8.4.1-jadval
Borli mikroo’g’itlar
(B.Ya. Yagodin)
Borli superfosfat tarkibida 0,2% bo’r bo’lib, asosan qand lavlagi, ozuqabop ildizmevalilar, boshoqli don ekinlari, grechixa kabi ekinlarga tuproqni ishlash paytida, gektariga 2—3 s, ekish oldidan qator oralariga 1—1,5 s miqdorda beriladi. Tarkibida 2,2% bo’r tutgan bor—magniyli o’g’it ham asosan yuqorida aytib o’tilgan ekinlar va zig’ir uchun gektariga 20 kg miqdorida beriladi.
Borat kislota tarkibida 17,3% bor mavjud va undan asosan o’simliklarni ildizdan tashqari oziqlantirishda foydalaniladi (0,5—0,6 kg/ga). Bir sentner urug’ni 100g borat kislota bilan aralashtirib ekish ham yaxshi natija beradi. Borli o’g’itlarni qo’llash natijasida zig’ir (tola) va paxtadan gektariga 2—3 s gacha qo’shimcha hosil olish mumkin. Qand lavlagi hosildorligi 45 s/ga oshib, tarkibidagi qand moddasi 0,3—2,1% ga ko’payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |