10-Amaliy mashg’ulot: Tuproqdagi harakatchan mis miqdorini aniqlash
Mis tanqisligi namoyon bo‘lishi o‘simlikning azotli oziqlanishi bilan mustahkam bog‘liq: ushbu oziqlanish qanchalik to‘kin-sochin bo‘lsa, mis tanqisligi simptomlari shunchalik kuchli bo‘ladi. Shu bilan birgalikda o‘simliklarda mis tanqisligi umumiy va oqsil azoti miqdori oshishi bilan tavsiflanadi. Shunday qilib, azot almashinuvini maqbullashtirishning muhim omili mis bilan ta’minlash hisoblanadi va hosildorlik keskin oshadi. Misli o‘g‘itlarni kislotali, ayniqsa kuchli kislotali tuproqlarda qo‘llash samara bermaydi va ekinlar hosildorligini oshirish uchun avvalo ularni ohaklash zarur.
Misli o‘g‘itlar samaradorligi ko‘pincha tuproqdagi mis miqdoriga bog‘liq. Harakatchan mis 3 mg/kg dan va torfli tuproqlarda 5 mg/kg dan kam bo‘lgan sharoitda misli o‘g‘itlar eng yuqori samara beradi (66-jadval).
66-jadval
Tuproqdagi harakatchan mis miqdoriga bog‘liq holda qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligiga misli o‘g‘itlarning ta’siri (12 yillik dala tajribalari natijalari bo‘yicha)
Ekin turi
|
Tajribalar soni
|
Tuproqdagi harakatchan mis (1 n. HCl) miqdoriga ko‘ra hisoldorlik, t/ga
|
0,5 mg/kg va kam
|
NSR05
|
0,6-2 mg/kg
|
NSR05
|
2,1-3 mg/kg
|
NSR05
|
3,1-6 mg/kg
|
NSR05
|
Zig‘ir: poxol
|
52
|
0,89
|
0,19
|
0,90
|
0,35
|
0,19
|
0,12
|
-
|
-
|
urug‘
|
52
|
0,15
|
0,05
|
0,16
|
0,04
|
0,10
|
0,03
|
0,05
|
0,04
|
Makkajo‘xori – yashil massa
|
46
|
6,90
|
1,95
|
4,10
|
1,23
|
3,00
|
2,85
|
-
|
-
|
Kartoshka – tuganak
|
8
|
4,90
|
0,97
|
3,00
|
1,10
|
3,00
|
0,76
|
1,50
|
0,85
|
Gorox – don
|
9
|
0,37
|
0,11
|
0,13
|
0,06
|
0,12
|
0,07
|
-
|
-
|
Bahori vika – don
|
12
|
0,30
|
0,08
|
0,31
|
0,03
|
0,08
|
0,07
|
-
|
-
|
Arpa – don
|
18
|
0,42
|
0,14
|
0,20
|
0,08
|
0,04
|
0,12
|
-
|
-
|
Bahori bug‘doy – don
|
12
|
-
|
-
|
0,38
|
0,06
|
0,23
|
0,13
|
-
|
-
|
Suli – don
|
10
|
0,52
|
0,21
|
0,26
|
0,08
|
0,11
|
0,09
|
-
|
-
|
Madaniy yaylov – yashil massa
|
11
|
-
|
-
|
6,50
|
1,56
|
2,90
|
1,97
|
2,00
|
0,89
|
Madaniy pichanzor – pichan
|
20
|
0,84
|
0,26
|
0,86
|
0,18
|
0,51
|
0,29
|
0,19
|
0,24
|
Xashaki lavlagi – ildizmeva
|
3
|
-
|
-
|
4,50
|
2,45
|
3,80
|
1,26
|
-
|
-
|
Qand lavlagi – ildizmeva
|
9
|
3,50
|
1,27
|
-
|
-
|
3,60
|
1,14
|
2,11
|
1,08
|
Vika suli aralashmasi – yashil massa
|
14
|
5,10
|
2,12
|
5,20
|
1,36
|
1,20
|
1,45
|
-
|
-
|
Aniqlanishicha, misli o‘g‘itlar harakatchan mis 2 mg/kg dan kam bo‘lgan tuproqlarda (torfli tuproqlardan tashqari) turli ekinlar hosilini eng samarali oshirgan (masalan, zig‘ir poxoli hosilini 0,89-0,9 t/ga gacha), mis miqdori 3 mg/kg dan ko‘p bo‘lganda hech qanday samara bermagan.
Harakatchan mis miqdori 2 mg/kg dan kam bo‘lgan tuproqlarda misli o‘g‘itlar qo‘llash hosildorlikni quyidagicha oshirgan: makkajo‘xori (yashil massa) – 4,1-6,9 t/ga, kartoshka – 3,0-4,9 t/ga, arpa, bahori bug‘doy, suli, vika, gorox (don) – 0,13-0,52 t/ga, madaniy yaylovlar yashil massasi – 6,5 t/ga, madaniy pichanzorlar pichani – 0,84-0,86 t/ga. Biroq, harakatchan mis miqdori yuqori bo‘lganda misli o‘g‘itlar hisobiga hosilning oshishi juda kam bo‘lgan.
Ta’kidlash zarurki, o‘simliklar uchun harakatchan va o‘zlashtiriluvchan mis miqdori yog‘ingarchilik miqdoriga ham bevosita bog‘liq: yetarlicha namlangan sharoitda ular ko‘paysa, qurg‘oqchilik sharoitida tuproqda mis tanqisligi ortadi.
Misning harakatchanlik darajasi yengil mexanik tarkibli tuproqlarda yuqori bo‘lsa, og‘ir qumoq tuproqlarda kam va torfli tuproqlarda juda kam bo‘ladi. Mo‘l-ko‘l yog‘ingarchiliklar mexanik tarkibi yengil tuproqlarning o‘simliklar ildiz taralgan qatlamidan misni osongina yuvib tushadi. Mis harakatchanligi va uning o‘simliklarga o‘zlashtirilishining kamayish omili tuproqlarni ohaklash va misning organik birikmalarga birikishi hisoblanadi.
Ta’kidlash lozimki, yuqori madaniylashgan tuproqlarda nafaqat yalpi va harakatchan mis, balki uning harakatchanligi ham kuchsiz madaniylashgan tuproqlardagidan yuqori bo‘ladi. P.I.Anspokning (1990) fikriga ko‘ra, buning asosiy sababi, organik o‘g‘itlardan intensiv foydalanish bevosita tuproqning ushbu element bilan boyishiga olib keladi, natijada madaniylashgan tuproqlarda mikroorganizmlar faoliyati kuchayadi, o‘z navbatida organik moddalarning minerallanishi tezlashadi. Bir so‘z bilan aytganda, biologik aylanish tezligi ortadi va tuproqdagi misning kattagina qismi biologik aylanishga qo‘shiladi hamda birmuncha eruvchan shaklga o‘tadi.
Xashaki o‘tlarga fosforli o‘g‘itlarni 90 kg/ga ta’sir etuvchi modda holida qo‘llash tuproqda harakatchan shakldagi mis kamayishiga olib keladi. Shu bilan bir vaqtda fosfor yod o‘zlashtirilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Aniqlanishicha, kaliyli o‘g‘itlarni 120 kg/ga ta’sir etuvchi modda holida qo‘llash mis, kobalt va ayniqsa, yod miqdori kamayishi evaziga pichanda ushbu mikroelementlar tanqisligiga olib keladi.
Mineral o‘g‘itlar to‘liq (NPK) va har qanday nisbatda qo‘llanilganda birinchi yil mis (yoki kobalt) o‘zlashtirilishiga xuddi azotniki singari analogik ta’sir etadi. O‘g‘itlar qo‘llanilganda keyingi ikkinchi yili pichanning mikroelementli tarkibi qo‘llanilgan fosforning kuchli ta’siriga bog‘liq holda yomonlashadi.
Aniqlanishicha, mikroelementlar (Cu, Co, J va boshqalar) qo‘llash o‘simliklarning mikroelementlar bilan boyishini ta’minlaydi, lekin mis va kobalt o‘rtasida yuzaga keladigan antagonizmni hisobga olish lozim, bunday holatda birinchi navbatda defitsit hisoblangan xuddi shu mikroelementni (Cu yoki Co) qo‘llash zarur.
Mikroo‘g‘itlar hisobiga eng yuqori samara o‘simliklar asosiy mineral oziqlar bilan maqbul ta’minlangandagina kuzatilishi mumkin.
Tuproqda fosforning ortiqchaligida o‘simliklar uchun mis, temir, rux o‘zlashtiriluvchanligi kamayadi. Bu holatning sababi hanuz yetarlicha o‘rganilmagan. Binobarin, mikroorganizmlar faoliyati va kam eriydigan birikmalar shakllanishida o‘zlashtiriladigan fosforning ko‘pligi qulaylik tug‘diradi.
Shunday qilib, mikroelementlarning metabolitik yutilishida fosfor-mis o‘rtasida antagonizm va fosfor-molibden o‘rtasida sineragizm namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |