5. Agrokimyoning rivojlanishiga O’zbekistonlik oilmlarning qo’shgan hissasi
Respublikamizda agrokimyo fanini rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan tadqiqotchilar R.R. Shreder, M.M. Bushuyev, N.K . Balyabo, I.A. M andrigin, B.P. M achigin, N.P. Malinkin, 1.1. Chum achenko,E.A. Jorikov, A.V. Xarkov, V .l. Sivinskiy, S.A. K u drin, Kaziyev, S.N. Rijov, M.A. Belousov, P.V. Protasov, T.P. Piroxunov, I.M . M adraim ov, I.N. Niyozaliyev, J.S. Sattorov, B.I. Isayev, A.E. Ergashev, X.T. Risqiyeva va boshqalar hisoblanadi.O‘g‘it-hosildorlikni oshirishning asosiy omili Oziqlanish elementlarining tuproqqa tushishi va tuproqdan chiqib ketishi o'rtasidagi farq oziqlanish elem entlarining balans holati hisoblanadi.
Oziqa elem entlarining tuproqdan chiqib ketish miqdori maydonning ma’lum birligi hisobiga shu elementlarning hosil va unga qo'shimcha hosil tarzida tuproqni tark etgan miqdori bilan o'lchanadi.
Oziqlanish elementlarining tuproqqa qayta tushish m iqdorini oziqa elementlarining o‘g‘itlar, shuningdek, o‘sim liklarning qoldiqlari, atmosferaning molekular shaklidagi azotining tuproqqa tushgan va boshqa manbalar orqali to‘plangan miqdorlar yig‘idisi tashkil qiladi.
Qishloq xo‘jalik ekinlarining oziqa elementlarga bo'lgan talabining harxil bo'lishi oziqa moddalarini hosil bilan tuproqdan har xil miqdorda chiqib ketishi bilan farqlanadi. Bo‘g‘doydan hargektar yer niaydonidan 30 s hosil olish uchun 110 kg N , 40 kg P20 5, 70 kg K20 sarf qilinadi. 0‘g‘itdan foydalanmasdan o ‘simliklarni o‘stirish natijasida hosildorlik yildan yilga kamayaveradi.0‘simliklarning hosildorligi, ularning o‘sishi va rivojlanishi asosan o'sishning to‘rt xil omili - yorug'lik, issiqlik, namlik va oziqaning birgalikdagi ta’siriga bog‘liq.
Lekin ishlab chiqarish sharoitlarida o'simliklarning o‘sishini va hosildorligini oshirishni boshqarish imkoniyatlari bir xil emas. Mamlakatimizda dehqonchilikni kimyolashtirishdan asosiy maqsad mavjud o‘g‘itlar resurslaridan foydalangan holda mumkin qadar ko'proq hosil yetishtirishdan iboratdir.
Hozirgi kunda Respublikamizda 6 ta o ‘g‘it zavodi (Chirchiq, 01- maliq, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona, Qo'qon) faoliyat ko'rsatmoqda. 0‘g‘it ishlab chiqarish va ishlatishning to ‘xtovsiz ortib borayotganligi munosabati bilan ularning samaradorligini oshirish kimyo sanoati va qishloq xo‘jaligining birinchi navbatdagi vazifasi b o ‘lib qoldi. 0‘g‘it ishlab chiqarishning o‘sishi, asosan, yuqori konsentratsiyali va kompleks o‘g‘itlar hisobiga amalga oshirilmoqda.
Bunday o‘g‘itlar ishlab chiqarilayotgan o ‘g‘itlar yalpi miqdorining 90% dan ortig‘ini tashkil qiladi. Bu hol o ‘g‘itlarning fizik massasini kamaytirishga, ularni tashish, saqlash va tuproqqa kiritishga sarflanadigan mehnatni tejashga imkon beradi.Minerai o‘g‘itlarning fizikaviy-mexanikaviy xossalarini yaxshilash rnuhim ahamiyatga ega. Granulalangan, donalari mustahkam va bir o'ichamli o'g'itlarni saqlash va tuproqqa kiritish m a’lum afzalliklarga ega. Qishloq xo'jaligida kimyolashtirishning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga doir (omborlar qurish, ularni m ashina va mexanizmlar bilan ta’minlash va boshqalar) zaruriy chora-tadbirlar qo‘llanilmoqda. Bu hol o‘g‘itlarni zavoddan dalaga qadar bo‘lgan yo‘lda isrof bo'lishini keskin kamaytiradi, ulardan o‘z vaqtida va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Respublikamizda o ‘g‘itlardan foydalanishni tashkil etish va nazorat qilishda Respublika loyiha-qidiruv agrokimyo stansiyasi, uning viloyatlardagi shahobchalari va boshqa tashkilotlar katta ishlarni amalga oshirmoqdalar.0‘g‘itlardan foydalanish yuqori saviyada agrotexnik usullarni qo‘llash bilan uzviy bog'lanishi lozim.
Bronza (miloddan avvalgi VI-III ming yillar) davriga kelib Zarafshon vodiysida ham dehqonchilik bilan shug’ullana boshladilar, katta ariqlar qazib dalalarga suvchiqarganlar.
Muqaddas "Avesto" kitobida ma’lum qilinishicha O’rta Osiyoda dehqonchilik va chorvachilik 7-10 ming yillar avval paydo bo’lgan.
O’zbek halqining buyuk allomalaridan, qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy (X-XI asrlar) mashxur "Kitob-ul jamoxir-fi ma’rifatil javoxir" nomli asarida tuproq mineral qismi bo’yicha dastlabki ma’lumotlar berganlar va tuproqlar nurash jarayonida hosil bo’ladigan ona jinsi maxsuli ekanligi aytilgan.
O’rta Osiyo qishloq xo’jaligi tarixi xaqida ma’lumot beruvchi "Fani ikishtu ziroat" (Ziroatshunoslik) asari XV-XVI asrlarda chop etilgan va shu asarda mahalliy o’g’itlar, kompostlar, eski devor qoldiqlari, ariq loyqalaridan hosildorlikni va mahsulot sifatini oshirishga doir ma’lumotlar keltirilgan.
O’zbekiston Respublikasi olimlari agrokimyo fanining rivojlanishiga bebaho hissa qo’shdilar. Chunonchi, R.R.Shreder, M.M.Bumuyev, I.K.Negodnov, S.A.Kudrin, Ye.A.Jorikov, O.F.Tuyeva, V.I.Sivinskiy, S.N.Rijov, B.P.Machigin, N.B.Balyabo, M.A.Belousov, Ye.I.Stolipin, G.I.Yarovenko, P.V.Protasov T.P.Piroxunov, J.S.Sattarov, N.N.Zelenin, M.Niyozaliyev va boshqalar paxtachilikda va turli xil ekinlar yetishtirishda o’g’itlardan, tuproqlarni unuMgroligini oshirishda azotli, fosforli va kaliyli o’g’itlarning samaradorligi, bu samaradorlikni pasayish sabablari va uni oldini olish choralarini ishlab chiqish bo’yicha juda muhim ilmiy ko’zatishlar olib borishganlar va qishloq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan tavsiyanomalarni joriy etishdilar.
Paxtani o’sish rivojlanish fiziologik va jarayonlarni jadalashtirishda asosiy elementlarni ahamiyati, ularni o’zlashtirish miqdori. Mudatlari va eng qulay shakllari tug’risida M.P.Belousov, O.F.Tuyeva, S.T.Piroxunovlar ishlaganlar o’g’itlarni qullash texnologiyasi, samaradorligini oshirishni yo’llari, har xil ekinlarni o’g’itlash sistemasiga yaratishda B.P.Machigin, P.V.Protasov, G.I.Yarvenko, Ye.I.Stolipin, I.I.Madraimov, B.M. Isayev, J.Sattarov, N. Niyazoliyevlarni xizmatikatta.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida keng ko’lamga olib boriladigan agrokimyoviy tekshirishlar dehqonchilikni ximiyalashtirish rivojlantirish uchun, mahaliy va mineral o’g’itlardan tug’ri va samarali foydalanish atrof- muhitni har xil kimyoviy vositalar bilan ifloslanishini oldini olish uchun ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda 0'zbekistonda agrokimyo va tuproqshunoslik fanlarining rivojlanishida 1920-yilda O'rta Osiyo Davlat Universiteti qoshida tashkil etilgan Tuproqshunoslik va geobotanika institutining roli kattadir.Institut hozirgi davrgacha turli nomlar bilan atalib, turli-tuman vazirlik va qo'm italar tassarufida bo‘ldi; 1932-yilda Butunittifoq paxtachilik ilmiy tadqiqot institutining 0'g‘it va agrotuproqshunoslik Markaziy stansiyasiga aylantirildi. 1943—60-yillarda 0‘zSSR Fanlar Akademiyasi, 1960—61-yillarda O 'zSSR qishloq xo'jalik Fanlar Akademiyasi, 1961—64-yi 1 larda 0 ‘rta Osiyo Paxtachilik Davlat Qo‘mitasi, 1964—72-yillarda Qishloq xo'jalik vazirligi, 1972-yildan 1999-yilgacha O'zbekiston Fanlar Akademiyasi tarkibidagi va 1999- yildan boshlab O'zbekiston Respublikasi yer resurslari davlat qo'mitasi ixtiyoriga o'tkazildi.1929—30-yillarga kelib o'g'it bo'yicha ilmiy tadqiqot instituti (NIU) va paxtachilik ilm iy tadqiqot instituti (U zN IX I oldingi SoyuzNIXI)larining ochilishi paxtachilikda o'g'it qo'llash masalalarini hal qilishda va agrokimyo sohasining rivojlantirishda muhim o'rin tutdi.
Shu davrda mazkur ikki ilmiy maskan O'rta Osiyoning paxtachilik mintaqasida tarqalgan barcha tuproqlarda amalga oshiriladigan tajribalarni yo'lga qo'ydi. Tajribalar paxta yakka ziroati (monokultura) va almashlab ekish sharoitida o'g'itli hamda o'g'itsiz fonlarda amalga oshirildi.
Respublikamiz ishlab chiqarishiga ko'plab iqtidorli mutaxassislarni tayyorlab berishda, shuningdek, agrokimyo va tuproqshunoslik fanlarini rivojlantirishda hozirgi Toshkent Agrar Universitetining alohida tutgan o'rni mavjud. 1918-yilda Turkiston xalq universiteti qoshida qishloq xo'jalik fakulteti ta’sis etilgan bo'lib, 1930-yilning aprelida O'rta Osiyo davlat universitetidan niustaqil O'rta Osiyo Qishloq xo'jalik instituti bo'lib ajralib chiqdi. U 1956-yildan boshlab O'rta Osiyo paxtachilik va ipakchilik instituti, 1934-yilda esa Toshkent Qishloq xo'jalik instituti nomini oldi. 1990-yilning boshida u Toshkent Davlat Agrar Universitetiga aylantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |