Talabaning bilimini sinash uchun savollar
1.Issiqxonalarda baqlajon ekini urugchiligi xaqida ayting?
2.Issiqxonalarda xavo-gaz tartiboti qanday o‘tkaziladi?
3.Tomorqadagi issiqxona va parniklar uchun tuproq qanday tayyorlash?
12-MAVZU. SABZAVOT EKINLARI KO’CHATLARINI PAYVANDLASH XUSUSIYATLARI KO’CHATLARNI PAYVANDLASHNING AHAMIYATI VA AFZALLIKLARI.
REJA.
Talabaning bilimini sinash uchun savollar
1.Issiqxonalarda baqlajon ekini urugchiligi xaqida ayting?
2.Issiqxonalarda xavo-gaz tartiboti qanday o‘tkaziladi?
3.Tomorqadagi issiqxona va parniklar uchun tuproq qanday tayyorlash?
13-MAVZU. SABZAVOT EKINLARI KO’CHATLARINI PAYVANDLASH MUDDATLARI VA TEXNOLOGIYASI.
REJA.
Talabaning bilimini sinash uchun savollar
1.Issiqxonalarda baqlajon ekini urugchiligi xaqida ayting?
2.Issiqxonalarda xavo-gaz tartiboti qanday o‘tkaziladi?
3.Tomorqadagi issiqxona va parniklar uchun tuproq qanday tayyorlash?
14-MAVZU. OCHIQ YERGA KO’CHAT ISHLAB CHIKARADIGAN MEXANIZATSIYALASHGAN VA AVTOMATLASHGAN KOMPLEKSLAR.
REJA.
Talabaning bilimini sinash uchun savollar
1.Issiqxonalarda baqlajon ekini urugchiligi xaqida ayting?
2.Issiqxonalarda xavo-gaz tartiboti qanday o‘tkaziladi?
3.Tomorqadagi issiqxona va parniklar uchun tuproq qanday tayyorlash?
15-MAVZU. ISSIQXONALAR UCHUN KO’CHAT YETISHTIRISH.
REJA.
Talabaning bilimini sinash uchun savollar
1.Issiqxonalarda baqlajon ekini urugchiligi xaqida ayting?
2.Issiqxonalarda xavo-gaz tartiboti qanday o‘tkaziladi?
3.Tomorqadagi issiqxona va parniklar uchun tuproq qanday tayyorlash?
Laboratoriya mashg’ulot
1-Laboratoriya mashg’ulot
Uzbekistonda sabzavot ko’chatchiligining ahamiyati, xolati va rivojlanishi.
O’zbekiston aholisining oziq-ovqat ta’minotini yaxshilash, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda qishloq xo‘jalik tarmoqlarini
takomillashtirish asosiy omil hisoblanadi.
Sabzavotlarni ilmiy asoslangan yillik iste’mol meyori ularni yil davomida
bir xilda iste’mol etilishini taqozo etadi. Bunga erishish uchun ochiq va himoyalangan maydon sabzavotchiligini mutanosib ravishda rivojlantirish lozim.
Axolini yilning kech kuz, qish va erta bahor oylarida sabzavot mahsulotlari bilan
ta’min etishda himoyalangan maydon sabzavotchiligi juda muhim ahamiyatga ega.
Keyingi yillarda himoyalangan maydonlar sabzavotchiligida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. U rivojlanib kelayotgan tarmoqdan ilmiy va industrial asosda rivojlangan tarmoqqa aylandi, ya’ni isitiladigan maydonlarni turlari
takomillashtirildi, himoyalangan maydonlar uchun yangi nav va duragaylar yaratildi, parvarishlashni yanada yangi, mahsulot tannarxi pasayishini ta’minlovchi ilgor usullari ishlab chiqildi. Himoyalangan maydonlarning zamonaviy bosqichdagi alohida xususiyati, bozor iktisodiyoti isloxotida uning maydonlari ko‘payganidir.
Himoyalangan maydon sabzavotchiligini eng rivoj topgan ushbu Gollandiya
davlatida 1980 yilda issiqxonalar maydoni 16 ming gektarni tashkil etgan, 1995
yilga kelib esa u 22 ming gektardan oshib ketgan, issiqxona maydonining o‘rtacha yillik o‘sishi ushbu davrda 500 gektar bo‘lgan.
Italiyada himoyalangan maydonlarning sezilarli ko‘payipsh 1960 yildan
boshlangan bo‘lib, 2000 yilga kelib issiqxonalar maydoni 60 marotabadan ham
ortiq ko‘paygan.
Bundan 20-25 yil avval ishlab chiqarishga ega bo‘lgan himoyalangan maydoni bo‘lmagan Bolgariya, Ruminiya va Polsha davlatlari hozirgi vaqtda himoyalangan maydoni sabzavotchiligi eng rivojlangan davlatlardan hisoblanadi, hozirgi kunlarda ushbu soha 1500 gektar maydonni, Amerika Qo‘shma Shtatlarida esa himoyalangan maydonlar 3500 gektarni tashkil etadi. Hamdo‘stlik davlatlar tashkilotiga (HDT) a’zo davlatlarda himoyalangan maydonlar 30000 gektarga yaqin bo‘lib, shundan 60 foizi plyonka bilan yopilgan va 40 foizi oynavand issiqxonalardir.
Rossiyada industrial usulda yirik himoya maydonlari–kombinatlari qurish
bo‘yicha katta tajriba orttirilgan bo‘lib, jumladan, 60 gektar maydonga ega bo‘lgan «Belaya dacha» Moskva issiqxona kombinati, bunga yaqqol misoldir.
Leningrad viloyatida ham Kislovodskda (20 gektar), Boltiq bo‘yida (Riga shahri).yirik himoyalangan maydon kombinatlari qurilgan
O‘zbekistonda 2007 yilning 1 yanvarigacha olingan ma’lumot bo‘yicha oynali issiqxonalar maydoni 600 gektardan ortik bo‘lib, 4500 gektarga yaqin plyonka bilan yopilgan isitiladigan va isitilmaydigan issiqxonalar mavjud. Plyonkali issiqxonalar maydoni yiliga 100 gektardan oshiqroq qo‘shilib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasida himoyalangan maydonlar yetarli imkoniyatlarga ega bo‘lib, aholini yilning pishiqchilik mavsumidan tashqari davrda sabzavot valimonlar bilan ta’min etib qolmay, balki issiqxona mahsulotlarini boshqadavlatlarga ham chiqarib sotish mumkin.
Niderlandiya, Belgiya, Shvetsiya, Daniya, Finlyandiya kabi shimoliy davlatlarda
mikroiqlim avtomatik ravishda boshqariladigan, eng yuqori darajada mexanizmlar
bilan ta’min etiladigan oynavand issiqxonalar qurilmokda.
AQSH, Italiya, Fransiya, Ruminiya, Bolgariya, Vengriya va boshzqa davlatlarda bir yo‘la oynavand va plyonkali issiqxonalar qurilmoqsa. Yaponiyada esa himoyalangan maydonning asosiy turi - plyonkali issiqxonalardir, Zamonaviy loyihada qurilayotgan issiqxonalarda barcha ishlab chiqarish jarayonlari va iqlim
sharoitlarini boshqarish mexanizm va avtomatlar zimmasiga yuklatilgan.
Issiqxonalardagi avtomatlar u yerdagi o‘simliklarning naviga, o‘sish davriga va
kelib chiqishiga muvofiq ravishda o‘sib, rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish
imkoniyatiga egadir.
Issiqxonalarning Gollandiyada yaratilgan loyihasi butun dunyo bo‘yicha keng
tarqalgan. Ushbu turkumga mansub issiqxonalar bizda ham keng tarqalgan bo‘lib, keyinchalik ularning ko‘rinishi biroz o‘zgartirilib, 2-3 gektarli korpuslar o‘rniga bir gektardan iborat 6 ta korpus qurilgan.
Yaponiyadagi issiqxonalarda iqlim sharoitlarini boshqarish kompyuterlar
orqali amalga oshiriladi, ishlab chiqarish jarayonlarini yuqori darajada
mexanizatsiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishi u yerdagi xizmatchilar sonini 1
gektar maydon hisobiga 7 tagacha qisqartirish imkonini beradi, bizda esa bu ko‘rsatkich ikki barobar yuqoridir.
Keyingi yillardagi himoyalangan maydok sohasidagi katta yutuqlardan biri, bu polietilen plyonkasining yaratilishi va uni turli shakldagi issiqxonalar hamda
himoyalangan maydonlarni yopishda keng miqyosda qo‘llanilishidir.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan plyonkalarning sifati yaxshi,
bakuvvatlashtirilgan bo‘lib, ushbu plyonkalardan 3-5 yilgacha foydalansa bo‘ladi.
Hozirgi kunda issiqxonalarni yopishda oyna o‘rniga undan ancha arzon va bir necha marotaba yengil bo‘lgan plastik oynalardan foydalanilmoqda. Masalan, Yaponiyada 88,8 gektar maydondagi issiqxonalarning faqat 2,5 foizi oyna bilan, 60,8 foizipolietilen plyonka bilan, 36,7 foizi esa plastik oynalar bilan yopilgan.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, boshqa davlatlardan farqli o‘laroq,
O‘zbekistonda asosan kichik hajmli, maydoni 6 gektardan iborat bo‘lgan issiqxona kombinatlari qurilgan, bundan tashqari, bizning respublikamizda oilalarimizni sabzavot mahsulotlari bilan ta’min etish va tijorat maqsadida turli kichik hajmdagi 50 m2 dan 500 m2 gacha maydonga ega bo‘lgan issiqxonalar ko‘plab qurilmoqda.
Сабзавот етиштиришда иссиқхоналар самарадорлигини ошириш, уларда
экиладиган навларни кўпайтириш, янги навлар ва қулай бўлган парваришлаш
усулларини қўллашга боғлиқ.
Keyingi yillarda O‘zbekiston sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida issiqxonalarda ekish uchun pomidorning yangi navlari yaratilib,ularning urug‘larini tayyorlash yo‘lga ko‘yilgan bo‘lib, issiqxona kombinatlarini urug‘ bilan ta’minlash imkoniga egadir.
Shu jumladan, pomidorning yangi yaratilgan Gulqand, Sayxun, AVE-Mariya va Subhidam kabi navlari ishlab chiqarishda keng qo‘llanilmoqda.
Issiqxonalarda ekiladigan barcha pomidor navlari 2 ga bo‘linadi:
– indeterminant navlar, yoki bo‘yi cheklanmagan, palagi doimiy ravishda o‘suvchi,
gulshodasi har 3 ta bargdan keyin joylashgan navlar.
– determinant navlar yoki palagining o‘sishi gulshoda paydo bo‘lishi bilan
tugallanuvchi gulshodasi har 1-2 ta bargdan keyin paydo bo‘luvchi navlardir.
Yuqorida ta’kidlangan ikkala turkumga mansub navlar issiqxonalarda keng
qo‘llaniladi, lekin pomidorning indeterminant navlari asosan oynavand
issiqxonalarda qish-bahor hamda oraliq ekish davrlarida, determinant navlar
esa tezpishar va hosili bir xil pishib yetiladigan bo‘lgani uchun ularni kuzgi-qishki,
qishki-bahorgi va bahorgi ekish muddatlarida plyonkali issiqxonalarga ekiladi.
Pomidor navlari ba’zi xususiyatlariga ko‘ra (qaysi o‘suvchi turkumga mansubligi va kasallikka chidamliligi) va ularni namoyish varaqasidan tezda farklab olishda
nav nomlaridan keyin qisqartirilgan ko‘rsatkich belgi qo‘yiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |