11.7. SABZAVOT EKINLARNI O’G’ITLASHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Sabzavot ekinlar va kartoshka boshqa dala ekinlariga qaraganda tuproq harorati, namligi va oziq moddalar miqdoriga ancha talabchan. Ayni ekinlar ildizi tuproqning chuqur qatlamlariga tushib bormasdan, asosan haydalma qatlamida tarqaladi. Shuning uchun ham bu ekinlarning unumdorligi yuqori, aeratsiya sharoiti yaxshi bo’lgan tuproqlarda yetishtirish maqsadga muvofiqdir.
Turli sabzavot ekinlar hosili tuproqdan har xil miqdordagi oziq moddalarni olib chiqib ketadi. Bu xususiyat bo’yicha sabzavot ekinlarni to’rt guruhga bo’lish mumkin: oziq moddalarni ko’p miqdorda olib chiqib ketadigan ekinlar: karamning o’rta va kechpishar navlari; oziq moddalarni o’rtacha miqdorda olib chiqib ketadigan ekinlar: pomidor, bodring, piyoz; oziq moddalarni kam miqdorda olib chiqib ketadigan ekinlar: qandlavlagi, sabzi; eng kam miqdorda oziq moddalarni olib chiqib ketadigan ekinlar: rediska va boshqalar.
Sabzavotlar tuproqdagi oziq moddalar nisbatiga ham o’ziga xos munosabat bildiradi. Masalan, karam uchun birinchi navbatdagi tansiq element — azot, pomidor uchun — fosfor, piyoz va qandlavlagi uchun kaliy hisoblanadi.
11.7.1. KARAMNI O’G’ITLASH
Z.I. Jurbiskiyning ta’kidlashicha, 100 s karam hosili bilan tuproqdan o’rtacha 31 kg azot, 12 kg fosfor va 40 kg kaliy chiqib ketadi. Eng ko’p oziq moddalari karambosh shakllanayotgan davrda o’zlashtiriladi.
Karam sepma usulda va ko’chat qilingan holda yetishtirilishi mumkin. Ko’chatlar muhiti (pH) 6—7 bo’lgan quyidagi tarkibli maxsus aralashmada (75% torf, 22% chirindi. 2—3% qoramolning yangi go’nggi) yaxshi rivojlanadi. Bir kvadrat metr maydon uchiin mahalliy o’g’itlarga 1,5 kg ammiakJi selitra, 1,7 kg oddiy superfosfat, 0,6 kg kaliv xloridi, 0,5—1,0 g bura va 0,4 g ammoniy inolibdat qo’shiladi.
Karam azotli o’g’itlarga o’ta talabchanligi bilan boshqa sabzavot ekinlaridan ajralib turadi. U azotni toyig’im-terim davrigacha o’zlashtiradi. Azot bilan yuqori darajada ta’minlangan tuproqlarda ham azotli o’g’itlarni qo’llash, karam hosildorligini oshiradi. Bir ga maydonga ‘rtacha 90—180 kg azot qo’llash tavsiya etiladi. Karam tuproqdan fosforni kam miqdorda olib chiqib ketishi sababli, fosforli o’g’itlarga uncha talabchan emas. Haqiqatan ham, harakatclian fosfor bilan yuqori darajada ta’minlangan tuproqlarda fosforli o’g’itlarning samarasi yaqqol ko’rinmaydi. Shuning uchun ham karam yetishtiriladigan paykallarning bir gektariga 30—90 kg fosfor (P2O5) tavsiya qilinadi. Fosfor karam hosildorligini oshirishi va sifatini yaxshilashi bilan birga kiritilgan azot va boshqa moddalarning ko’proq o’zlashtirilishiga yordam beradi. Masalan, Respublika sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik institutida amalga oshirilgan dala tajribalarida gektariga 100 kg azot bilan birga 100 kg fosfor qo’llanilgan. Bunda karam hosili 278 s dan 300 s ga, tarkibidagi quruq modda miqdori 6,30% dan 6,64% ga, qand miqdori 4,13% dan 4,37% ga, С vitaminining miqdori esa 30,6 mg/% dan 32,2 mg/% ga oshgan.
Shuningdek, karamga yillik fosfor me’yorini qo’shimcha oziqlantirish paytida qo’llash ham yuqorida aytilgan ko’rsatkichlarni bir muncha oshishiga olib keladi, chunonchi, fosfor gektariga 150 kg miqdorda (200 kg azot va 150 kg kaliy fonida) berilganda, hosildorlik gektariga 407 s ga yetib, karam boshlardagi quruq modda 6,11% ni, qand modda miqdori esa 4,34% ni tashkil etgan. Ayni shu fonda fosfor yillik me’yorining 20 kg ga yaqini ko’chatlarni o’tqazish paytida berilganda, hosildorlik gektariga 20 s ga, quruq modda miqdori 0,21% ga, qand moddasi esa, 0,34% ga ko’paygan.
Umuman olganda, gektariga 80— 180 kg atrofida kaliy qo’llab, karamdan mo’l va sifatli hosil yetishtirish mumkin. O’zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik institutida o’tkazilgan tajribalarning natijalariga ko’ra, gektariga 100 kg kaliy kiritilganda ( 200 kg azot va 150 kg fosfor bilan birgalikda) hosildorlik kaliysiz variantga nisbatan 62 s ga, quruq modda va qand moddalari mos ravishda 0,19 va 0,20% g oshgan. Mahalliy va mineral o’g’itlar birgalikda qo’llanilganda eng ko’p qo’shimcha hosil olisli mumkinligi isbotlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |