III bob. TUPROQLARNING O’SIMLIKLARNI OZIQLANISHI VA O’G’IT QO’LLASH BILAN BOG’LIQ XOSSALARI
Tuproqlarni o’rganish, tarkibi, xususiyatlari hamda ularda sodir bo’ladigan fizikaviy, fizika─kimyoviy, kimyoviy va biologik jarayonlarni bilish dehqonchilikda o’g’itlardan samarali va oqilona foydalanishda muhim ahamiyatga ega.
Tuproqqa kiritilgan o’g’itlar turli o’zgarishlarga uchraydi, tarkibidagi oziq moddalarning eruvchanligi, o’zlashtirilish darajasi va harakatchanligi o’zgaradi. Mazkur o’zgarishlar bevosita o’g’itlarning fizikaviy, kimyoviy va biologik xususiyatlari bilan bog’liqdir.
O’g’itlar ham o’z navbatida tuproqlarga sezilarli ta’sir ko’rsatadi: oziq moddalarga boyitadi, tuproq eritmasining reaksiyasini, mikrobiologik jarayonlarning xususiyati vajadalligini, shuningdek, unumdorlikka ta’sir etuvchi ayrim omillarni o’zgartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |