Tuproqning qattiq fazasi. Tuproqning qattiq fazasi o’simliklar uchun asosiy zaxira moddalarni tutadi. Tuproq qattiq fazasining 90─99% ini mineral moddalar, faqatgina bir necha foizini organik moddalar tashkil qiladi. Organik moddalarning rniqdori juda kam bo’lsada, tuproq unumdorligini belgilashda muhim o’rin tutadi. A. P. Vinogradov ma’lumotiga ko’ra (21─jadval), tuproq qattiq fazasining deyarli yarmini kislorod, uchdan bir qismini kremniy, 10% dan ko’prog’ini aluminiy va temir tashkil qiladi. Atigi 7% ga yaqini boshqa elementlar hissasiga to’g’ri keladi. Mazkur elementlarning barchasi tuproqning mineral qismida, turli mineral birikmalar tarkibida uchraydi. Uglerod, vodorod, kislorod, fosfor, oltingugurt tuproqning ham mineral va ham organik qismi tarkibida uchragani holda, azot faqat organik moddalar tarkibiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |