklari yoki reykalar rux qo‘shilgan belila yoki emal bilan ranglanadi. Isitish tizimi quvur va radiatorlar nam miqdorda alif va atseton yoki erituvchi qo‘shilgan alyumin bo‘yog‘i bilan ranglanadi. Isitish tizimini yog‘li kraska bilan ranglash mumkin emas, chunki bu kraska issiqlik uzatilishini kamaytiradi.
Statsionar issiqxona va parniklar doimo ham o‘zini anglamaydi, chunki bir joydan doimo foydalanish yerni charchatadi va o‘simliklarni har xil kasalliklarga chalinish ehtimolini oshiradi. Agarda issiqxona ichidagi tuproqni to‘la almashtirish yoki bug‘ bilan termik ishlov berish imkoni bo‘lmasa, 1% li nordon morgansovka kaliy yoki 3% li nitrofen eritmasi bilan yangi ekin ekishdan 15-20 kun oldin yana bir bor dezinfektsiya qilish lozim. Shundan so‘ng issiqxonadan qayta foydalanish mumkin bo‘ladi.
Har yili bir marta issiqxona tuprog‘ini zararsizlantirish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun tuproqni 0,7-1,8 kg/sm2 bosim ostidagi suv bug‘i bilan termik ishlov berish 30 sm chuqurlikda tuproq harorati 700 C gаchа ko‘tarilguncha qizdirish davom ettiriladi. Bu jarayonda albatta tuproq turiga, namlik darajasiga atrof muhit haroratiga ham e’tibor berish kerak. Tuproqqa termik ishlov berish uchun moslashtirilgan plastmassa quvur 30 sm chuqurlikka ko‘mib chiqiladi va bug‘ yuboriladi.
Zararkunandalar va o‘simlik kasalliklariga qarshi kurashish uchun kimyoviy zaharli moddalarni tayyorlash va uni sepish uchun yordamchi xona tashkil etish kerak. Zararli kimyoviy moddalar 3m3 hajmdagi idishda tayyorlanib kompressorlar yordamida quvurlarga havo bilan aralashtirib haydaladi va issiqxona yuvilib chiqiladi. Bunda yuvish natijasida oqib chiqqan suyuqlikni imkon darajasida qaytadan maxsus idishlarga solib zararsizlantiriladi yoki sanitariya epidimeologiya stansiyasi xodimlari tomonidan belgilangan joyga olib borib to‘kish tavsiya etiladi.