Mexanik singdirish qobiliyati singdirishning nisbatan soda turlaridan biri bo’lib, tuproqda mayda g’ovaklar va nozik kapillarlarning mavjudligi sababli sodir bo’ladi. Tuproq barcha g’ovak jinslar kabi o’zidan shimilib o’tadigan suv tarkibidagi mayda qattiq zarrachalarni tutib qolish xususiyatiga ega. Masalan, tuproq orqali o’tkazilgan loyqa suv tiniqlashadi, bunda ilsimon zarrachalar tuproq to monidan mexanikaviy yo’l bilan singdiriladi. Mexanik singdirish tuproqda eng zarur va muhim kalloid fraksiyaning saqlanib qolishiga yordam beradi. Tuproqning mexanikaviy singdirish qobiliyati o’g’itlardan foydalanishda ham o’ziga xos ahamiyatga ega. Tuproqqa kiritiladigan, suvda erimaydigan kukunsimon o’g’itlar (masalan, kukunsimon superfosfat, fosforit talqoni) mexanikaviy singdirish tufayli tuproqning yuza qatlamlarida ushlab qolinadi va pastki qatlamlarga yuvilishining oldi olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |