11.7.3. PIYOZNI O’G’ITLASH
Piyoz ham tuproq muhitiga sezgir ekinlardan hisoblanadi (pH 6,0—7,0 bo’lganda yaxshi rivojlanadi). Vegetatsiya davri 90—105 kun. Ildiz tizimi kuchsiz taraqqiy etganligi sababli oziq moddalarni kam o’zlashtiradi. 100 s piyozbosh shakllanishi uchun 30—50 kg azot 11 — 15 kg fosfor va 30—40 kg kaliy saroflanadi.
Oziq moddalar rivojlanishning dastlabki ikki oyida juda sekinlik bilan o’zlashtiriladi. Eng ko’p o’zlashtirilish piyozboshlar shakllanayotgan davrga to’g’ri keladi. Piyozga beriladigan mineral o’g’itlarning yillik me’yori rejalashtirilgan hosil va tuproqning oziq moddalar bilan ta’minlanganlik darajasini e’tiborga olgan holda, gektariga 100—150 kg azot, 100—150 kg fosfor, 75-90 kg kaliy qilib belgilash kerak. Ayni me’yorining 2/3 qismi shudgor ostiga va 1/3 qismi qo’shimcha oziqlantirish paytida beriladi. Azotning miqdori yuqorida keltirilgandan oshib ketsa, piyozning o’sish davri cho’ziladi, vegetativ massasining miqdori ko’payadi, piyozboshlar yumshoq bo’lib, saqlanish xususiyatlari yomonlashadi.Bunday salbiy hollar ayniqsa, faqat azot bilan bir tomonlama oziqlantirilganda ro’y beradi. O’g’itlar me’yorida qo’llanilganda yuqorida aytilgan qusurlar keskin kamayadi. Fosforli o’g’itlar ekish oldidan gektariga 10—20 kg me’vorida kiritiladi. Vaziyat taqozo qilgan hollarda qo’shimcha oziqlantirish yozning birinchi yarmida amalga oshiriladi, chunki kechki qo’shinicha oziqlantirishlar piyozboshlarning yetilishini sekinlashtirib yuboradi. Pivoz ekiladigan maydonlarga chirigan yoki chala chirigan go’ng kiritilsa, hosildorlik sezilarli darajada ortadi. Yangi go’ng ishlatilganda ham hosildorlik oshadi, lekin bunda qishga g’amlanadigan piyozboshlarning saqlanish xususiyatlari yomonlashadi.
11.7.4. SABZINI O’G’ITLASH
Azotli o’g’itlar ildiz meva tarkibidagi karotin miqdorini oshiradi, oqsil almashinuvini yaxshilaydi, ba’zi hollarda qand va quruq modda miqdorini kamaytiradi. Sabzi azot bilan keragidan ortiqcha oziqlantirilganda, ildizmeva sersuv bo’lib, o’zak qismi ksilema hujayralarining odatdagidan tez rivojlanishi natijasida g’ovak bo’lib qoladi. Ildizmeva tarkibida nooqsil shakldagi azot ko’p miqdorda to’planadi, natijada, zamburug va bakteriyalarning tez ko’payishi uchun qulay oziqlanish muhiti yuzaga keladi, saqlash uchun ajratilgan sabzilar chiriydi, ko’karib nobud bo’ladi.
O’zbekistonning sug’oriladigan bo’z tuproqli yerlarida olib borilgan tajribalarning natijalariga qaraganda (X.Z. Umarov, 1981) bir ga niaydonga 150 kg azot, 100 kg fosfor va 50 kg kaliy kiritilganda, sabzining Sariq Mirzoi 304 navi uch yil davomida o’rtacha 277 s hosil bergan. Tarkibidagi quruq modda 12,5% ni, qand moddalari 7,4% ni, karotin 7,4% ni va C vitamini 6,4% ni tashkil qilgan. Azot miqdorining yanada oshirilishi (gektariga 200 kg) mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatgan. Hosil olti oy saqlangandan keyin uning tarkibidagi quruq modda va qand miqdori mos ravishda 0,7 va 0,4% ga kamayganligi, tabiiy nobudgarchilik 1,5—2,0 marta oshganligi aniqlangan. Fosforli o’g’itlar sabzi hosilining o’zgarishiga uncha kuchli ta’sir ko’rsatmaydi. Fosforli o’g’itlarning ta’siri ko’p jihatdan tuproqlarning harakatchan fosfor bilan ta’minlanganlik darajasiga bog’liq. Me’yorida qo’llanilgan fosforli o’g’itlar sabzining ildiz mevasi tarkibidagi qumq modda, qand, karotin moddalar miqdorini sezilarli darajada oshiradi. Sabzi hosili sifatining oshishida kaliyli o’g’itlar o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Tuproqda kaliyning tanqisligi sezilganda, o’simliklar tanasida uglevod almashinuvi buziladi, barglarda ko’p miqdorda monosaxaridlar to’planadi. reutilizatsiya, fotosintez jarayonlari va shuningdek, oddiy qand moddalarining murakkab qand moddalariga aylanishi buziladi. Sabzidan yuqori va sifatli hosil yetishtirish uchun har ga maydonga 50—75 kg kaliy (K2O ) qo’llash tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |