Agrobiznesda innovatsion faoliyat



Download 34,72 Mb.
bet41/141
Sana21.06.2022
Hajmi34,72 Mb.
#689037
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   141
Bog'liq
агробиз иннов фаолият мажмуа-2020

Nazorat uchun savollar:
1.Innovatsion faoliyatda tavakkalchilik tushunchasi va uning turlari?
2.Agrobiznesda innovatsion faoliyat tavakkalchiligini boshqarish zaruriyati?
3.Innovatsion faoliyatni sug‘urtalash hisobiga tavakkalchilikni kamaytirish imkoniyatlari?
4.Innovatsion faoliyat raqobatbardoshligini oshirish orqali tavakkalchilikni kamaytirish yo‘llari?
5. Investitsion faoliyat sohalarida tavakkalchilikni kamaytirish yo‘llari?
6. Agrobiznesda innovatsion faoliyat tavakkalchiligini boshqarish?


20-MAVZU. AGROBIZNESDA INNOVATSION FAOLIYAT SAMARADORLIGINI BAHOLASH
1.Agrobiznesda innovatsion faoliyat iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari va ularni tahlili.
2.Agrobiznesda moddiy resurslar va kadrlar salohiyatining innovatsion faoliyatni amalga oshirishga tayyorgarligi tahlili.
3.Innovatsion loyihalarni joriy etish va ularning samaradorligini baholash


Tayanch so‘zlar: innovatsion loyiha, moliyaviy resurs, loyiha samaradorligi, investitsion jozibadorlik,u slub, diskont, integral, rentabellik indeksi.

Mamlakatimizda bozor munosabatlarining rivojlanishi raqobatning kuchayishiga olib kelmoqda va mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan raqobatbardoshlikni oshirishning bozor mexanizmlari va dastaklarini shakllantirish zaruratini keltirib chiqarmokda. Shu nuqtai nazardan milliy iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlarida, ayniqsa qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida raqobatbardoshlikni oshirish dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmokda.


Ma'lumki, har bir tarmoqning raqobat ustuvorligi ishlab chiqarishning ilmiy-texnologik darajasi, mehnat resurslarining malakasi va ularning yangi bilimlar hamda innovatsiyalarga moslashishi orqali belgilanadi
Shu boisdan, respublika iqtisodiyotini erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida agrar sektorni tizimli va uzluksiz taraqqiyotini ta'minlash uchun uning tarmoqlarida innovatsion faollikni jadallashtirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni izchillik bilan joriy etish asosida samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoev “Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak”, deb ta'kidlaganlar.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasida “... tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini muttasil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish” lozimligi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish borasida ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgan. Ushbu vazifalar ijrosini ta'minlash ko‘p jihatdan respublikamiz qishloq xo‘jaligida innovatsion, resurs-tejamkor texnologiyalardan foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirishni talab etadi. Shuning barobarida qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalardan foydalanishni iqtisodiy baholash usullarini o‘rganib chiqish asosida samaradorlikni belgilovchi barcha ko‘rsatkichlarni optimallashtirish bo‘yicha uslubiy yondashuv va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish, ular asosida innovatsion faoliyatni boshqarishning samarali tizimini shakllantirish dolzarb ahamiyatga ega.
Iqtisodiyotning agrar sektorida tarkibiy o‘zgarishlar va diversifikatsiyalash, shuningdek, resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish evaziga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi 2018 yilda 2017yilga nisbatan 2,0 % foizga oshib, 69 504,2 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Ushbu yuqori ko‘rsatkichlar qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni kengaytirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va eksport qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirilishi borasida qabul qilinayotgan qarorlardan samarali foydalanish ta'minlanayotganligidan dalolat beradi. Ammo bu sohada ishga solinmagan imkoniyatlar, o‘z yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklar hali ko‘pligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda innovatsion texnologiya va texnikalarning hamda ishlab chiqarish va mahsulot yetkazib berish jarayonlarini boshqarishning zamonaviy uslublarini jadal ravishda joriy etishni talab qilmoqda.
Innovatsion faoliyat haqiqatdan innovatsiyani amalga oshirishga olib keladigan yoki shu maqsadni ko‘zlab qilingan barcha ilmiy, texnologik, tashkiliy, moliyaviy, tijorat, marketing harakatlaridir. Innovatsion faoliyat, shuningdek qandaydir aniq innovatsiyani tayyorlash bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan tadqiqotlar va ishlanmalarni ham o‘z ichiga oladi.
Agrar soha innovatsion faoliyatining maqsadi innovatsion jarayonlarning doimiy rivojlanishini ta'minlash, ya'ni mahsulot ishlab chiqarishda fan-texnika natijalari (innovatsiyalar)ning uzluksiz oqimini tashkil etish va o‘zlashtirish hisoblanadi. Buning natijasida ishlab chiqarishning doimiy ravishda texnik-texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishi ro‘y beradi.
Qishloq xo‘jaligining o‘simlikchilik tarmog‘ida innovatsiya siyosati seleksiya usullarini takomillashtirishni, qishloq xo‘jaligi ekinlarining mahsuldor yangi navlarini yaratishni, dehqonchilik va urug‘chilikning ilmiy asoslangan tizimlarini o‘zlashtirishni taqozo etadi.
Shu bilan birga innovatsion jarayonlarning tavsifini ochib berish nafaqat uning mohiyatini asoslab berishni, balki innovatsion faoliyatning samaradorligini g‘oyaning paydo bo‘lishi bosqichidan boshlab, to innovatsion mahsulotni joriy etishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda to‘g‘ri baholashni ham ko‘zda tutadi. Qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyatning samaradorligini baholash nixoyatda dolzarb va amaliy jihatdan muhim masala bo‘lib, uning hal etilishi agroinnovatsiyalarni joriy etishdagi tahlikani minimallashtirishga ko‘maklashadi.
Shu boisdan innovatsion faoliyatning uslubiyati, nazariyasi va amaliyotining tayanch iqtisodiy kategoriyalardan biri uning samaradorligi hisoblanadi, u hamisha innovatsion jarayondan olingan natija (samara) va ushbu samarani keltirib chiqargan xarajatlar o‘rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Innovatsion faoliyatning samaradorligi yetarlicha murakkab va ko‘p ma'noli tushuncha hisoblanadi hamda umumiy ta'riflashda innovatsiyalarning yaratilgan bir birlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan muayyan miqdoridagi mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarni saqlab kolish qobiliyatini anglatadi .
Innovatsion faoliyatning samarasi sifatida yangi texnologiyaga, unumdorligi yuqori bo‘lgan texnikaga, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil qilishni takomillashtirishga, ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki xizmatning sifatini oshirishga sarflangan mablag‘lardan olingan iqtisodiy, ijtimoiy yoki boshqa manfaatlar chiqishi mumkin42.
Qishloq xo‘jaligida innovatsiyalarni ishlab chiqish va o‘zlashtirishning samaradorligini baholash o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, tarmoqda foydalaniladigan ko‘pchilik resurslarining cheklanganligini inobatga olish zarur. Bu avvalo, yer, moddiy, moliyaviy, so‘nggi vaqtlarda esa mehnat resurslariga ham tegishli (yuksak malakali rahbarlar va mutaxassislar nazarda tutilmoqda).
Qishloq xo‘jaligida innovatsion salohiyatni baholash masalalarini tahlil qilish, xususan o‘simlikchilik tarmog‘ida innovatsion jarayonni baholash uslubiyatlarini o‘rganish natijasida innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligini umumiy baholashda quyidagi ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llanilishi ma'lum bo‘ladi:
• integral samara (sof diskontlangan daromad, sof keltirilgan yoki sof hozirgi qiymat, sof keltirilgan samara) – hisoblash davrida muayyan yilga (odatda bazis yiliga) keltirilgan, ya'ni innovatsion natijalar va xarajatlarni diskontlashni inobatga olgan holda ularning o‘rtasidagi tavofut miqdori;
• rentabellik indeksi (daromadlilik indeksi, foydalilik indeksi) – keltirilgan daromadlar bilan xuddi shu sanaga keltirilgan innovatsion xarajatlar o‘rtasidagi nisbat;
• rentabellik me'yori (daromadlilikning ichki me'yori, foydalilikning ichki me'yori, investitsiyalarni qaytarish me'yori) – diskontning shunday me'yoriki, unda muayyan yillar ichida diskontlangan daromad innovatsion ko‘yilmalarga teng bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda o‘simlikchilik tarmog‘ida innovatsion texnologiyalardan foydalanishni baholash uchun qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlarni sifatli tanlash murakkab jarayon hisoblanadi. Baholash tizimlarini shakllantirishda ularga qo‘yiladigan an'anaviy talablarga rioya qilish (ilmiy asoslanganlik, ishonchlilik, taqqoslash imkoniyatining mavjudligi va h.k) zaruratidan tashqari tarmoqda innovatsion faoliyatni u yoki bu darajada tavsiflash imkonini beradigan ko‘plab ko‘rsatkichlarning mavjudligi, lekin statistik ma'lumotlar hisobini yuritishning yetarli bo‘lmaganligi tufayli baholash tizimini xususiy ko‘rsatkichlar bilan almashtirish imkoniyati cheklanganligi baholash jarayonini amalga oshirishni qiyinlashtirmoqda43.
O‘simlikchilik tarmog‘ida innovatsion texnologiyalardan foydalanish tufayli natijaviylikning dinamik o‘sishini tahlil qilishda olimlar tomonidan, aynan I.G.Ushachev, I.T.Trubilin, ye.S.Oglablen, I.S. Sandu tomonidan taklif etilgan har xil samaradorlik turlari bo‘yicha baholashga yondashuv qo‘llangan. Masalan, innovatsiyalarni yaratish bosqichida ularni baholashning asosiy mezonlari quyidagilardir: innovatsiyaning ishlab chiqilgan yangilik sifatidagi qimmati, uning yangilik darajasi va zamonaviy jahon darajasiga mosligi; yalpi mahsulot o‘sishini hisoblash va uning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash; maksimal darajadagi resur tejami va bir-birlik mahsulot xarajatlarining qisqarishi. Innovatsiyalarni tarqatish bosqichida innovatsion jarayonlarni baholashning asosiy mezoni tovar ishlab chiqaruvchilarni turli kanallar bo‘yicha (kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi orqali, boshqaruv funsiyalarini uning barcha darajalarida amalga oshirish yo‘li bilan, ilmiy tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari yordamida axborot-maslahat xizmatlari tizimi hamda innovatsiyalarni maxsus targ‘ib qilish orqali) yangi bilimlardan, fan va texnika yutuqlaridan xabardor qilishning maksimal tezkorligi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishda o‘zlashtirishga tayyor bo‘lgan innovatsiyalarning yaratilganligi to‘g‘risidagi axborotlar tovar ishlab chiqaruvchilarga qanchalik tez yetkazilsa, innovatsion jarayonning ushbu bosqichi shuncha samarali faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘ladi. Ishlab chiqarishda innovatsiyalar (yangiliklar)ni o‘zlashtirish bosqichida samaradorlik mezonlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarishning texnologik va iqtisodiy samaradorligini oshirishga ko‘maklashuvchi texnologik yangilanishi; mehnat unumdorligining va ishlab chiqarishning ijtimoiy samaradorligining oshishi; bir-birlik ishlab chiqarish maydoniga to‘g‘ri keladigan mahsulot chiqarishning ko‘payishi; ishlab chiqarishning moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshilanishi va haqiqiy foyda massasining o‘sishi, normal ekologik va tabiatni muhofaza qilish vaziyatining saqlanishi. Ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq holda baholash ko‘rsatkichlari tizimi ishlab chiqiladiki, u texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik samaradorlikni konkret aniqlash imkonini beradi.
Shunga o‘xshash fikrlarni boshqa ko‘pchilik rossiyalik iqtisodchilarning tadqiqotlarida ham ko‘rishimiz mumkin. Xususan, V.G.Savenko qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyatni faollashtirishda ishlab chiqarishda innovatsiyalarni o‘zlashtirish tizimini shakllantirish masalalariga alohida e'tibor berilish va bu qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirishga ko‘maklashishi lozim deb biladi. Uning fikriga ko‘ra, innovatsiyalarni o‘zlashtirishning samaradorligini baholashning asosiy mezonlari quyidagilardir: yangilik darajasi va zarurati; ham makroiqtisodiy darajada, ham alohida xo‘jaliklar darajasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish; ekologik, ijtimoiy va energetik zo‘riqishni pasaytirish. Samaradorlikning har xil turlari (texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va energetik)ni ajratib ko‘rsatish yangilikni motivlashtirishga va uni qo‘llash imkoniyatlariga qarab baholash imkonini beradi. Bunda innovatsiyalarni o‘zlashtirishdan oldin innovatsion loyihalashni amalga oshirish kerak. Shu boisdan qishloq xo‘jaligi sohasida samarali innovatsion loyihalar bankini yaratish maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo‘jaligida innovatsion, resurs-tejamkor texnologiyalardan foydalanishning baholash mezonlari va ko‘rsatkichlar tizimining uslubiy asoslarini o‘rganish va tahlil qilish o‘simlikchilik tarmog‘ida innovatsion jarayonni baholash uslubiyatini shakllantirishda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan quyidagi baxolash ko‘rsatkichlari tizimini taklif qilish imkonini berdi. Ushbu tizimni qurishning negizida ikki guruh ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholashni o‘tkazish, ya'ni tarmoqda innovatsion texnologiyalardan foydalanganda natijaviylikning dinamik holda oshishini baxolash (natija/samara) va innovatsion muhitni baholash (olingan natijalar samaraga bevosita ta'sir o‘tkazuvchi ko‘rsatkichlar bo‘yicha) g‘oyasi yetadi.44
Jadvalda keltirilgan baholash ko‘rsatkichlarining guruhlar ro‘yxati baholash tizimini potensial modifikatsiyalashni (bir ko‘rsatkichni boshqasi bilan almashtirish yoki qo‘shimcha boshqa ko‘rsatkichlarni qo‘shish) o‘tkazish maqsadida baholashni bajarish uchun mumkin bo‘lgan xususiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risida tasavvurlarni shakllantirish imkonini beradi.

Download 34,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish