Agrobiznesda innovatsion faoliyat



Download 34,72 Mb.
bet37/141
Sana21.06.2022
Hajmi34,72 Mb.
#689037
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   141
Bog'liq
агробиз иннов фаолият мажмуа-2020

Nazorat uchun savollar:
1.Agrobiznesda inovatsion faoliyatni rejalashtirish tizimi mohiyati?
2.Agrobiznesda innovatsion faoliyat mazmuni aniqlashtirib olish muammolari?
3.Innovatsion faoliyatning tashkiliy tuzilishini rejalashtirish yo‘llari?
4.Innovatsion strategiyani rejalashtirish?
5.Agrobiznesda inovatsion faoliyatni rejalashtirishda normativlardan foydalanish?
6.Innovatsion faoliyatni rejalashtirishda tavakkalchilik?
17-MAVZU. AGROBIZNESDA INOVATSION FAOLIYATNI MOLIYALASHTIRISH YO‘LLARI
1.Agrobiznesda inovatsion faoliyatni moliyalashtirish manbai.
2.Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan moliyalashtirish.
3.Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish.
4. Innovatsion fondlarni qo‘llab quvvatlash fondlari.


Tayanch so‘zlar: mablag‘, moliyalashtirish, fondlar, risk, venchur, tavakkal, daromad, sarmoya, kapital, investitsiya.

Milliy iqtisodiyotni har tomonlama rivojlantirishda innovatsion jarayonlarni samarali boshqarish innovatsion faoliyatning muhim jihatlaridan hisoblanadi. Shu bois, agrobiznes korxonalaridagi mavjud moddiy-texnik bazani yangilash, ishlab chiqarish ob'ektlarini rivojlantirish, yangi faoliyat turlarini o‘zlashtirish, ilmiy hajmdor mahsulotlar ishlab chiqarish, korxonalarda innovatsion muhitni yaratish, innovatsion ishlab chiqarishni rag‘batlantirish innovatsion jarayonlarni strategik boshqarishning asosiy vazifalaridan biridir.


Shu bilan birga, iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, raqobatchilikka asoslangan biznes muhitini yanada rivojlantirishda davlat tomonidan innovatsion siyosatning amalga oshirilishi muhim ustuvor yo‘nalishlardan hisoblanadi. Chunki davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan korxonalar negizida tashkil etilgan xo‘jalik sub'ektlarida innovatsion jarayonlarni strategik boshqarishning ahamiyati ortib bormoqda.
Xo‘jalik yuritishning zamonaviy shart-sharoitlarida iqtisodiy o‘sishning sur'ati va sifatini ta'minlash, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini ta'minlash, milliy iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlari mutanosib rivojlanishiga erishish innovatsion xarakterga ega bo‘lmog‘i lozim. Bunga erishishning birmuncha murakkabligi korxona doim tanlov oldida turishi, ya'ni agar yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarilmasa ertami yoki kechmi tanazzulga uchrashi, ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilsa yangi turdagi mahsulotlar yirik xarajatlar bilan bog‘liqligi, ya'ni korxona yetarli darajada moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lishi zarur. Bu esa iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat yurituvchi korxonalarning juda oz qismi – 5 foizigina mustaqil tarzda ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishini ko‘rsatmoqda40.
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning oqilona tizimini yaratish orqali moliyaviy resurslarni jamlash va ularni innovatsion jarayonlarning ustuvor sohalariga yo‘naltirish imkoniyatlari paydo bo‘ladi.
Agrobiznesda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish – qishloq xo‘jaligidagi yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini loyihalashtirish, tadqiq etish va tashkil qilish, ishlanmalar va tashkiliy jarayonlarni, yangi turdagi texnika va texnologiyalarni, ish va xizmatlarni, shuningdek, boshqaruvning yangi shakl va uslublarini yaratish va joriy etishga yo‘naltirilgan pul mablag‘laridan foydalanishdir.
Korxona innovatsion faoliyatini moliyalashtirish manbalarini ichki (o‘z mablag‘lari) va tashqi manbalarga ajratish mumkin.

Innovatsion loyihaning mahsulot hayotiylik sikli barcha bosqichlarida zarur moliyaviy resurslar bilan ta'minlanganligining yuqori darajasi bozor tomonidan mahsulot yetarli darajada qabul qilinmasligi bilan bog‘liq xatarni kamaytiradi va uning samaradorligini oshiradi. Quyidagilar innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tizimining elementlari hisoblanadi:
● Investitsion resurslar manbalari;
● Moliyaviy mablag‘larni jamlash va ularni innovatsion loyihalarga investitsiyalash mexanizmi;
● Investitsion resurslar samaradorligi va qarz kapitalining qaytarilishini ta'minlashga qaratilgan boshqarish mexanizmi.
1. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning quyidagi shakllari mavjud:
2. Korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish;
3. Bank kreditlari orqali moliyalashtirish;
4. Venchur moliyalashtirish;
5. Lizing;
6. Forfeyting;
7. Aralash moliyalashtirish va boshqalar.
Umuman olganda, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimi moliyalashtirish manbalari va moliyalashtirishning tashkiliy shakllarini o‘z ichiga oladi.

Quyidagilar innovatsion faoliyatning asosiy shakllari bo‘lib hisoblanadi:
● ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (NIOKR);
● texnologik ishlar, ishlab chiqarishni va sanoat sinovlarini o‘tkazishni tayyorlash;
● Patentlar, litsenziyalar va nou-xaular olish;
● Innovatsion faoliyatni amalga oshirish borasidagi investitsion faoliyat.
Innovatsion loyihalarni davlat tomonidan moliyalashtirish shakli asosan davlat byudjetini tashkil etuvchi Respublika va mahalliy byudjetlar mablag‘lari evaziga amalga oshiriladi. Bu jarayonda asosiy e'tibor milliy iqtisodiyot tarmoqlarining strategik ahamiyatiga qaratiladi. Ustuvor ahamiyatga molik tarmoqlardagi innovatsion loyihalarni moliyatirish orqali xalqaro maydondagi raqobatbardoshlik ta'minlanishi ko‘zda tutiladi. Byudjet mablag‘larining innovatsion loyihalarga ajratilishi quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
● davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish doirasida;
● istiqbolli innovatsion loyihalarni tanlov orqali tanlab olish asosida.
Korxonaning o‘z mablag‘lari hisobiga innovatsion faoliyatni moliyalashtirish birmuncha murakkab masala hisoblanadi. Odatda kichik biznes tarkibiga kiritiluvchi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanish uchun yetarli darajada mablag‘lari bo‘lmaydi. Aksariyat hollarda innovatsion faoliyatni olib borish yirik korxonalar, ya'ni aksiyadorlik jamiyati shaklidagi korxonalarda uchraydi. Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi korxonada yirik hajmdagi moliyaviy mablag‘larni jamlay olish va uni aynan innovatsion faoliyatga yo‘naltirish imkoniyati oshadi. Shu bilan birga, bu shakldagi korxonalarda istiqbolli innovatsion loyihalarni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha aksiyalar emissiyasini amalga oshirish imkoniyatlari mavjud. Bu yo‘l bilan kredit resurslaridan foydalanish jarayonida yuzaga keluvchi iqtisodiy xarajatlar birmuncha tejab qolinadi. Qimmatli qog‘ozlarning qo‘shimcha emissiyasi miqdorini aniqlash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar e'tiborga olinadi:
● innovatsion loyihani amalga oshirish uchun moliyaviy resurslar hajmi;
● kapital va dividend miqdorining kutilayotgan o‘sish hajmi;
● aksiyalarning joylashtirilishi natijasida emitent tomonidan olinishi kutilayotgan pul tushumlari hajmi.
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish bo‘yicha jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tijorat banklari tomonidan innovatsion faoliyatni moliyalashtirishda asosiy e'tibor loyihaning o‘z-o‘zini qoplash muddatlariga qaratiladi. Aksariyat hollarda tijorat banklari innovatsion loyihaning o‘zini o‘zi qoplay olish muddatlari, uning to‘liq amalga oshirilishi muddatlaridan ozroq muddatga mo‘ljallangan loyihalarni moliyalashtirishdan manfaatdor bo‘ladilar. Bank kreditlari uchun foiz stavkalari kredit muddati, hajmi, loyihaning tavakkalchilik darajasi, qarz oluvchining moliyaviy holati va boshqa jihatlarni e'tiborga olgan holda belgilanadi. Xorijiy davlatlarda investitsion banklar tomonidan foiz stavkasini belgilashda mavjud bazis stavkalaridan foydalaniladi (LIBOR, LIBID va FIBOR).
Innovatsion loyihalarni venchur asosida moliyalashtirishning dastlabki bosqichlardanoq yuqori tavakkalchilik xatari mavjud bo‘lib, investitsiyalashtirilgan jarayonlarning yakuniy natijalari amalga oshirilgandan keyin ijobiy samaraga erishilmagan taqdirda moliyalashtirilgan mablag‘lardan ajralib qolish holati kuzatilishi mumkin. Venchur kapitalining investorlari barcha mas'uliyat va moliyaviy xatarlarni tadbirkor bilan teng sheriklikda o‘z zimmalariga oladilar. Venchurli investitsiyalar odatda 5-7 yil davomida faoliyat ko‘rsatadi. Innovatsion loyihani amalga oshirishni moliyaviy mablag‘lar bilan ta'minlashning quyidagi bosqichlari farqlanadi:
1) fondni (jamg‘armani) yaratish;
2) kelishuvlarni amalga oshirish (shartnomalarni imzolash);
3) investitsiyalash;
4) investitsiyalashdan keyingi boshqaruv;
5) biznesdan chiqish jarayonini boshqarish2.
Moliyaviy lizing mulkni, bevosita moliyaviy ijara ob'ektini kelishilgan shartnomaga binoan o‘n ikki oydan ortiq muddatga egalik qilish va foydalanish huquqini berishda yuzaga keladigan ijaraviy munosabatlardir. Moliyaviy lizing quyidagi shartlarga javob berishi kerak:
● moliyaviy lizing shartnomasining muddati tugagach, moliyaviy ijara ob'ekti ijaraga oluvchining mulki bo‘lib o‘tishi;
● moliyaviy lizing shartnomasining muddati moliyaviy lizing ob'ekti xizmat muddatining 80 foizidan ortiq bo‘lishi yoki moliyaviy lizing ob'ektining moliyaviy lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymatining 20 foizidan kamrog‘ini tashkil qilishi;
● moliyaviy lizing shartnomasining muddati tugagach, ijaraga oluvchi moliyaviy lizing ob'ektini ushbu huquq sotilish kunidagi bozor qiymatidan ancha past narxda sotib olish huquqiga ega ekanligi va bunda lizing muddatining boshida ushbu huquqning sotilishiga asoslangan ishonchning mavjud bo‘lishi;
● moliyaviy ijara shartnomasi amal qiladigan davr uchun ijara to‘lovlarining diskontlangan joriy qiymati moliyaviy ijara ob'ektini ijaraga berish paytidagi joriy qiymatining 90 foizidan ortiq bo‘lishi.
Moliyaviy lizing bir tomondan yuqori qiymatli asbob-uskunalarni ko‘p sonli foydalanuvchilarga taqdim etish imkoniyatini, ikkinchi tomondan lizing oluvchilarning muayyan davrda yirik hajmdagi xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
Forfeyting tijorat kreditining bank kreditiga aylanishi bilan bog‘liq operatsiya hisoblanadi. Bu operatsiyaning mohiyati quyidagilarda ifodalanadi: forfeyting operatsiyalarida ishlatiladigan moliyaviy vositalar banklardagi an'anaviy savdo veksellari hisob-kitoblari kabi qo‘llaniladi. Farqi shundaki, veksel egasi yagona import qiluvchi sifatida forfeytingda tavakkalchilik bilan bog‘liq bo‘ladi. Oddiy hisob-kitobda esa veksel qonunchiligiga binoan ko‘pgina hollarda qarzdorlik javobgarligi eksport qiluvchining xaridorni kreditlashni uzaytirishiga imkon beradi. Bankning forfeyting operatsiyalari bo‘yicha tavakkalchilikni o‘z zimmasiga olishi investorlarning o‘z mablag‘larini uzoq muddatga qo‘shimcha joylashtirishga qiziqishlarini oshiradi. Forfeyting operatsiyalarida ishtirok etuvchi banklar uchun yevrovalyuta bozori moliyaviy vositalar bozori bo‘lib hisoblanadi. Forfeyting bo‘yicha kreditlash muddatlari odatda 1 yildan 7 yilgacha bo‘lgan davrni tashkil etadi.

Download 34,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish