Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati



Download 45,19 Kb.
bet1/2
Sana04.04.2022
Hajmi45,19 Kb.
#528571
  1   2
Bog'liq
22,Диссертация мавзусининг долзарблиги ва зарурати.11docx


Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.

Hozirgi kunda dunyo aholisining yildan yilga yuqori suratlarda o‘sishi va ekinga yaroqli yerlar, chuchuk suv zaxiralari, energiya manbalari kabi resurslarning keskin qisqarishi sharoitida qishloq xo‘jalik mahsulotlari muammosi ortib bormoqda. Ayni paytda oziq-ovqat muammosini hal qiluvchi qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori, sifatli, hamda arzon hosil olish uchun agrokimyoviy qo‘llash davriga qarab turlicha bo‘lgan mineral o‘g‘itlardan oqilona foydalanishga katta e’tibor berilmoqda.


Bu o‘rinda tarkibi o‘simlik vegetatsion o‘sish davriga monand va konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan, ayniqsa fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish katta ahamiyat kasb etadi.
Jahon miqyosida dunyo zaxirasining uchdan ikki qismini tashkil etuvchi boyitilmagan karbonatli fosforit rudalarini (15-20% R2O5) kimyoviy faollashtirish yoki parchalash e’tiborga molikdir. Buning uchun quyidagi ilmiy-texnik echimlarini asoslash zarur, jumladan: past navli Markaziy Qizilqum (MQ) fosforitlarini qisman ammiak bilan neytrallangan ekstraksion fosfor kislotasi (EFK) bilan ta’sirlashtirib ammofosfat olish; bug‘latish usuli bilan EFKni konsentrlashning maqbul rejimini o‘rnatish; siklik usulda past navli fosforitlarni bug‘latilgan EFK bilan parchalab qo‘sh superfosfat va konsentrlangan azotfosforli o‘g‘itlar olishning maqbul sharoitlarini topish; konsentrlangan fosfor kislotasini bug‘latish jarayonisiz olishni ilmiy asoslash va resurtejamkor texnologiyasini ishlab chiqish.
Respublikamizda MQ fosforitlarini qayta ishlash asosida birlamchi fosforli (oddiy va boyitilgan superfosfatlar) va murakkab o‘g‘itlar (ammofos, PS-Agro, ammoniy sulfatfosfat, suprefos-NS, nitrokalsiyfosfat, fosfatlatirilgan selitra, fosforoltingugurtli selitra, NPK-o‘g‘itlar) ishlab chiqarish sohasida ilmiy va amaliy natijalarga erishilgan.
O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida «...sanoatni yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish...»1 kabi muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu borada, jumladan kuzgi shudgor hamda o‘simliklarni ekish va oziqlantirishda solish uchun zarur bo‘ladigan konsentrlangan fosforli va azotfosforli o‘g‘itlar texnologiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustdagi PQ-
3236 son «2017-2021 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»gi va 2018 yil 25 oktyabrdagi PQ-3983 son «O‘zbekiston Respublikasi kimyo sanoatini keskin rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2019 yil 3 apreldagi PQ-4265-son «Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorlari,
2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 son «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha beshta yo‘nalishdagi Harakatlar strategiyasi» to‘g‘risidagi Farmoni, shuningdek mazkur faoliyatga tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalarini rivojlanti-rishning ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika
fan va texnologiyalar rivojlanishining VII «Kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiyalar» ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan.
Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xorijiy ilmiy-tadqiqotlar sharhi2.
Fosfat xom ashyosini birlamchi va murakkab o‘g‘itlarga qayta ishlashga
yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar jahonning etakchi ilmiy markazlari hamda oliy ta’lim muassasalari, jumladan Florida Industrial and Phosphate Research Institute (AQSH), BRGM – Water, Environment and Ecotechnology Direction, Reseacrh and Development Department of the Industrial Pole of of OCPGroup (Fransiya), Vale Fertilizantes, Uberaba/Patrocinio (Braziliya), ShunkarResources Plc (Angliya), Institute of Inorganic Chemistry and Technology(Polsha), D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti (RKTU, Rossiya), M.Auezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston Davlat universiteti (JQDU, Qozog‘iston) hamda Umumiy va noorganik kimyo institutida (O‘zbekiston) olib borilmoqda.
Fosfat xom ashyosini fosfor kislotali qayta ishlash usullarini ishlab chiqish hamda ularni takomillashtirishga oid jahonda olib borilgan tadqiqotlar natijasida qator, jumladan, quyidagi ilmiy natijalar olingan: Dorr Oliver usulida Florida fosforitidan uchlamchi superfosfat olingan (Florida Industrial and Phosphate Research Institute, AQSH); zarralar o‘lchami 160 mkm gacha maydalangan Marokash fosforiti konsentratidan oddiy va uchlamchi superfosfat olish texnologiyalari yaratilgan (Research and Development Department of the Industrial Pole of of OCP Group, Fransiya); apatit konsentratidan qo‘sh superfosfat texnologiyalari ishlab chiqilgan
(Vale Fertilizantes, Uberaba/Patrocinio, Braziliya); temir tutgan CHilisoy
jelvakli past navli fosforitlari asosida 52:11 va 48:16 markadagi MAF va DAF olish texnologiyasi ishlab chiqilgan (Shunkar Resources Plc Angliya); toza fosfatli tuzlar olish uchun ekstraksion fosfor kislotasini qo‘shimchalardan tozalash usuli yaratilgan (Institute of Inorganic Chemistry and Technology, Polsha); past navli Polpin fosforitini fosfor- va fosfor-xlorid kislotali (RXTU, Rossiya) hamda Qoratog‘ fosforitini termik2 Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xorijiy ilmiy-tadqiqotlar sharhi: http://www.fipr.state.fl.us/,
https://www.dobersek.com/en/, https://www.gfar.net/organizations/fertilizers-research-institute-pulawy,
http://park.itc.u-tokyo.ac.jp/syokuei/index_e.html, http://park.itc.u-tokyo.ac.jp/syokuei/index_e.html,
http://en.ustc.edu.cn/, https://www.kdais.gov.tw/eng/view.php?catid=5565, http://www.niuif.ru/
7
fosfor kislotasi bilan parchalash asosida qo‘sh superfosfat olishning
siklik usullari ishlab chiqilgan (JQDU, Qozog‘iston).
Dunyoda fosforit va apatit ma’danlarini turli usullarda ratsional
qayta ishlash bo‘yicha qator, jumladan quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda
tadqiqotlar olib borilmoqda: karbonatli, ammo reaksion qobiliyati yuqori
fosforitlarni kislotali faollashtirish; neytrallash bosqichini chetlab
o‘tgan holda ko‘p returli usul bilan birlamchi fosforli o‘g‘itlar
texnologiyasini yanada takomillashtirish; yangi usul - suyuq fazali rejimda,
yagona siklda past navli fosforitlarni termik fosfor va uning xlorid yoki
nitrat kislotali parchalash yordamida standart o‘g‘itlar olish jarayonini
texnologik asoslarini yaratish; murakkab fosforli o‘g‘itlarni
donadorlashning bug‘-oqimli texnologiyasini ishlab chiqish.

Download 45,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish