Agrokimyo va agrotuproqshunoslik


AGROKIMYO FANINING RIVOJLANISH TARIXI



Download 35,01 Kb.
bet6/9
Sana17.07.2022
Hajmi35,01 Kb.
#817540
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Berdiqulova Guloyim 2

3.AGROKIMYO FANINING RIVOJLANISH TARIXI
0‘simliklarning oziqlanishi to‘g‘risidagi ilk fïkrlar Agrokimyo fani dehqonchilikning hayotiy zarur talablari asosida yuzaga keldi. Ma’lumki, dehqonchilik insoniyat tarixidagi eng qadimiy ishlab chiqarish sohasi hisoblanadi. Dehqonlar juda qadim zamonlardan buyon tuproq unumdorligini oshirish uchun turli tuman vositalardan foydalanib kelganlar. Bu vositalar ko‘p hollarda tavakalchasiga ishlatilsa ham, o'zining ijobiy natijalarini bergan.
Masalan, qadimgi rimliklar tuproqqa chorva mollarining axlatlaridan tashqari kul, gips, ohak va mergel kabi minerai moddalarni ham solish lozimligini yaxshi bilganlar. Tuproqning tiplariga qarab mergelning turli xillarini qo‘llash yaxshi natija berishini e ’tiro f qilganlar. Shuningdek, ekinlar almashlab ekilganda, tuproqqa solinadigan moddalar yakka ziroatchilikdagidan ko‘ra yuqori sam ara berishi amalda isbotlangan.
Ayrim o‘simliklarning gullash davrida urib, tuproqqa aralashtirib yuborish, izidan ekiladigan ekin hosildorligini sezilarli darajada oshirishi Vezuviy vulqoni yon bag‘irlarida lyupin o ‘sim ligini yetishtirish jarayonida aniqlangan.Lekin tuproqqa aralashtirib yuborilgan ko‘k massa uni azot bilan boyitishini, shuningdek, vulqon lavasi tarkibidagi ko‘p miqdordagi qiyin eriydigan fosfor va kaliyni lyupinning ildizidan ajraladigan nordon suyuqlik eritib, o'simlik o'zlashtira oladigan holatga o'tkazib berishini mahalliy aholi bilmagan, albatta.
Meksikada yashagan hindu qabilalari o'zlarining ehtiyojlaridan ortib qolgan, shuningdek, to'lqinlar qirg‘oqqa chiqarib tashlagan baliqlarni maydalab, tuproqqa solish, makkajo‘xori hosildorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishni kuzatganlar, lekin uning mohiyatini tushunib yetmaganlar. Dehqonchilik «kashf qilingan» ilk davrlarda insonlar hosil taqdirini bevosita xudolarning nomi va faoliyati bilan bog‘laganlar.
Lekin vaqt o ‘tishi bilan agrotexnika tadbirlarining, shu jumladan o‘simliklarni oziqlantirishning dehqonchilikdagi ahaniiyati yaqqol namoyon bo'la bordi va bu masalaga oid asarlar paydo boMdi. Masalan, o ‘z davrining mashhur kishisi Kolumellaning asarlarida dehqonchilikka oid kitob yozgan 50 dan ortiqroq tadqiqotchining nomi keltirilgan. Lekin ularning juda ham kam qismi bizgacha yetib kelgan.M iloddan avvalgi VIH asrda G esiod dehqonchilik taqvim ini nazmda ifoda qilgan bo'lsa, undan uch asr keyin (miloddan awalgi V asr) Ksenofondning «ïqtisod» asarida dehqonchilik masalalari bir muncha keng bayon qilindi.« 0 simliklar qanday qilib va nima bilan oziqlanadi» — degan savol qadim -qadim lardan buyon insonlarni ayniqsa ilm ahlini qiziqtirib kelgan.Bu savolga birinchi bo'lib buyuk yunon mutafakkiri Arastu (Aristotel) eramizdan avvalgi IV—III asrlarda to ‘g‘ri javob berdi. U 0 ‘sim - liklar o ‘zlarining ildizlari bilan tuproqdan kerakli oziq moddalarni o‘zlashtiradi, degan xulosaga keldi.
Feofrast (Arastuning eng iqtidorli shogirdi) ustoziga qarshi o‘laroq, o'sim liklar faqatgina yashil barglari bilan oziqlanadi, ildizlar esa,o'simliklarni substraída tutib turish uchun xizmat qiladi, degan g‘oyaning tarafdori edi.
Mana shu ikkita taxmin (gipoteza) keyinchalik o‘siniliklarning oziqlanishidagi bitta jarayonning ikki tomonini-ildizdan (mineral) va havodan (fotosintez) oziqlanishlarning rivojlanishiga asos bo‘ladi.Feofrastni botanika fanining «otasi» deb ataydilar. Lekin u tuproqshunoslik haqida fikr yuritib, uning xossalari va tarkibini o ‘rgangan, ekinlarni guruhlashga harakat qilib, ularga o ‘g‘it (mahalliy o‘g‘it, albatta) turlarini tavsiya qilgan edi.
Yunonistonda dehqonchilik va o‘simlikIarning oziqlanishi haqidagi fikrlar ancha erta shakllangan bo‘lsa, dunyoning boshqa chekkalarida bir muncha keyinroq paydo boMdi. Miloddan awalgi II asrda rimlik Katon (yirik quldor va davlat arbobi) «Dehqonchilik» asarini yozdi. Asarda «tuproq unumdorligi nima» degan savolga u «yerni shudgorlash, shudgorlash va go‘nglash» deb javob berdi.
Miloddan awalgi 35-yilda Varron (81 yoshda) qishloq xo'jaligiga oid traktat yozdi. Bunda u ko'proq Feofrastning fikrlariga tayanadi.Eramizning boshlariga kelib Italiyada dehqonchilikka oid ko‘p sondagi adabiyotlar to ‘plandi. Ayrim ekinlarni (sabzi, karam, bug‘doy, tok va boshqalar) o‘g‘itlashga doir maxsus asarlar yozildi. Masalan, Kolumella o ‘z ishlarida o 'g ‘itlashga jiddiy e ’tibor berib, go‘ng va ko'kat o ‘g‘itlardan tashqari yerlarga yog‘och kuli hamda tuproq solish ekinlar hosildorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishni ta’kidlagan.
Shu zaylda o ‘simliklarning oziqlanishi to ‘g‘risidagi m a’lumotlar asta-sekin to‘planib bordi, lekin ularni jamlash va tartibga solish uchun muayyan bir dastur bo'lmaganligi sababli nazariya yaratish imkoni bo'lmadi.
Qadimgi faylasuflarda suv, yer, havo va olov (harorat va yorug‘lik) o‘simliklarning asosiy hayotiy omillari, tuproqlar tarkibidagi «yog‘» ularni sem irtiradi, «semiz» tuproqlar esa unum dor bo‘ladi, degan aqida mavjud edi.
Bu fikr keyinchalik chirindi bilan oziqlanish nazariyasiga asos bo'lgan boisa, ajab emas.Keyinchalik cherkovning reaksion ta’sirida bo'lsa kerak, XVI asrning o'rtalarigacha O vro‘pada o'simliklarning oziqlanishini o ‘rganish borasida diqqatga sazovor ishlar amalga oshirilmadi.0‘rta asr tadqiqotchilari asosan qadimgi faylasuflaming fikrlarini takrorlash bilan birga ko‘proq «Oyning nurini qoilanilayotgan go‘ng samaradorligiga ta ’sirini» o ‘rganish bilan mashg‘ul bo'ldilar. Faqatgina 1563-yilga kelib Bernar Palissining mineral moddalarni hosil bo‘lishi va o ‘g‘itlarning ahamiyati haqidagi asari («Трактат o различных солях в сельском хозяйстве») yuzaga keldi.
U mazkur asarda «go'ngning o‘g‘it sifatidagi ahamiyati, uning tarkibidagi somon va pichan qoldiqlarining chirishidan hosil bo'ladigan tuzdadir», deb ta’kidlaydi. Bu haqdagi fikrlarni davom ettirib, «yakkaziroatchilik sharoitida o'simliklar o ‘z hosili bilan tuproqdan hayotiy zarur tuzlami olib chiqib ketadi, natijada yerdagi tuz miqdorining kamayishi va hosildorlikni pasayishi kuzatiladi. Shuning uchun uni o‘g‘itlash yoki bo‘lmasa, bir necha yil dam berish lozim» deb yozadi.«Dehqonlar kuzda g'alla somonlarini dalaning o'zida yoqib yuboradilar, tabiiyki, bunda yerga m a’lum m iqdorda tuz tushadi, degan xulosaga keladi muallif.
Bu-tuproqqa tushadigan mineral moddalarning asosiy manbayi deb e’tirof etilgan birinchi to ‘g‘ri yozma m a’lumot bo'lib, unda tuproqlar unumdorligining pasayib borish sabablari ochiq ko‘rsatib berildi va uning oldini olish uchun o'simliklar tomonidan olib chiqib ketiladigan oziq moddalari albatta tuproqqa qaytarilishi lozimligi bayon qilindi.B. Palissining mazkur haqqoniy ñkrlari zamondoshlari va o‘zidan keyingi tadqiqotchilar tomonidan qo'llab-quwatlanm adi (chunki asar uning vafotidan keyin Anatol Frans tomonidan nashr qüindi) va faqatgina oradan uch yuz yil o'tgach isbotlandi. M ana shu davrdan boshlab o‘simliklarning oziqlanishi haqida goh to‘g‘ri gohida noto‘g‘ri talqinlar yuzaga keldiki, bu agrokimyo fanini asta-sekin yuzaga kelishini ta’minlay boshladi. Masalan, Serr o'zining 1600-yilda nashr qildirgan asarida
V. Palissiga qarshi o‘laroq, «go‘ngning o ‘simliklarga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri faqatgina undan ajralib chiqadigan haroratdadir» deb ta’kidladi.0‘tgan asrlarda u yoki bu taxminning om m a orasida keng tarqalmasligi hamda to‘g‘ri-noto‘g‘riligining tezda e ’tirof etilmasligini tadqiqotlarda miqdoriy analizning qo'llanilmasligi bilan izohlash mumkin.Bundan tashqari, kashfiyot va yangiliklarni tan olishdan ko'ra qadimgi faylasuflarning nufuzli fikrlariga sajda qilish odat tusiga kirib qolgan edi.
F. Bekon XVIII asrning boshlarida ilmiy bilishning asosi hisoblangan eksperiment, tajriba va kuzatishlarning natijalari asosidagina haqiqatni yuzaga chiqarish mumkin, degan fikrni o'rtaga tashladi.0‘simliklar oziqlanishi muammolarini tajriba yo'li bilan aniqlashga birinchilardan b o ‘Iib gollandiyalik olim Yan Batist Van-G elm ont 1629-yilda kirishdi. U besh yil davomida boshlang'ich og'irligi m a’lum bo'lgan tol niholini m a’lurn og‘irlikda (200 funt) tuproq joylashtirilgan idishda, faqatgina yom g'ir suvi bilan sug'orib, tajriba o ‘tkazdi. Besh yildan keyin niholning og'irligi qariyb 33 barobar oshgani holda (164 funt 2 unsiya) idishdagi tuproqning massasi atigi 2 unsiyaga kamayganligini aniqladi va o ‘simliklaming oziqlanishi uchun faqatgina suvning o‘zi yetarlidir degan xulosaga keldi. Chiqarilgan xulosa noto‘g‘ri bo'Isa ham, mazkur tajriba to ‘g‘ri amalga oshirilgan birinchi analitik tajriba sifatida katta amaliy ahamiyatga egadir.1661 -yilda Robert Boyl shu tajribani oshqovoq o'simligi ustida amalga oshirdi va Van-Gelmontning o'simliklar «suv bilan oziqlanadi» degan nazariyasini tasdiqladi.
Bu nazariya qariyb bir yarim asr davomida o‘z nufuzini saqlab turadi, hattoki, uning yangicha talqini uchun nemis olimi Shreder 1800-yilda Berlin akademiyasining medaliga sazovor bo‘ldi. 1650-yilda nemis kimyogar olimi Glauber o'simliklarning oziqlanishi asosida selitra (selitra deganda, barcha ishqoriy tuzlar nazarda tutilgan) yotadi degan g'oyani ilgari surdi va bunda u faqatgina fikrlashga emas, balki kuzatish va tajribalarga asoslanadi. Og'ilxonadagi mollar ostiga to'shalgan taxtadan oq tusli tuz kristallarini ajratib oldi va u bilan oziqlantirilgan ekinlar gurkirab o'sishni aniqladi.Glauber-selitra hayvon axlatlari tarkibida uchrar ekan, uni chorva mollari o'sim liklardan, ular esa o ‘z navbatida uni tuproqdan oladi, degan taxminlari bilan V. Palissining fikrlarini to‘g‘riligini isbotladi. Lekin bu g‘oya ham munosib baholanmadi, davrning noto‘g‘ri lekin nufuzli g‘oyalari ichida g‘arq bo‘lib ketdi. Shunday bolsada, o‘simliklarning oziqlanishi tajribalar yo‘li bilan takomillashib boraverdi.1774-yilda farangistonlik kimyogar Antuan Loran Lavuaze o ‘zining «Об обжиге олова в закрытых сосудах» nom li maqolasida atmosferaning miqdoriy tarkibini, kislorodning oksidlanish va yonish jarayonlaridagi rolini asoslab berdi (Uning mineral oziqlanishga oid m a’lumotlari faqatgina vafotidan yarim asr o ‘tgach m a’lum bo'ldi va nashr qilindi).Undan ikki yilcha aw al, ya’ni 1772-yilda Jozef Pristli o ‘simliklar hayvonlarning nafas olishi jarayonida buzilgan havoni tozalay olishini ko‘rsatdi (yalpiz shoxchasi va sichqonlar ustida o ‘tkazilgan tajribalarni eslang), lekin bu hodisani faqat yorugMik sharoitida sodir bo'lishini isbotlab bera olmadi.
Gollandiyalik olim, vrach Yan Ingenguz 1979-yilda yashil o‘simliklar yorugMik ishtirokida havoni tozalaydi, qorog‘ulikda esa, aksincha, buzishini isbotlab berdi.Jan Senebe va Nikola Teodor Sossyurlar «havoning tozalanishi» nafas olish emas, balki oziqlanish jarayoni ekanligini ilmiy dalillar bilan isbotlab berdilar.Lekin fotosintez jarayonining sodir boMish mexanizmini tushuntirib berish uchun keyinchalik juda ko‘p tadqiqotlarni amalga oshirishga to ‘g‘ri keldi.0‘simliklarning havodan oziqlanishi nazariyasining yaratilishi insoniyatning eng yirik ilmiy yutuqlaridan biri bo‘lib hisoblansa ham suv bilan oziqlanish nazariyasi kabi dehqonchilik amaliyotining rivojiga turtki bera olmadi. Har ikki nazariya ham ham m a joyda suv va havo miqdori bir xil bo‘lgani holda, nima uchun ekinlarning hosildorligi turlichadir, bunda tuproqning ahamiyati borm i yoki yo‘qmi degan savolni qo‘ya olmadi.
1758-yilda Farangistonda Dyugamel Sena daryosining suvida o‘simliklarni o ‘stirib, yana bir bor o‘simliklar faqatgina suvda ham me’yorida o ‘sib rivojlana oladi, degan xulosaga keldi, lekin bunda daryo suvining teri oshlash korxonasining chiqindilari bilan ifloslanganligini hisobga olmadi.1789-yilda nemis olimi Ryukkert turli ekinlar har xil tuproqlarni «xush ko‘rishi»ni, ayrim ekinlar surunkasiga bitta dalada yetishtirilsa, tuproqning madorini quritib qo‘yishini aniqladi va bunda dalalar Lunumdorligini o ‘g‘it qo‘llash yo’li bilan tiklash mumkinligini aytdi.1761-yilda shvetsiyalik kimyogar Vallerius o ‘simliklarning chirindi bilan oziqlanishi haqidagi taxminini o'rtaga tashladi. U «o‘simliklarning ildizi tuproqdan m urakkab organik m oddalarni to ‘g‘ridan-to‘g‘ri o'zlashtira oladi, tuproqning boshqa tarkibiy qismlari esa (bo‘r va boshqa tuzlar) chirindining yog‘simon moddalarini eritib beradi», degan xulosaga kelib, deyarli sakson yil davomida tadqiqotchilarning tashabbusiga to ‘g‘anoq bo‘ldi.
Keyinchalik g‘arbda keng tarqalib ketgan bu g‘oya Albrext Daniel Teyer tom onidan rivojlantirildi. Umurnan olganda, u o‘z davrining ilg‘or kishilaridan bittasi edi: birinchi oliy qishloq xo‘jalik maktabiga asos soldi, uch dalali almashlab ekish o'rn ig a sebarga, boshqa dukkaklilar va ildiz mevali ekinlar ekish lozimligini qattiq turib targ‘ib qildi.
Teyer o‘z davrida ancha yuqori mavqega ega bo‘lganligi sababli uning ayrim noto‘g ‘ri qarashlari ham om ma orasiga tez tarqaldi. U o‘simliklarni «chirindi bilan oziqlanishi» g‘oyasini (bu g‘oya ko‘proq uning «рациональные основы сельского хозяйства» asarida bayon qilingan) boshqalardan, xususan Gossenfratsdan, o'zlashtirib oigan edi, Teyer «tuproq unumdorligi to‘la to‘kis chirindiga bog‘liq, faqatgina chirindi va suv o ‘simliklarga oziq manbayi bo‘lib xizmat qiladi» deb takrorlar edi.
Keyinchalik, Libix o‘z asarlarida chirindining tuproq unumdorligida tutgan o‘rnini kamsitmagan holda, o'simliklar undagi moddalarni faqat minerai holatdagina o ‘zIashtirishini isbotlab berdi.
Zamonasining ko‘pchilik taniqli tadqiqotchilari, jumladan Devi va Berseliuslar ham , uglerodning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ildiz tizimi orqali yutilishi haqidagi g‘oyaning ashaddiy tarafdorlari edilar.Ba’zi olim lar oziqlanishning «chirindi nazariyasi» ga ochiqdanochiq e ’tiroz bildirdilar. Ular qatorida olmoniyalik Shprengel va farangistonlik Bussengolarni kiritish mumkin.


Download 35,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish