9.1. MURAKKAB O’G’ITLAR
Ammofos NH4H2PO4 — bir almashingan ammoniy fosfat. Bu tuzni tashkil qiluvchi ionlar (ammoniy va fosfat) barcha o’simliklar uchun zarur va ular tomonidan hamma tuproqlarda o’zlashtiriladi. Ammofosning tarkibi 11 — 12% N, 46—60% P2O5 dan tashkil topgan. Uni tarkibida ortiqcha modda bo’lmaydi. Ammofosning kamchiligi azot va fosfor o’rtasidagi nisbat farqining katta (1:4 yoki hatto 1:5) boiishidir. Bu narsa undan foydalanish imkoniyatini chegaralab qo’yadi, chunki o’g’itdagi azot va fosfor o’rtasidagi nisbat taxminan birga bir boiishi lozim, binobarin ko’p o’simliklar hatto fosforga nisbatan azotni ko’proq talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |