1.AGRONOMIK KIMYONING PREDMETI VA USULLARI
Inson oziqlanishi o‘simlik mahsulotining miqdori va sifatiga bogiiq. Bundan tashqari, o‘simlik mahsuloti sanoat uchun xomashyo bo‘lib xizmat qiladi.
Hosil miqdori juda ko‘p omillarga bog‘liq, shularning ichida eng muhimlaridan biri qishloq-xo‘jalik ekinlarini oziq elementlar bilan kerakli miqdorda va o‘z vaqtida ta’minlashdir.Ko'pchilik tuproqlar tabiatan o‘simlik oladigan shaklda oziqa elementlarni (azot, fosfor, kaliy, magniy, oltigugurt, kalsiy, mis, bor, marganes, rux, molibden, kobalt va boshqa elementlar) kam miqdorda saqlaydi.
Hosil bilan har yili tuproqdan katta miqdorda oziqa elementlar daladan chiqib ketadi. Ulardan xolos bir qismigina organik massalar va oziq moddalar shaklida tuproqqa qaytib keladi.Bunga yana yuvilib ketadigan, havoga uchib ketadigan, tuproqda reaksiyaga kirishib cho‘kmaga tushadigan oziq moddalar miqdorini ham qo'shish kerak bo'ladi.
Atmosfera azotini o'zlashtiradigan dukkakli o‘simliklar, erkin yashovchi azatobakterlar, fosfobakter yordam ida tuproqda yuzaga keladigan o ‘simlik olishi mumkin bo'lgan shakldagi oziq elementlar birikmalari tuproqdagi defitsitni to‘liq qoplay olmaydi.Xolos, qo‘shimcha holatda o‘g‘itlar sifatida beriladigan oziq elementlargina tuproqdagi yetishmay qolgan oziq moddalarning o'rnini qoplashi, tuproqda oziq moddalar miqdorini ko‘paytirishi mumkin. Ana shu o ‘g‘it berishning optimal tizimini yaratish bilan agrokimyo fani shug'ullanadi.
Bundan tashqari, tabiatda nordon, sho‘rtob va taqirli tuproqlar uchraydi. Nordon tuproqlar tarkibidagi natriy ionlarni siqib chiqarish uchun kimyoviy usullardan foydalanish yaxshi samara beradi.Bu yo‘nalish ham agrokimyo fanida alohida bo‘limni tashkil qiladi. Shundan kelib chiqib agrokimyo fanining predmetini aniqlash kerak bo'ladi.
Agrokimyo fani o‘simlik oziqlanishi va tuproq meliorativ holatini yaxshilash jarayonlarida o'simlik, tuproq va o ‘g‘it o'rtasidagi o'zaro munosabatni o‘rganadi. Buni akademik D.N . Pryanishnikov quyidagi uchburchak shaklida ko‘rsatgan.
Agrokimyo fanining asosiy maqsadi, shu fanning asosiy quroli bo‘lgan o‘g‘itlar yordamida eng alo tuproq meliorativ holatini, unumdorligini yaxshilash va shu orqali o ‘simliklar hosilining m iqdorini ko'paytirib, sifatini oshirishdan iboratdir Shu maqsaddan kelib chiqib, agrokimyoning asosiy vazifasi quyidagicha aniqlanadi: turli tuproq sharoitlarida har xil o ‘g‘itlar sam aradorligini aniqlash, dehqonchilikda oziq moddalar aylanish doirasini o'rganish, tuproq va o'simliklarda borayotgan jarayonlarga ijobiy ta ’sir qilish tadbirlarini ishlab chiqishdir.
0'simliklar oziqlanishini o‘rganish agrokimyoni aw alo o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi bilan uzviy bogMaydi. Tuproqda o‘g‘itlarni o‘zgarishi tuproqning xossalariga, kimyoviy va mikrobiologik jarayonlariga bog'liq bo‘lib, agrokimyo fanini tuproqshunoslik, tuproq kimyosi, biologiyasi va mikrobiologiya fanlari bilan bogMaydi.
Agrokimyo dehqonchilik va tuproq melioratsiyasi, o‘simlikshunoslik, o‘simliklarni himoya qilish, mexanizatsiya hamda iqtisod fanlari bilan bog'langan holda ish olib boradi.
Agrokimyo fani o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni liai qilishda o'zining maxsus tadqiqot usullaridan foydalanadi.Agrokimyoviy tadqiqotlar qo‘yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda laboratoriya, vegetatsion, lizimetr, dala va ishlab chiqarish tajribalari usullari bilan amalga oshiriladi.Bu usullar birgalikda qoMlaniladi va bir-birini to ‘ldiradi. Laboratoriya yordamida asosan tuproq, o'simlik va o ‘g‘itlar kimyoviy analiz qilinadi hamda kichik laboratoriya tajribalari o‘tkaziladi.
Vegetatsion tajribalar-m axsus uychalar, issiq xona, fitotron va vegetatsion m aydonchalarda amalga oshiriladi va albatta o ‘simlik o'stirish bilan bog'liq bo'ladi.Vegetatsion tajribalar yordamida ayrim omillarning, shu jumladan, oziq elementlarni o'simlikning o'sishi, rivojlanishi, modda almashinuvi va hosildorligi ta’siri o ‘rganiladi.
Lizimetr tajribalar maxsus qurilmalarda tabiiy sliaroitga yaqinroq bo'lgan muhitda olib boriladi. Bu usul yordamida tuproqdagi oziq elem entlar migratsiyasi, transformatsiyasi, tuproq xossalarining o ‘zgarishi hamda izotop usullar yordamida o'simliklarning modda almashinuvi va mahsulotning sifatini o ‘zgarishi kabi masalalar o ‘rganiladi.
Dala tajribasi usuli ishlab chiqarish sharoitiga yaqin bo'ladi va to ‘g‘ridan-to‘g‘ri dalada har xil kattalikdagi maydonchalarda olib boriladi. Maydonning katta-kichikligiga qarab makro va mikro dala tajribalari boMadi.Hali katta maydonlarga chiqarish erta bo'lgan masalalar oldin mikro-dala tajribalarida o'rganiladi, undan keyin esa katta dalalarda makrodala tajribalari usuliga o‘tiladi. Shunday masalalar borki, ularni mikro-dala tajribalarida o‘rganish yetarli hisoblanadi. Agrokimyo fani ishlab chiqarish tajriba usulidan ham foydalanadi. Bunda tajriba uchun olingan yer maydoni kattaligi jihatdan ishlab chiqarish maydonlariga yaqin bo‘ladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish tajribasi natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish sharoitida foydalanilsa bo'ladi. Bulardan tashqari, agrokimyo fani kimyo, fizika, o‘simliklar fiziologiyasi, mikrobiologiya, amaliy matematika va boshqa fanlar uslubiyatlaridan ham foydalanadi.
Agrokimyoviy kimyo yoki agrokimyo – o’simliklarni oziqlanishi to’g’risidagi fan bo’lib, tuproq unumdorligini oshirish va qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori, hamda sifatli hosil yetishtirishda oziq moddalarning dehqonchilikdagi aylanishini va o’g’itlardan samarali foydalanishni o’rganadi. Demak agrokimyo fani tabiatda oziq elementlarini aylanishini, o’simliklar bilan munosabatini va qishloq xo’jalik ekinlarini hosildorligini oshirishda tuproq bilan mineral o’g’itlarni o’zaro bog’liqligini o’rganadi.
Agrokimyo fanining asosiy vazifasi - tuproq o’simlik tizimida oziq elementlarining aylanishini va ularning balansini ya’ni tengligini o’rganishdir. Dehqonchilikda oziq moddalarning aylanishiga insonlar faqatgina mineral va mahalliy o’g’itlarni ishlatish yo’l bilanaralashadi.
Qishloq xo’jaligida o’g’itlarni qo’llashdan asosiy maqsad – bu dehqonchilik qilinadigan yerlarda oziq elementlarini aylanishini tartibga solish va o’simliklarni oziq moddalarga bo’lgan talabini to’likqondirishdir.
Ma’lum tuproq – iqlim sharoitida mineral o’g’itlardan samarali foydalanishda o’g’itlarning tuproq va o’simliklar bilan bog’liqligini o’rganish kerak.
Agrokimyo fanining asoschilaridan bo’lgan akademik D.N.Pryanishnikov shunday deb yozgan edi "o’simlik, tuproq va o’g’itlar orasidagi o’zaro bog’liqlikni o’rganish, hamma vaqt agrokimyogarlarni asosiy vazifasi bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi".
Agrokimyoni asosini tashkil etuvchi bu bog’liqlikni akademik D.N.Pryanishnikov quyidagi uchburchak holida tasvirlaydi.(25-rasm)
Bunda tuproq ma’lum iqlim sharoitida hisobga olinadi va o’z navbtida u o’simlikning oziqlanishi va rivojlanishiga ta’sir etadi.
O’simlikni, tuproq va o’g’itlar bilan o’zaro bog’liqligini ma’lum tuproq iqlim sharoitida o’rganish natijasida o’simliklarni rivojlanishida va oziqlanishida yetishmaydigan faktorlar aniqlanilab sifatli yuqori hosil yetishtirish usullari tavsiya etiladi.
Agrokimyo biologiya va kimyo fani. Biologiya fani o’simlik o’sishi, rivojlanishi, oziqa o’zlashtirishi uni metobolizimi, genetika va fiziologiyasiga bog’langan holda o’rganadi.
Agrokimyo tuproq biologiyasi, tuproqda o’tadigan mineral va biologik jarayonlar bilan bog’liq holda o’simliklarni oziqlanish sharoitini o’rganadi. Agrokimyo mineral o’g’itlarni to’plash va saqlash jarayonida kechadigan mikrobiologik va biokimyoviy jarayonlarni o’rganadi.
Agrokimyo kimyoviy fan chunki tuproq tarkibida bo’ladigan kimyoviy jarayonlarni, o’simlik metabolizmi jarayonidagi kimyoviy reaksiyalarni hamda o’g’itlarni ishlab chiqarish davridagi reaksiyalarni o’rganadi.
Agrokimyoning markaziy masalasi o’simlikning oziqlanish va shu jarayon bilan bog’liq bo’lgan tuproq, o’simlik va o’g’it o’rtasida o’tadigan jarayonlar va o’zgarishlarni o’rgangan holda o’simlikni kerakli miqdorda to’g’ri shaklda va eng kulay vaqtda oziqa moddalar bilanta’minlash.
Asosiy vazifalardan biri oziqlanish jarayonida ekologik muvozanatni saqlash, sifatli, iqtisodiy, samarali mahsulot yetkazish.
Mineral o’g’itlarni qo’llash natijasida dehqonchilikda yangi oziq elementlari aylanishiga kiritiladi, organik va o’simlik qoldiqlarining chirishi natijasida paydo bo’lgan moddalarni daladan asosiy va qo’shimcha hosil bilan chiqib ketgan bir qism elementlar o’rni to’ldiriladi. Natijada ekinlar hosili bilan, shamol va suv eroziyasi, sho’rlanishi, gaz holida atmosferaga ketadigan oziq elementlar miqdorini saqlab qolish bilan bir vaqtda, tuproq unumdorligini oshirish mumkin bo’ladi.
Demak, agrokimyoda o’rganiladigan uchta asosiy manba - o’simlik tuproq va o’g’itlar bo’lib, ular doimiy ravishda o’zaro aloqada va bir-biriga ta’sir etib turadi.
Shuning uchun ham o’simliklarni oziqlanishini, o’simlik tuproq va o’g’it orasidagi o’zaro bog’liqlikni o’rganish agrokimyoning nazariy tashkil etadi. Ushbu asoslarni bilish dehqonchilikda o’g’itlarni qo’llashga doir amaliy masalalarni ijobiy hal qilishga imkon beradi va bu masalalarni agrokimyo ishlab chiqadi. Qishloq xo’jaligida o’g’itlarning eng samarali miqdori, shakllari va nisbatlarini, ularni turli xil tuproq zonalarida har xil ekinlarga qo’llashning optimal muddatlari va usullari, o’g’itlarni qo’llashni yerlarga ishlov berish, almashlab ekish, sug’orish va boshqa agrotexnikaviy tadbirlar bilan birgalikda olib borish ana shunday muhim masalalar jumlasiga kiradi.
O’simliklarning oziqlanishini o’rganishda agrokimyo fani o’simliklar fiziologiyasi va bioximiyasi bilan chambarchas bog’liq. Dehqonchilikda ishlatilayotgan o’g’itlarning tuproqda o’zgarishi tuproq turiga, mexanikaviy tarkibiga, asoslar bilan to’yinish darajasiga, eritma reaksiyasiga, mikrororganizmlarni aktivligiga bog’liq bo’lib, u kimyoviy va mikrobiologik jarayonlar tasirida bo’ladi shuning uchun ham agrokimyo fani tuproqshunosliq kimyo, biologiya va mikrobiologiyaga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |